• Eshmuradov, A. va boshq. Abonent kirish tarmoqlari.
  • UO‘K: KBK 32.973.202 Taqrizchilar: Gulturayev N.X.
  • A. M. Eshmuradov, D. T. Normatova abonent kirish tarmoqlari




    Download 8,99 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/44
    Sana09.01.2024
    Hajmi8,99 Mb.
    #132974
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
    Bog'liq
    abonent kirish tarmoqlari



    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
    A.M. ESHMURADOV, D.T. NORMATOVA
    ABONENT KIRISH TARMOQLARI
    Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma
    TOSHKENT
    «NISO POLIGRAF»
    2017


    UO‘K: 004.722.2
    KBK 32.973.202
    A17
    Eshmuradov, A. va boshq.
    Abonent kirish tarmoqlari. Kasb-hunar kollejlari uchun 
    o‘quv qo‘llanma. /A.M. Eshmuradov va boshq. O‘zbekiston 
    Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazir ligi. – T.: «Niso 
    Poligraf», 2017. – 104 b.
    UO‘K: 
    KBK 32.973.202
    Taqrizchilar:
    Gulturayev N.X. – TATU Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi 
    dotsenti, texnika fanlari nomzodi;
    Qayumov M.R. – «O‘zbektelekom» AK «Telekommunikatsiya 
    va personalni rivojlantirish markazi» filiali direktori.
    O‘quv qo‘llanma «3550100 – Telekommunikatsiya texnologiyalari» tay- 
    yorlov yo‘nalishining «3550101 – Kommutatsiya va uzatish tizimlarini montaj 
    qilish, ishlatish hamda ma’lumotlar uzatish tarmog‘i texnigi» kasbi bo‘yicha 
    tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. Unda simli abonent kirish 
    tarmog‘ining qurilish tamoyillari, kirish tarmog‘ida qo‘llaniladigan FTTx, 
    PON va xDSL texnologiyalarining vazifasi, ularning tarmoqda qo‘llanish 
    usullari, abonent kirish multipleksorlari va tarmoq modemlari keltirilgan. 
    Shuningdek, qo‘llanmada simsiz abonent kirish tarmoqlarining qurilish 
    tamoyillari, WiMAX tarmog‘ining arxitekturasi va qurilish tamoyillari, WiFi 
    texnologiyasi, MESH tarmog‘i modemlarining qo‘llanilish xusu siyatlari hamda 
    adaptiv antenna tizimlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
    O‘quv qo‘llanma Toshkent aloqa kasb-hunar kollejida o‘tilayotgan «Abo-
    nent kirish tarmoqlari» fanining ishchi o‘quv dasturi asosida tayyorlangan.
    O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi ilmiy-metodik 
    Kengashi tomonidan nashrga tavsiya etilgan
    ISBN 978-9943-4870-3-1
    © A.M. Eshmuradov va boshq., 2017
    © «Niso Poligraf», 2017


    3
    KIRISH
    Zamonaviy axborot-kommutatsiya olami juda tez rivojlan-
    moqda. Sayyoramizning har bir odamiga Internet, ma’lumotlarni 
    uzatish tarmog‘i odatiy bo‘lib qolgan. Odam qayerda bo‘lmasin, 
    yuqori texnologiyalar uning ajralmas qismi hisoblanadi. 
    Infokommunikatsiya texnologiyalari jamiyat rivojlanishi va 
    odamlar hayot tarzining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi muhim 
    omillarning biri bo‘lib qoldi. Ularni qo‘llash jahon fani 
    yutuqlarini samaraliroq ishlatishga imkon beradi, biznesni 
    samarali yuritishning real imkonini yaratadi, odamlarning 
    axborotli o‘zaro ishlashi ularning Vatan va jahon axborot 
    resurslariga kirishini, ularning axborot mahsuli va xizmatlariga 
    ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarini qoniqtirishini ta’minlaydi.
    Bugungi kunda zamonaviy axborot-kommunikatsiya tex-
    no lo giyalarini jamiyat va davlat boshqaruvi faoliyatining 
    barcha sohalariga keng joriy etish hamda ulardan samarali 
    foydalanish, fuqarolarning axborot olishga doir konstitutsiyaviy 
    huquqlarini ro‘yobga chiqarish, davlat boshqaruvi organlari 
    faoliyatining ochiqligini ta’minlash, «elektron hukumat» 
    tizimini jadal tatbiq etish, telekommunikatsiya infratuzilmasi, 
    ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarini modernizatsiya qilish 
    borasida mamlakatimiz barcha hududida keng ko‘lamli ishlar 
    amalga oshirilmoqda.
    Binobarin, mamlakatimizda mustaqillikning ilk yillari-
    danoq axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini har tomon-
    lama ravnaq toptirish, uning huquqiy-tashkiliy hamda moddiy-
    texnik bazasini izchil takomillashtirishga alohida e’tibor qa-


    4
    ratib kelinyapti. Axbo rot-kommunikatsiya texnologiyalari 
    zamonamiz uchun dol zarb ligiga monand sur’atda boshqa 
    sohalarga nisbatan jadal rivojla nayot ganini alohida ta’kidlash 
    joiz.
    Istiqbolda Internetning milliy segmenti yanada shakllanti-
    rilishini hamda unga keng polosali ulanishni kengaytirish, telefon 
    aloqasi, televideniye va radioeshittirishning raqamli tizimlariga 
    to‘liq o‘tishni ta’minlash, aholining, xususan, yosh avlodning 
    axborotga bo‘lgan hamda intellektual talab va ehtiyojlarini 
    qondirish maqsadida tarmoq resurslarini rivojlantirish uchun 
    zarur texnik hamda qulay shart-sharoitlarni yaratish ayni mud-
    daodir.
    Uzatiladigan axborotlar hajmining oshishiga bo‘lgan talablarga 
    bog‘liq holda telekommunikatsiyaning jadal rivojlanishi, aloqa 
    tarmoqlarini va ayniqsa, abonent kirish tarmoqlarini tubdan 
    mukammallashtirish zarurligiga olib keldi. Bu, birinchi navbatda, 
    paketli uzatishli, sifatli, keng polosali xizmatlarni taqdim etish 
    uchun kerak bo‘ldi.
    Aloqaning zamonaviy tarzda rivojlanishi shunday telekom-
    munikatsiya tizimlariga o‘tishdan iboratki, ularda xizmatlarni 
    taqdim etish elektr aloqa tarmoqlarining funksionallashuvidan 
    alohida bo‘lib, turli xizmat turlarini taqdim etish uchun paketli 
    trafikka yo‘naltirilgan yagona multiservisli tarmoqlar ishlatiladi. 
    Abonent kirish tarmoqlarini rivojlantiruvchi kalit yo‘nalish – 
    bu barcha uchastkalarda tolali optikaning qo‘llanilishidir. Bu 
    yo‘nalishda standartlar, abonent tarmoqlarini tashkil etish 
    vositalari, loyihalar ishlab chiqilgan. Shuning uchun bo‘lajak 
    soha mutaxassislari zamonaviy va istiqbolli abonent kirish optik 
    tarmoqlarini loyihalashtirish va qurish masalalarini bilishlari 
    kerak. Shuningdek, ishchi-xodimlar ham optik abonent kirish 
    tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish va ularning ekspluatatsiyasi 


    5
    bo‘yicha malakalarini uzluksiz oshirib borishlariga ham talab 
    mavjud.
    Abonent kirish tarmoqlarining barcha texnologik yechim-
    la rining katta qismi telekommunikatsiyalar bo‘yicha xalqaro 
    elektr aloqa ittifoqi XEI-T – ITU-T (International Telekom-
    munications Union) standartlarida hamda elektronika va 
    elektrotexnika muhandislari instituti – IEEE (Institute of 
    Electrical and Electronics Engineers)ning standartlarida ishlab 
    chiqilgan.


    6

    Download 8,99 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




    Download 8,99 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    A. M. Eshmuradov, D. T. Normatova abonent kirish tarmoqlari

    Download 8,99 Mb.
    Pdf ko'rish