A. A. Akayev, A. T. Kenjabayev, yo. S. Ilxamova, M. Yu. Jumaniyazova iqtisodiyotda axborot komplekslari




Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/268
Sana23.02.2023
Hajmi8.25 Mb.
#43285
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   268
Bog'liq
Иктисодиётда ахборот комплекслари ва технологиялари дарслик
Statistika(Oraliq) (1), Налоговый кодекс Республики Узбекистан, xkzbvdehbohboi, Blender 2.92.0, menejment, Toksanbayeva Albina sug\'urta mustaqil ishi, 3-TEZIS, 2-mavzu, psihologiya-i-alhimiya, Reading log 1 (1), Tarixiy xotirasiz kelajak yo\'q, Волейболни вужудга келиши ХАМДА ўйин қоидалари, ИШЧИ КУЧИ БОЗОРИ ВА БАНДЛИК, O\'ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI, Doc2
Bank tizining texnik ta’minoti 
Axborot texnologiyalar (IT) sohasidagi har qanday qaror mavjud axborot 
va texnologik muhit bilan qo‘llab quvvatlanishi kerak. Tarmoqlar, serverlar, ishchi 
stansiya va boshqa texnik jihozlar har qanday dastur mahsulotining tizim talabi 
ro‘yxatiga kirishi mumkin. 
Tizimli talab, odatda quyidagi apparat va dastur vositalarining texnik 
parametrlari bilan belgilanadi
protsessorlar bilan — tizim boshqaruvini bajaradigan va ma’lumotlarni qayta 
ishlashni amalga oshiradigan qurilma; 
tizim xotirasi bilan—axborotni saqlash uchun taqdim etilgan ko‘plab 
qurilmalar bilan; 
interfeyslar bilan — texnik qurilmalar mexanizmlarining o‘zaro va tashqi 
muhit bilan munosabati; 
kommunikatsiya tizimi yoki tarmoq bilan — tizim komponentlari orasida 
axborot almashinuvini amalga oshiradigan tuzilish va mexanizmlar; 
operatsion tizimlar bilan — tizimning texnik komponentlari bilan boshqarish 
uchun funksiyalarning asosiy to‘plami bilann ta’minlaydigan dasturiy 
ta’minot. 
Oddiy tizimlar uchun bitta kompterga talab belgilanadi. Odatda bu barcha 
tizim ishini ta’minlay oladigan shaxsiy kompter. Bunday arxitektura 
markazlashtirilgan tizim deb ataladi. Kompter asoslanadigan kuchiga ko‘ra 
markazlashtirilgan tizimlar yanada global vazifalarni hal etishlari mumkin. SHaxsiy 
kompterni ko‘p foydalanuvchili katta, supermini yoki miniEHMga almashtirish 
yagona markaziy tizim doirasidagi ko‘plab vazifalarni markazlashtirishga imkon 
beradi. Biroq ushbu qarorning yuqori narxi, shuningdek, etarlicha mutaxassis 


230 
yo‘qligi hamda markaziy kompyuterga asoslangan dasturiy echimlarning kam soni 
bu kabi tizimlardan foydalanishni chegaralaydi. 
Murakablik, axborot hajmi va bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladigan 
jarayonlar o‘sishi natijasida texnik talablar bitta qurilma chegarasidan chiqadi va 
taqsimlangan tizimlar yaratilishiga olib keladi. 
 Taqsimlangan hisoblash— qayta ishlash tarmoqqa ulangan bir nechta 
kompyuterlar bilan amalga oshiriladigan kompyuter tizimi. Bunda shakliga ko‘ra 
istalgan kompyuter tizimi mavjud va har bir kompyuter o‘z vazifasini yuajaradi, 
tarmoq esa tizim ishlashini bir butun sifatida qo‘llab quvvatlaydi. 
«Mijoz-server» — taqsimlangan hisoblash muhiti modeli, bunda vazifaning 
interfeys qismi foydalanuvchi mashinasida amalga oshiriladi, ko‘p resurslarni talab 
qiluvchi so‘rovlarni qata ishlash bir yoi bir necha serverlar bilan amalga oshiriladi. 
1. 
Klasterlar — avtonom tizimlarga (komterlarning) nisbatan umumiy 
disklar xotirasi (umumiy fayl tizimlari bilan), mashinalararo munosabat vositalari 
va ma’lumotlar bazasi yaxlitligini qo‘llab quvvatlashning jamuljamligini aks 
ettiruvchi hisoblash tizimi. Klasterlarni qo‘llash tizim foydaliligi va ishonchliligini 
oshiradi, bitta kompyuterning to‘xtab qolish holatida uning ishini o‘ziga boshqasi 
oladi. Foydalanuvchi nuqtai nazaridan klaster yagona tizim sifatida haraatlanadi. 
Bu arxitekturalar bir-birini rad etmaydi, arxiteturaning bir qismi uchun 
“mijoz-server”dan foydalanish boshqa resurslar uchun tarqatilgan hisoblashni olib 
borish bilan birlashtirilishi mumkin.
Taqsimlangan tizimni tuzishda eng birinchi vazifa - qanday resurs shakllari 
taqsimlanishini belgilash bo‘lishi shart. Hissoblash kuchini bo‘lish kerak bo‘lgan 
holatda, taqsimlangan hisoblash tizimi yoki “mijoz-server” arxitekturasi ko‘rib 
chiqiladi. Agar tizim ma’lumotlarning juda katta oqimi va ularni saqlashni qayta 
ishlashni amalga oshirsa, unda klaster mexanizmlari tahlil qilinadi.
«Mijoz-server» texnologiyalari axborot tizimni tashkil etuvchi ixtisosliklar 
tamoyiliga asoslanadiBunda ikki turdagi komponent: server va foydalanuvchining 
ish o‘rni (Desktop) belgilanadi.
Server—ixtisoslashtirilgan yoki umumiy vazifalarni echish uchun xizmat 


231 
qiladigan dasturiy ta’minotdir. 
Foydalanuvchining ish o‘rni – bu konkret foydalanuvchi vazifasini echish uchun, 
masalan, tizimning foydalanuvchi interfeysini amalga oshirish uchun xizmat qiladigan 
axborot tizimi komponentlaridir.
«Server» atamasi ikki tomonlama talqin qilinishi mumkin: ham konkret
kuchli ajratilgan kompyuter, yoki xizmatlardan bittasini amalga oshiradigan 
dasturiy ta’minot. Ushbu bobda ayrim vazifalarni mustaqil bajarishni 
ta’minlaydigan dastur server deb ataladi. Bunda vazifa ajratilgan kompyuterda ham 
ishchi stansiyasida ham bajarilishi mumkin. Oxirgi qaror ko‘pincha tizimni ishlab 
chiqaruvchilar tomonidan foydalaniladi.
“Mijoz-server” arxitekturasini tanlashda, birinchi navbatda, qaror serverlarga 
ko‘chiriladigan vazifalar ro‘yxati hajmini aniqlash zarur. Odatda, bu vazifalar 
umumiy kirishni yoki ko‘proq hisoblash kuchini talab etadigan bo‘lishadi. Quyida 
server sifatida eng ko‘p foydalaniladigan axborot xizmatlari ro‘yxati keltirilgan.
Domen serveri tarmoq segmenti foydalanuvchilari ro‘yxatini, shuningde, ularning 
kirish huquqini belgilaydi. Birlashish monitoringini amalga oshiradi. “Mijoz-server” 
tamoyili bo‘yicha ishlaydigan istalgan tarmoq operatsiyasining yadrosi hisoblanadi.
Fayl-server fayl shaklidagi axborotni unga taqsimlangan kirish maqsadida saqlash 
uchun xizmat qiladi. Ularning har biriga kirishga nazoratni amalga oshiradi. Fayl-
server sifatida shaxsiy disk masofada foydalanishga ruxsat beradigan istalgan 
kompyuter xizmat qilishi mumkin. Biroq, ko‘plab tarmoq operatsiya tizimlari fayl-
serverni boshqarish uchun qo‘shimcha servislarning katta miqdorini taqdim etadi.
Ma’lumotlar bazasi serveri saqlash, qayta ishlash va strukturalangan 
axborotga kirishni ta’minlashga xizmat qiladi. Bugungi kunda qarorlar uchun eng 
ko‘p SQL so‘rovlar tilini qo‘llab quvvatlovchi ma’lumotlarning relyasion bazasi 
serverlari foydalaniladi. Ularga SUBD ORACLE, Microsoft SQL, DB2, SYBASE 
kiradi. 
Internet-server internet kelishuvi va qoidalariga mos keladigan axborotni 
etkazadi. Eng oddiy holatda esa – xuddi shunday faylli server bilan bir xil. Biroq, 
internet-server tushunchasi, odatda, axborotni qayta o‘zgartirish bilan bog‘liq 


