A. A. Akayev, A. T. Kenjabayev, yo. S. Ilxamova, M. Yu. Jumaniyazova iqtisodiyotda axborot komplekslari




Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/268
Sana23.02.2023
Hajmi8.25 Mb.
#43285
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   268
Bog'liq
Иктисодиётда ахборот комплекслари ва технологиялари дарслик
Statistika(Oraliq) (1), Налоговый кодекс Республики Узбекистан, xkzbvdehbohboi, Blender 2.92.0, menejment, Toksanbayeva Albina sug\'urta mustaqil ishi, 3-TEZIS, 2-mavzu, psihologiya-i-alhimiya, Reading log 1 (1), Tarixiy xotirasiz kelajak yo\'q, Волейболни вужудга келиши ХАМДА ўйин қоидалари, ИШЧИ КУЧИ БОЗОРИ ВА БАНДЛИК, O\'ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI, Doc2
Strategik axborot tizimlari.Har qanday tashkilotning istiqboli va kelajagi 
qabul qilingan strategiyaga bog‘liq. Strategiya deganda istiqbolli, uzoq muddatga 
mo‘ljallangan masalalarni yechishga yo‘naltirilgan metodlar va vositalar to‘plami 
tushuniladi. 
Ushbu tushuncha bilan “strategik metod”, “strategik vosita”, “strategik tizim” va 
shu kabi tushunchalarni ishlatish mumkin. Hozirgi vaqtda firmaning rivojlanish va 
istiqbolli strategiyasi masalalarida axborot tizimlarining o‘rniga alohida e’tibor 
qaratilmoqda. Bunday axborot tizimlari strategik muhim tizim sifatida e’tirof etilib, 
firmaning ravnaqi, vazifalari, metodlari, mahsulotlari, xizmatlari sifatini oshirishda, 
raqobatchilardan o‘zib ketishga, iste’molchilar va ta’minlovchilar o‘rtasida yangi 
munosabatlarning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadilar. Yangi strategik axborot tizimlari 
paydo bo‘ldi. 
Strategik axborot tizimi — tashkilotning strategik istiqbolli maqsadlarini 
amalga oshirishga oid qarorlar qabul qilishni qo‘llab-quvvatlovchi kompyuter 
axborot tizimid ir. 
Axborot tizimlarining yangi sifatlari hattoki firmaning strukturaviy tuzilishi, uning 
mahsulot ishlab chiqarish yo‘nalishlarini o‘zgartirib, gurkirab rivojlanib ketishiga ta’sir 
ko‘rsatgani haqida ma’lumotlar ko‘pgina. Biroq shunday salbiy holatlar ham kelib 
chiqqanki, axborot tizimi joriy etilishi natijasida shtatlar soni qisqartirilishi, firmadagi 
ruhiy holatning o‘zgarishi kuzatilgan. 
Iste’mol bozorida mahsulot ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan, o‘zining 
raqobatchilariga ega bo‘lgan firma faoliyati misolida strategik axborot 
tizimlarining 
sifatini 
ko‘rib 
chiqaylik. 
Bunday 
sharoitlarda 
firma 
raqobatchilaridan o‘zib ketishi kerak. Strategik axborot tizimidan foydalanish 
bunday vaziyatlarda nimalarni beradi? 
Bunday savolga javob olish uchun, firmaning tashqi muhit bilan aloqalarini 
tushunib olish kerak. 
Firma faoliyatiga quyidagi tashqi omillar ta’sir ko‘rsatadi: 
• 
bozorda o‘z siyosatlarini yuritayotgan raqobatchilar; 


149 
• 
tovar xarid qilish va xizmatlardan foydalanish bo‘yicha turli imkoniyatlarga 
ega bo‘lgan xaridorlar; 
• 
mahsulot ishlab chiqarishda xom-ashyo va butlovchi qismlar yetkazib 
beruvchi ta’minotchilarning narxlar bo‘yicha siyosati. 
Firma raqobatda yutib chiqib, bozorda o‘zining siyosatini yuritishi uchun 
quyidagi omillarga e’tibor qaratishi va strategiyalarga amal qilishi zarur: 
bozorda mavjud bo‘lgan tovarlardan farq qiladigan, yangi tovarlar va 
xizmatlarni yaratish; 
firmaning tovar va xizmatlari sifati boshqa raqobatchi firma tovarlari va 
xizmatlaridan tubdan farq qiladigan, afzalligi e’tirof etiladigan yangi 
bozorlarni va sharoitlarni izlab topish; 
firma o‘zga xaridorlar va ta’minotchilarni izlab topib, ularga murojaat 
qilishidan ko‘ra har xil aksiyalar asosida muqim xaridorlar va 
ta’minotchilarni o‘ziga biriktirib olishi; 
mahsulot sifatini pasaytirmagan holda uning narxini tushirish. 
Strategik bo‘g‘in axborot tizimlari yuqori zvenodagi boshqaruvchilar 
uchun strukturalashtirilmagan masalalarning yechimini olish, uzoq muddatli 
rejalashtirish ishlarini bajarish imkonini beradilar. Asosiy masala – firmaning 
yoki tashkilotning tashqi muhitdagi holatni tahlil qilish va solishtirishi asosida 
ichki imkoniyatlari va zahiralarini baholash. Ular tasodifan yuzaga keladigan 
vaziyatlarni hisobga olishda, nostandart vaziyatlarda qarorlar qabul qilishda 
kompyuter va telekommunikasion qaror qabul qilishning umumiy muhit 
yaratishlari kerak. Eng so‘nggi takomillashtirilgan dasturlardan foydalanib, 
bunday tizimlar ixtiyoriy vaqtda ko‘pgina manbalardan zarur axborotlarni 
yetkazib berishlari mumkin. Ba’zi strategik axborot tizimlari uchun chekli 
analitik imkoniyatlar mavjud. 
Ushbu tashkiliy bo‘g‘inda axborot tizimlari yordamchi rolni o‘ynaydilar va 
ulardan menejer tomonidan qaror qabul qilish uchun zarur axborotlarni 
operativ tarzda yetkazib berishda foydalanadilar. 
Hozirgi strategik axborot tizimlaridan ko‘p rejalilik, ko‘p funksiyaviylik 


150 
sharoitida foydalanilayotgan bir paytda ularni yaratishning umumiy tamoyillari 
hali ishlab chiqilmagan. Bu masala borasida ikki xil nuqtai-nazarlar mavjud: 
birinchisi - dastlab maqsadlar va ularga erishishning strategik yo‘llarini aniqlab 
olish kerak, so‘ng esa axborot tizimlarini unga moslashtirish kerak; ikkinchi 
nuqtai- nazar - tashkilot strategik axborot tizimlaridan o‘z maqsadlarini 
aniqlashda va strategik rejalashtirishni amalga oshirishda foydalanishi mumkin. 
Lekin kelajakda bu ikki nuqtai-nazarning umumiy sintezi asosida strategik 
axborot tizimlarini yaratish yaxshi samara berishi e’tirof etilmoqda. 

Download 8.25 Mb.
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   268




Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



A. A. Akayev, A. T. Kenjabayev, yo. S. Ilxamova, M. Yu. Jumaniyazova iqtisodiyotda axborot komplekslari

Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish