A. A. Akayev, A. T. Kenjabayev, yo. S. Ilxamova, M. Yu. Jumaniyazova iqtisodiyotda axborot komplekslari




Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/268
Sana23.02.2023
Hajmi8.25 Mb.
#43285
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   268
Bog'liq
Иктисодиётда ахборот комплекслари ва технологиялари дарслик
Statistika(Oraliq) (1), Налоговый кодекс Республики Узбекистан, xkzbvdehbohboi, Blender 2.92.0, menejment, Toksanbayeva Albina sug\'urta mustaqil ishi, 3-TEZIS, 2-mavzu, psihologiya-i-alhimiya, Reading log 1 (1), Tarixiy xotirasiz kelajak yo\'q, Волейболни вужудга келиши ХАМДА ўйин қоидалари, ИШЧИ КУЧИ БОЗОРИ ВА БАНДЛИК, O\'ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI, Doc2
Klasterlar. “Mijoz-server” arxitekturasidan farqli klaster qat’iyan boshqa 
tarkibga ega. Bular tugatilmagan vazifalar, tizimning turli komponentlari bilan 
bajariladigan alohida funksiyalar esa – alohida qurilma kabi turli hisoblash 
tizimlarini tashkil etuvchi majmua hamdir.
Klaster arxitektura asosidagi qaror bir qator afzalliklarga ega: 
• 
Absolyut ko‘lamdorlik. Arxitektura istalgan o‘lchamdagi klasterlarni 
yaratishga imkon beradi. 
• 
Inkrement (ortgan) ko‘lamdorlik.  Klaster shunday yaratiladiki, tizimni 
to‘liq almashtirmay yangi komponentlarni qo‘shish bilan kuchni oshirish mumkin. 
• 
To‘xtab qolishga barqarorlik, komponentlardan birining qatordan 
chiqishida tizim ishlashda davom etadi, chunki barcha funksiyalar takrorlanadi. 
• 
Umumiy holatda tashkillashtiruvchilar sifatida keng tarqalgan 
komponentlardan foydalanishda narx/ishlash koeffitsientining yaxshiroq mosligi 
yuqori kuchdagi bitta kompyuterni sotib olganga qaraganda kasroq xarajatni talab 
etadi. 
Hozirgi vaqtda deyarli barcha operatsion tizimlar klasterli arxitekturani 
amalga oshirish uchun qo‘shimcha qarorlarga ega. Biroq, yuqorida 
ko‘rsatilganlarga ko‘ra, qaror faqat klasterning asosini tashkil etadi. Xizmatni 
alohida qurilmalararo taqsimlash taklif serverlarini dasturiy ta’minoti bilan ham 
belgilanishi mumkin. 


234 
Shunday ekan, klaster arxitekturasiga ma’lumotlar bazasi serveri ham, 
takliflar serveri ham agar ular ushbu funksiyasini qo‘llab quvvatlashsa ega bo‘lishi 
mumkin. 
 
Bank tiziminit dasturiy ta’minoti 
Bank avtomatlashtirishning barcha sohasini ikkita katta sohaga bo‘lish 
mumkin: 
jo‘natish va to‘lovlarni amalga oshirishni ta’minlovchi elektron to‘lov 
tizimi; 
bank ichi va buxgalteriya operatsiyalarini amalga oshiruvchi 
avtomatlashtirilgan bank tizimi. 
Avtomatlashtirilgan bank tizimini funksional vazifasiga muvofiq uchta 
tizimostga bo‘lish mumkin: 
1. 
Front-office (yuqori daraja) — bankni tashqi dunyo bilan munosabatini 
ta’minlovchi tizim osti. Tizim ostida birlamchi axborotni kiritish, bankning mijozlar
boshqa banklar, birja, O‘zRMB bilan munosabati amalga oshiriladi. 
2. 
Back-office (o‘rta daraja) — umumbank va umumxo‘jalik faoliyatni qo‘llab 
quvvatlovchi tizim osti. Tizimostiga kredit bilan ishlash kiradi.
3. 
Accounting (quyi daraja) — buxgalter hisobining mavjud protsedura doirasida 
bank faoliyatining o‘z vaqtida va tuzatilgan aksiga javob beruvchi tizim osti.
Mustaqil Analysis guruhiga — bankning hozirgi holatini tahlil qilish, rejalashtirish 
va bankning ichki auditini olib borishga mo‘ljallangan operatsiyalar ajratilgan.
Bugun bozorda ham mahalliy ham xorijiy ishlab chiqaruvlarning dastur 
mahsulotlari taqdim etilgan. Taqdim etilgan tizimlar narxi va ish bajarishi bilan bar 
necha marta farq qiladi. Bank biznesini O‘zbekistonda mustahkamlash ushbu 
bozorga g‘arb ta’minlovchilarining keng ko‘lamli va qimmatli qarorlari bilan kirib 
kelishlariga 
yordam 
berdi 
(mySAP 
Banking, 
KAPITAL24 
Temenos 
kompaniyasidan, OFSA Oracle kompaniyasidan va bosqalar). Shu bilan bir vaqtda, 
bozorda mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim etilgan avtomatlashgan 
tizim sifati ham yaxshilanmoqda. 


