• 2.3.9-rasm. Videokonferensiya
  • O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
  • 2.4. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari
  • Xususiyatlar
  • Bog‘lanishlar
  • A. A. Akayev, A. T. Kenjabayev, yo. S. Ilxamova, M. Yu. Jumaniyazova iqtisodiyotda axborot komplekslari




    Download 8.25 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet84/268
    Sana23.02.2023
    Hajmi8.25 Mb.
    #43285
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   268
    Bog'liq
    Иктисодиётда ахборот комплекслари ва технологиялари дарслик
    Statistika(Oraliq) (1), Налоговый кодекс Республики Узбекистан, xkzbvdehbohboi, Blender 2.92.0, menejment, Toksanbayeva Albina sug\'urta mustaqil ishi, 3-TEZIS, 2-mavzu, psihologiya-i-alhimiya, Reading log 1 (1), Tarixiy xotirasiz kelajak yo\'q, Волейболни вужудга келиши ХАМДА ўйин қоидалари, ИШЧИ КУЧИ БОЗОРИ ВА БАНДЛИК, O\'ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI, Doc2
    Videokonferensiyalar. Ular ham audiokonferensiyalar qanday maqsadlarga 
    mo‘ljallangan bo‘lsa, shunday maqsadlarga mo‘ljallangan, lekin bunda 
    videoapparatura qo‘llaniladi. Ularni o‘tkazish ham kompyuter bo‘lishini talab 
    etadi. Videokonferensiya jarayonida bir-biridan ancha uzoq masofada bo‘lgan 
    uning ishtirokchilari televizor ekranida o‘zlarini va boshqa ishtirokchilarni ko‘rib 
    turadilar.


    130 
    2.3.9-rasm. Videokonferensiya 
    Televizion 
    tasvir 
    bilan 
    bir 
    vaqtda 
    ovoz 
    ham 
    eshitilib 
    turadi. 
    Videokonferensiyalar transport va xizmat safari xarajatlarini ancha qisqartirish 
    imkonini bersa ham, aksariyat tashkilot yoki firmalar ularni faqat shu sabablarga 
    ko‘ra qo‘llamaydilar. Bu firmalar bunday konferensiyalarda muammoni hal 
    qilishga hududiy jihatdan ofisdan ancha uzoqda joylashgan ko‘p sonli menejerlarni 
    va boshqa xodimlarni ham jalb etish imkoniyatini ko‘radilar. 

    O’z-o’zini tekshirish uchun savollar 
     
    1. Kompyuter tarmoqlarining tasnifi aytib bering?. 
    2. Tarmoq deb nimaga aytiladi? 
    3. Tarmoq turlari? 
    4. Lokal tarmoqning ta’rifini bering? 
    5. Mintaqaviy tarmoqning islash texnologiyasi? 
    6. Tarmoq topologiyalari? 
    7. Yulduzsimon topologiyaning avzalliklari? 
    8. Simsiz tarmoqni ishlash texnologiyasi 
    Markaziy kompyuter 
    terminal 
    terminal 
    terminal 


    131 
    2.4. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari 
     
    Iqtisodiyotda axborot komplekslarida tizimlashtirish jarayonlari juda 
    samarali hisoblanadi. Buni misoli ta’riqasida iqtisodiy sohani avtomatlashtirish 
    jarayonida ko’rishimiz mumkin. Axborot komplekslarida tizim tuchunchasi, uning 
    xusuriatlari, turlari va ko’llash tamoyillarini o’rganishdan oldin unda ta’rif 
    berishimiz lozim. O‘rganilayotgan fan sohasini aks ettiruvchi ham umumiy, ham 
    ayrim xususiyatlarga ega bo‘lgan tizimning ko‘plab tushuncha va ta’riflari mavjud. 
    Tizim deganda elementlari orasidagi va ularning xususiyatlari o‘rtasidagi 
    aloqalar majmuiga ega bo‘lgan, ya’ni bir-biriga chambarchas bog‘langan 
    qismlardan iborat bir butun obyektlar majmuasi tushuniladi. «Tizim»ni 
    aniqlashda quyidagi atamalar ishlatiladi: «obyektlar», «bog‘lanishlar» (aloqalar), 
    «xususiyatlar». 
    Obyektlar tizimning bir bo‘lagi yoki komponentlari bo‘lib, jismoniy, 
    matematik o‘zgaruvchan tenglamalar, qoida va qonunlar, texnologik jarayonlar, 
    axborot jarayonlari, ishlab chiqarish bo‘linmalari kabi ko‘plab cheklanmagan 
    qismlarga ega. 
    Xususiyatlar — bu obyektning sifatini ifodalovchi parametrlardir. Xususiyat 
    tizimning ma’lum bir o‘lchamga ega obyektlarini bittalab miqdoriy jihatdan 
    bayon etish imkonini beradi. Obyektlarning xususiyatlari tizim harakati natijasida 
    o‘zgarishi mumkin. 
    Bog‘lanishlar (aloqalar) obyektlar va ularning xususiyatlarini tizim 
    jarayonida yagona yaxlitlikka birlashtiradi. Bunda barcha tizim elementlarining 
    kenja tizimlari va tizimlar o‘rtasida aloqa bo‘lishi nazarda tutiladi. Ayrim 
    umumiy qonuniyatlar, qoidalar yoki tamoyillar bilan birlashuvchilar o‘rtasida 
    aloqaning mavjud bo‘lishi tizimning asosiy tushunchasi sanaladi. Boshqalar bilan 
    biror-bir aloqaga ega bo‘lmagan element ko‘rib chiqilayotgan tizimga kirmaydi. 

    Download 8.25 Mb.
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   268




    Download 8.25 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    A. A. Akayev, A. T. Kenjabayev, yo. S. Ilxamova, M. Yu. Jumaniyazova iqtisodiyotda axborot komplekslari

    Download 8.25 Mb.
    Pdf ko'rish