• Avtomatlashtirish darajasiga ko‘ra
  • Axborot tizimlarini tasniflashning boshqa alomatlari




    Download 8.25 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet96/268
    Sana23.02.2023
    Hajmi8.25 Mb.
    #43285
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   268
    Bog'liq
    Иктисодиётда ахборот комплекслари ва технологиялари дарслик
    Statistika(Oraliq) (1), Налоговый кодекс Республики Узбекистан, xkzbvdehbohboi, Blender 2.92.0, menejment, Toksanbayeva Albina sug\'urta mustaqil ishi, 3-TEZIS, 2-mavzu, psihologiya-i-alhimiya, Reading log 1 (1), Tarixiy xotirasiz kelajak yo\'q, Волейболни вужудга келиши ХАМДА ўйин қоидалари, ИШЧИ КУЧИ БОЗОРИ ВА БАНДЛИК, O\'ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI, Doc2
    Axborot tizimlarini tasniflashning boshqa alomatlari. Axborot tizimi 
    tushunchasi ko‘p qirrali, uning mazmuni va mohiyati axborot texnologiyasi 
    qo‘llanilayotgan obyektning o‘ziga xos xususiyatlari, xossalari bilan belgilanadi. 
    Axborot tizimini to‘liq va har tomonlama bilish uchun uning o‘ziga xos 
    xususiyatlari tizimini aniqlash kerak bo‘ladi. Shu maqsadda quyida axborot 
    tizimini bir necha alomatlariga ko‘ra sinflarga ajratish mumkin: 
    • 
    avtomatlashtirish darajasi; 
    • 
    boshqaruv jarayonining turlari bo‘yicha; 
    • 
    qo‘llanilish sohalari bo‘yicha; 
    • 
    faoliyat ko‘rsatish sohasi bo‘yicha; 
    • 
    qo‘llanilish doirasi bo‘yicha; 
    • 
    boshqaruv tizimi darajasi bo‘yicha; 
    • 
    integratsiyalashuv darajasi bo‘yicha; 
    • 
    qo‘llanilish yo‘nalishi bo‘yicha; 
    • 
    sifat darajasi bo‘yicha va hokazo. 
    Axborot tizimining sinf belgilari ichida ularning qo‘llanish sohalari 
    asosiy hisoblanadi. 
    Avtomatlashtirish darajasiga ko‘ra avtomatlashtirilgan, avtomatik va 
    avtomatlashtirilmagan (an’anaviy) boshqarish tizimlari o‘zaro farqlanadi. 
    Avtomatlashtirilgan tizimlar kishilar bo‘g‘inini (operatorlar, ma’muriy apparat) 
    o‘zining organik tarkibiy qismiga kiritadi. Avtomatik tizimlar esa yig‘ish va 


    151 
    sozlashdan so‘ng inson ishtirokisiz (proflaktik nazorat va ta’mirlashni hisobga 
    olmasa) prinsip jihatdan ishlashi mumkin va ularni ko‘proq texnologiyalarni 
    boshqarishda qo‘llashadi, garchi bu o‘rinda avtomatlashtirilgan tizimlar afzal 
    ko‘rilsa ham. Tashkiliy boshqaruv tizimlariga kelganda, ular bu spetsifikasidan 
    kelib chiqib avtomatik bo‘la olmaydi. Odamlar bu tizimlarda quyidagi asosiy 
    vazifalarni hal etadi: birinchidan, bu boshqarish maqsadlari va mezonlarining 
    qo‘yilishi va tuzatib borilishidir (ular sharoit o‘zgarganda o‘zgartirib boriladi), 
    ikkinchidan, qo‘yilgan maqsadlarga erishishning eng yaxshi yo‘llarini izlab 
    topishda ijodiy elementlarni kiritish (qo‘llanayotgan texnologiya yoki tashkiliy 
    ishni keskin o‘zgartirish), uchinchidan, ishlab chiqilayotgan qarorlar tizimini 
    tugal tanlash va ularga yuridik kuch berish. Nihoyat, to‘rtinchi vazifa bo‘lishi 
    mumkin, bu tizimni boshlang‘ich axborot bilan ta’minlashki, uni to‘plashni to‘liq 
    avtomatlash mumkin emas yoki noratsional hisoblanadi (masalan, kadrlarni 
    hisobga olish ma’lumotlari, ish joyining o‘zgarishi ahvoli va hokazolar). 

    Download 8.25 Mb.
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   268




    Download 8.25 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot tizimlarini tasniflashning boshqa alomatlari

    Download 8.25 Mb.
    Pdf ko'rish