235 
So‘nggi vaqtlarda milliy tizimlar O‘zRMB taqdim etgan funksiyalarning 
etarlicha to‘liq to‘plamini, hisob-kitob va hisobotga o‘zgarishlarni qo‘llab 
quvvatlashini namoyon etmoqda. So‘nggi avlod tizimlari moslashuvchanlik, 
o‘rnatilganlik va arxitetura qarorlari sifati qismlarida xorijiy o‘xshashliklar bilan 
raqobatlashishi mumkin.
Xorijiy tizimlar ban funksiyalari sohasida xalqaro bozorda ishlash bo‘yicha 
ko‘proq o‘ylangan, ko‘proq ishlangan. Xorijiy tizimlardan foydalanish, 
shuningdek, xalqaro auditor kompaniyalari orasida bank imidjiga ijobiy ta’sir 
ko‘rsatadi. Biroq, bozorda xorijiy tizimlarning ishtiroki o‘zbek sharoitlariga 
moslashtirilmagan: ular milliy standart hisob-kitobga va hisobotlarga past darajada 
yo‘naltirilgan, yuqori narxga ega, yuritish bo‘yicha ancha qimmat xizmatlarga ega. 
Xorijiy tizimlar, odatda, Rossiya banklarida a’lo darajada tarqalgan qimmatbaho 
kompyuter uskunasini qo‘llashga asoslanadi. Shuning uchun, hech narsaga 
qaramay, xorijiy tizimlarni o‘zlashtirish – bu etarlicha xarajatli qaror bo‘lib, u 
bundan tashqari bankdan Rossiya sharoitlariga tizimga moslashish bo‘yicha muhim 
kuchaytirishlarni (vaqt va vosita sarflashda aks etgan) talab etadi. 
Bugun ABT bozorida 20ga yaqin firmalar - ABT ishlab chiqaruvchilar, turli 
dastur mahsulotlarini yaratuvchilar ishtirok etadi. O’zbekiston bozorida ABTni 
dasturiy ta’minotini «FIDO- biznes” tashkiloti ta’minlab beradi. Ko’p banklar 
IABS (Интегрированная Автоматизированная Банковская система) ва 
GLOBUS dasturlaridan foydalanishadi.
Milliy bozorning fenomeni katta miqdorda shaxsiy ishlab chiqarish 
tizimining mavjudligi hisoblanadi. Bunda tizim tavsiflariga bo‘lgan talabchanlik 
darajasini oshishi va ularning imkoniyatlari kengayishi doirasida ishlab 
chiqarishning narxi va murakkabligi ortadi va oxirda bank mutaxassislari 
tomonidan ABT yaratish va ekspluatatsiya qilishning iqtisodiy nomuvofiqligiga 
olib keladi. SHu munosabat bilan shaxsiy mahsulotlaridan foydalanadigan banklar 
soni doimiy ravishda kamayib boradi, ko‘pchilik banklar har bir konkret bankning 
o‘ziga xosligi bo‘yicha moslashadigan tayyor ABTda tanlov qilishni afzal bilishadi.
Ko‘pchilik O’zbekiston ABTlari ikki yoki uch darajali “mijoz-server” 


236 
arxitekturasida ishlashadi. Barcha ABT turli muhitlarda ishlashi mumin, ular 
orasida, tabiiy ravishda, Windows NT va UNIXning turli variantlari OS serverlari 
sifatida ustunlik qiladi, biroq boshqa ko‘plari ham sanab o‘tilgan va eng avvalo,
Novell Netware. Agar mijoz ish o‘rniga keladigan bo‘lsak, u erda ham DOSni va
Windowsning turli versiyalarini, hatto «ASOFT» firmasi taqdim etgan Java 
ekzotikasini ham uchratish mumin. 
Bankda elektron hujjatlarni yuritish.Bankning meyoriy bazasi tashqi va ichki 
normativ hujjatlarni o‘z ichiga oladi. So‘nggilariga bank operatsiyalari va 
jarayonlarni, ishni tashkillashtirish hamda bo‘limlarning munosabatlarini 
reglamentlovchi texnologik dokumentlar kiradi.
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 8.25 Mb.
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   268




Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



A. A. Akayev, A. T. Kenjabayev, yo. S. Ilxamova, M. Yu. Jumaniyazova iqtisodiyotda axborot komplekslari

Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish