-rasm. Sug‘urta kompaniyasida ma’lumotlarni qayta




Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/268
Sana23.02.2023
Hajmi8.25 Mb.
#43285
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   268
Bog'liq
Иктисодиётда ахборот комплекслари ва технологиялари дарслик
Statistika(Oraliq) (1), Налоговый кодекс Республики Узбекистан, xkzbvdehbohboi, Blender 2.92.0, menejment, Toksanbayeva Albina sug\'urta mustaqil ishi, 3-TEZIS, 2-mavzu, psihologiya-i-alhimiya, Reading log 1 (1), Tarixiy xotirasiz kelajak yo\'q, Волейболни вужудга келиши ХАМДА ўйин қоидалари, ИШЧИ КУЧИ БОЗОРИ ВА БАНДЛИК, O\'ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI, Doc2
 
4.4.5-rasm. Sug‘urta kompaniyasida ma’lumotlarni qayta 
ishlashning zamonaviy texnologiyasi 
Sug‘urta kompaniyasiga AKTni tatbiq etish xarajatlarini to‘liq ko‘rib 
chiqqanimizda ularning har bittasi o‘ziga xos jihatlarga ega ekanligi ma’lum bo‘ldi 
va hisob-kitoblar uchun eng ko‘p mehnat boshqaruv xarajatlarini hisoblashga 
sarflandi. 
Bunga 
loyihalashtirish, 
loyihalarni 
boshqarish, 
tarmoqlarni 
ma’murlashtirish, favqulodda hodisalarni engib o‘tish, tizimni sozlash, sotib olish 
bo‘yicha shartnomalar va etkazib berishlarni boshqarish bo‘yicha xarajatlar 
kiradi.Bilvosita xarajatlar ikkinchi guruhining xususiyati sug‘urta axborot 
tizimining tashkiliy tomonida bo‘lib, AKT bo‘limi xodimlarining qoniqarsiz 
qo‘llab-quvvatlashi natijasida ish samaradorligini pasaytiradi.
Milliy sug‘urta kompaniyalariga AKTga asoslangan quyidagi innovatsion 
M
a’
lu
m
ot
la
rni
t
oz
al
as
h
C
loud 
се
рв
ер
W
eb 
se
rve



335 
sug‘urta mahsulot va xizmatlarini ishlab chiqishlarini taklif etamiz: 
«Aqlli uylar» uchun sug‘urta xizmatlari. «Aqlli uylar»ni sug‘urta qilish oddiy 
uylarga nisbatan risk kamligi, sug‘urta hodisasi yuz berganda zararlarning kamligi 
bilan ajralib turadi. CHunki «Aqlli uylar»da sensorli, kuzatuv va telematika 
tizimlaridan foydalanilganligi sababli turli noxush vaziyatlar yuz berishi ehtimoli 
bo‘lgan holatlarda yoki yong‘in berganda, suv toshganda va boshqa holatlarda 
tegishli tashkilotlarga xabar yuboriladi. Bu esa o‘z navbatida, moddiy zararlarni 
60-70 %gacha kamaytirishga xizmat qiladi. SHu boisdan «Aqlli uylar»ni 
sug‘urtalashda sug‘urta mukofoti oddiy uylarnikiga nisbatan kamroq to‘lanishi 
lozim. 
«Aqlli uylar»ni sug‘urtalashda sug‘urta mukofotlarining kamaytirilishi 
zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalanganligi uchun rag‘batlantiradi 
va aholining innovatsion texnologiyalarga mijozlarni qiziqishini yanada uyg‘otadi. 
«Aqlli avtomashinalar»ni sug‘urta qilish. Bunda, sug‘urta kompaniyasi 
tomonidan sug‘urtalangan avtomashinaga maxsus sensorli datchiklar o‘rnatiladi va 
ushbu datchiklar orqali haydovchining yo‘l harakati qoidalariga qanchalik rioya 
etayotganligi aniqlanadi. Agar sug‘urta kompaniyasi va mijoz o‘rtasida o‘zaro 
kelishilgan va belgilangan muddatda haydovchi hech qanday sug‘urta hodisasi yuz 
beruvchi holatlarga yo‘l qo‘ymasa, unda sug‘urta kompaniyasi tomonidan ushbu 
sug‘urtalanuvchiga sug‘urta pulining bir qismi qaytarib beriladi yoki
keyingi sug‘urtalash jarayonlarida sug‘urtalanuvchi maxsus chegirma 
qilish orqali rag‘batlantiriladi. 
Tibbiy sug‘urtalash. Innovatsion texnologiyalarni qo‘llash, ya’ni turli insonlar 
tomonidan «Aqlli soatlar» taqilishi, uydagi havo harorati va namlikni nazorat 
qiluvchi sensorli qurilmalardan foydalanish tibbiy sug‘urta tizimida tubdan 
takomillashtirishga olib keladi. 
Dronlarni sug‘urtalash. Dronlar uchuvchisiz va masofadan turib 
boshqariluvchi uchish qurilmalari bo‘lib, bugungi kunda iqtisodiyotning barcha 
tarmoqlariga jadallik bilan kirib bormoqda. Xususan, mamlakatimizda dronlardan 
qishloq xo‘jaligida er maydonlarini o‘rganish va o‘simliklarni dorilash kabi 


336 
vazifalarni amalga oshirishda foydalanilmoqda. Sug‘urta faoliyatida esa zararlarni 
o‘rganish, ayniqsa tabiiy ofatlar yuz berganda insonlar borishi qiyin bo‘lgan 
ob’ektlardagi zararlarni o‘rganishda, tasvirga tushirish va tasvirlarni masofadan 
turib kompaniyaga uzatishda samarali foydalanib kelinmoqda. Lekin dronlar 
masofadan turib boshqarilganligi bois, turli kiberhujumlarga uchrashi va natijada 
drondan begona odamlar g‘arazli maqsadlarini amalga oshirishda foydalanishlari 
yoki dron o‘z boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida biror insonning boshi
avtomashinasi yoki uyiga tushib moddiy zarar etkazishi mumkin. Shu boisdan biz 
tadqiqot ishimizda dronlarni turli tashqi hujumlar, ayniqsa kiberhujumlardan 
sug‘urtalash, dronlardan foydalanishda uchinchi shaxsga etkazilgan zarardan 
sug‘urtalash kabi yangi turdagi sug‘urta mahsulotlari ishlab chiqishni taklif etdik 
(4.4.6-rasm). 

Download 8.25 Mb.
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   268




Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Sug‘urta kompaniyasida ma’lumotlarni qayta

Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish