• Qo‘llanish sohasi bo‘yicha
  • Boshqaruv jarayoni ko‘rinishiga ko‘ra




    Download 8.25 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet97/268
    Sana23.02.2023
    Hajmi8.25 Mb.
    #43285
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   268
    Bog'liq
    Иктисодиётда ахборот комплекслари ва технологиялари дарслик
    Statistika(Oraliq) (1), Налоговый кодекс Республики Узбекистан, xkzbvdehbohboi, Blender 2.92.0, menejment, Toksanbayeva Albina sug\'urta mustaqil ishi, 3-TEZIS, 2-mavzu, psihologiya-i-alhimiya, Reading log 1 (1), Tarixiy xotirasiz kelajak yo\'q, Волейболни вужудга келиши ХАМДА ўйин қоидалари, ИШЧИ КУЧИ БОЗОРИ ВА БАНДЛИК, O\'ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI, Doc2
    Boshqaruv jarayoni ko‘rinishiga ko‘ra texnik (texnologik) jarayonlarni 
    avtomatik boshqarish tizimlari (TJABT) va tashkiliy (yoki ma’muriy) 
    boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari (TBAT) o‘zaro farqlanadi. 
    Dastlabkisi texnologik jarayonlarni keng ma’noda boshqarishga (raketa, stanok 
    va hokazolarni boshqarish), ikkinchisi — ijtimoiy va iqtisodiy xususiyatga ega 
    obyektlarni boshqarish uchun mo‘ljallangan. Ularning asosiy farqi boshqarish 
    obyektining mazmunida. Birinchi holda — bu turli xil mashina, asbob-uskuna, 
    qurilmalar bo‘lsa, ikkinchisida — eng avvalo odamlar, jamoa sanaladi. Boshqa 
    bir farqi — axborot uzatish shaklida. Birinchi tizimlarda axborot uzatishning 
    asosiy shakllari bo‘lib turli xil signallar (elektrik, optik, mexanik va hokazo) 
    xizmat qiladi. Ikkinchi xil tizimlarda asosiy axborot uzatish shakli — hujjatdir. 
    So‘nggi paytlarda TJABT va TBATning yagona integratsiyalashgan 
    boshqarish tizimiga qo‘shilish tendensiyasi kuzatiladi. Bunday qo‘shilishda 
    tizimda aylanuvchi axborotlarni signallar va maxsus turdagi hujjatlar shaklida 
    mashina tashuvchilarga uzatiladi. Bu bilan TJABT va TBAT o‘rtasidagi farqlar 
    ma’lum darajada yo‘qoladi. 


    152 
    Qo‘llanish sohasi bo‘yicha axborot tizimlari moddiy ishlab chiqarish, 
    ijtimoiy va boshqaruv sohasiga ajraladi. Ishlab chiqarish sohasida quyidagi 
    yo‘nalishlar bo‘yicha axborot tizimlarini ajratib ko‘rsatish mumkin: 
    mashinasozlik 
    majmui, 
    yoqilg‘i-energetika 
    majmui, 
    transport 
    majmui, 
    metallurgiya majmui, kimyo-o‘rmon majmui, transport majmui, metallurgiya 
    majmui. 
    Ijtimoiy sohada axborot tizimlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ajratiladi: 
    sog‘liqni saqlash, nafaqa va ijtimoiy ta’minot, ta’lim, madaniyat va aholi dam 
    olishi, ijtimoiy va sotsial hayot, xizmatlar va aholi maishiy hayoti, savdo va 
    umumiy ovqatlanish, kommunal xizmat, atrof-muhit muhofazasi. 
    Boshqaruv sohasida axborot tizimlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha 
    ajratiladi: deputatlar korpusi va ijroiya hokimiyati, davlat boshqaruvi va 
    statistika, tashqi iqtisodiy faoliyat, moliya organlari, bank tizimlari, huquqni 
    muhofaza etish organlari va hokazolarga xizmat ko‘rsatish. 
    Faoliyat ko‘rsatish sohasi bo‘yicha axborot tizimlari quyidagi yo‘nalishlarga 
    ajratiladi: sanoat, transport, aloqa, qishloq xo‘jaligi va hokazo. 
    Qo‘llanish doirasi bo‘yicha asosiy klassifikatsiyaviy (tasnifiy) belgi axborot 
    tizimlari va texnologiyalarini qo‘llash sohasi bilan aniqlanadi.
    Texnologik 
    jarayonlarni 
    kompleks 
    avtomatlashtirishda 
    axborot 
    texnologiyalarini qo‘llash texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqarish 
    tizimi (TJ ABT), moslashgan ishlab chiqarish tizimlari (MIT ABT), transport-
    omborxona tizimlari (TOT ABT)ning yaratilishiga olib keladi. Bunday t izimlarni 
    yaratishdan maqsad — milliy iqtisod tarmoqlarini yuqori ishonchli mehnat 
    vositalarini tadbiq etish hisobiga texnik qayta jihozlashni ta’minlash, ularni 
    avtomatlashgan uchastka va texnologik jarayonlarga komplekslash, ishlab 
    chiqarishga moslashuvchanlik, iqtisodiylik bag‘ishlashdir. 
    Axborot texnologiyalarini ilmiy-tadqiqot loyihalarida, konstruktorlik 
    ishlarida, texnologik tayyorlashda qo‘llash ushbu sohalarning avtomatlashtirilgan 
    tizimlari yaratilishiga olib keladi.
    Kompleks ITAT va LAT ilmiy-tadqiqot institutlari va loyiha tashkilotlarida 


    153 
    fundamental tadqiqotlarni olib borish va texnika, texnologiyalarning yangi 
    avlodlarini yaratishda foydalaniladi. Bunday tizimlar tarkibiga sun’iy intellekt 
    komponentlari (ekspert tizimlar, bilimlar bazasi, multimedia vositalari) va ishchi 
    stansiyalari 
    lokal 
    tizimlari 
    va 
    tadqiqotchi 
    hamda 
    konstruktorlarning 
    avtomatlashtirilgan ish o‘rinlari (AIU) kiradi. 
    Axborot texnologiyalarini ilmiy-tadqiqotlar, loyiha-konstruktorlik ishlari va 
    ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashdan asosiy maqsad «tadqiqot loyihalash 
    — konstruktorlash — ishlab chiqarishga tayyorlash» hayotiy siklining barcha 
    bosqichlarida mahsulot ishlanmalari va texnologiyasini o‘tkazish sifati, 
    foydalanish xarakteristikasi, texnologiyasi, yangi mahsulot ilmiyligi jihatini 
    oshirish, 
    nomenklaturani 
    kengaytirish, 
    tajribaviy 
    ishlab 
    chiqarishni 
    qisqartirishdan iborat. 
    Boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy tizimlarida obyekt sifatida iqtisodiyotni 
    boshqarishning barcha bosqichlarida amalga oshiriladigan ishlab chiqarish, 
    ijtimoiy-iqtisodiy funksional jarayonlar xizmat qiladi. Axborot tizimlari 
    boshqarish xizmatlari xodimlarining axborot xizmat ko‘rsatish tizimlari bo‘lib, 
    axborotni to‘plash, saqlash, uzatish va qayta ishlash bo‘yicha texnologik 
    vazifalarni bajaradi. U konkret iqtisodiy obyekt uchun qabul qilingan metodlar va 
    tuzilmaviy boshqaruv faoliyati tomonidan belgilangan reglamentda shakllanadi 
    va ishlaydi, uning oldida turgan maqsad va vazifalarni bajaradi. 
    Tashkiliy-iqtisodiy tizimlar xalq xo‘jaligida qabul qilgan boshqarish 
    organlari tuzilmasiga muvofiq kichik sinflarga bo‘linmasligi mumkin. 
    Tashkiliy-iqtisodiy tizimlarda barpo etilgan avtomatlashgan axborot 
    vositalari axborotni qayta ishlash va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun 
    mo‘ljallangan axborot, iqtisodiy-matematik metodlar va modellar, texnik, 
    dasturiy, texnologik vositalar va mutaxassislar yig‘indisini o‘zida aks ettiradi.

    Download 8.25 Mb.
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   268




    Download 8.25 Mb.
    Pdf ko'rish