232 
qo‘shimcha servislar to‘lamini ham qamrab oladi. Eng ko‘p tarqalgan serverlar
APACHE va Internet Information Server (IIS) hisoblanadi.
Taklif serveri ixtisoslashtirilgan vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi
Ko‘plab bank tizimlari biznes-mantiq ilova bajarilishini ta’minlovchi ilova 
serverlariga ega. Bunda ma’lumotlarni saqlash vaunga kirishni nazorat qilish uchun
ma’lumotlar bazasi serveri javob beradi. 
Arxivlash serveri arxivlar – kamdan-kam foydalaniladigan axborotlarning 
katta hajmini saqlashni amalga oshiradi. Odatda fayl-serverdan serverlarning ushbu 
tipi kompressiyaning shaxsiy mexanizmlari, saqlangan axborot indeksatsiyasi va 
o‘zgarishlar kiritilgan tarixni saqlash bilan farq qiladi! 
Chop etish serveri umumiy printerda nashr qilishni boshqaradi. Agar 
ixtisoslashtirilgan qurilma hisoblanmasa, unda operatsion tizim tarmog‘i tarkibiga 
kiradi. Nashr qilish serverining asosi nashrga buyurilgan vazifalarni navbat bilan 
boshqarish mexanizmi hisoblanadi. 
“Mijoz- server” arxiteturasining yangilanishidagi qarorlarni ko‘rib chiqishda
ishchi stansiyalari qaror qilgan va mijoz vazifasi sifatida belgilangan vazifalar 
ro‘yxati aniqlanadi. Ularga quyidagilar kiradi:
 
Foydalanuvchi interfeysi bilan boshqarish. Bu ishchi stansiya uchun 
foydalanuvchi interfeysining ekrandagi tasvir, tugma, kiritish maydoni, 
ro‘yxat kabi turli elementlar xizmatini o‘z ichiga olgan eng ko‘p tarqalgan 
vazifadir. Foydalanuvchi interfeysi bilan boshqarish “mijoz-server” 
arxitekturasi va terminalli kirish o‘rtasidagi aniq chegarani ko‘rsatadigan 
vazifa hisoblanadi;
Ofis takliflari. Bu erda ma’lumotlarni tahrirlashni ta’minlovchi vazifalar 
ro‘yxati keltirilgan. Bu turli muharrirlar, matnli va jadvalli protsessorlardir.
Odatda ma’lumotlarni tahrir qilishda qo‘lyozma kiritish jarayoni tarqalgan 
vazifa hisoblanmaydi va serverlar resursini tejash uchun mijoz o‘rniga 
almashadi; 
Bosib chiqarish. Yirik axborot tizimlarida bosib chiqarish funksiyasi 
serverda va mijoz stansiyasida amalga oshirilishi mumkin. Odatda, server 


233 
orqali bosib chiqarish qog‘ozga katta hajmdagi ma’lumotlarni, masalan, 
hisoblar bo‘yicha ko‘chirmani ta’minlaydi. Bu har bir ish o‘rniga qo‘yish 
mumkin bo‘lmagan yuqori mehnat samarasiga ega bo‘lgan printerga yuqori 
talab bilan bilan izohlanadi. Mijoz stansiyasi bilan konkret foydalanuvchiga 
zarur bo‘lgan hujjatlarni bosib chiqarish amalga oshiriladi; 
Ma’lumotlarni yuklash va yuksizlantirish ham mijoz o‘rnida va ham serverda 
bajarilishi mumkin. Odatda, agar ma’lumotlar avtomatik rejimda yuklansa va 
yuklashni ro‘yxatga olishni talab etmasa, ko‘rsatilgan operatsiyalarni server 
bajaradi. Agar ma’lumotlarni yuklash yoki yuksizlantirish tasodifan bo‘lsa, unda 
ularning amalga oshirilishi mijoz o‘rnida yuz beradi. 

Download 8.25 Mb.
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   268




Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



A. A. Akayev, A. T. Kenjabayev, yo. S. Ilxamova, M. Yu. Jumaniyazova iqtisodiyotda axborot komplekslari

Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish