• Elektr aloqa tarmoqlarida iyerarxik sathlar.
  • Telefon tarmog‘i rivojlanishining asosiy bosqichlari.
  • Kommutatsion stansiyaga terminallar guruhini
  • I bob. SIMLI ABONENT KIRISH




    Download 8,99 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/44
    Sana09.01.2024
    Hajmi8,99 Mb.
    #132974
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
    Bog'liq
    abonent kirish tarmoqlari

    I bob. SIMLI ABONENT KIRISH 
    TARMOG‘INING QURILISHI
    1.1. Abonent kirish tarmog‘ining vazifalari
    Telekommunikatsiya tarmoqlarini ikki darajali tarmoq sifa- 
    tida ta’riflash mumkin: transport va kommutatsiyalanuvchi 
    tarmoqlar. Ham transport, ham kommutatsiyalanuvchi tarmoq- 
    larni iyerar xik sathlar bo‘yicha ajratish mumkin. Elektr aloqa 
    tarmoqlarida iyerarxiyaning to‘rtta sathi ajratiladi (1.1-rasm).
    Modelning birinchi elementi – foydalanuvchi binosidagi tar-
    moq (Customer Premises Equipment – CPE). Ikkinchi element – 
    abonent kirish tarmog‘i (Access Network), u tranzit (transport) 
    tarmoqqa chiqishni ta’minlaydi. Bu tarmoq ikkita sathga ajra-
    ladi – mahalliy (Local) va shaharlararo (Long-distanse).
    Foydalanuvchi 
    binosidagi 
    tarmoq
    Abonent kirish 
    tarmog‘i
    Mahalliy 
    tarmoq
    Transport tarmog‘i
    Xalqaro 
    tarmoq
    1.1-rasm. Elektr aloqa tarmoqlarida iyerarxik sathlar.
    Abonent kirish tarmoqlari shahar yoki qishloq telefon 
    tarmoqlari tarkibida bo‘lganligi uchun 1.2-rasmdagi sxema 
    bo‘yicha telefon tarmoqlarida ushbu elementlarning rivojlanish 
    bosqichlarini ko‘rib chiqamiz. Bu bosqichlarning vaqt bo‘yicha 
    rivojlanishi 1.2-rasmda keltirilgan.


    7
    yillarda texnologiyalar almashinishi
    Foydalanuvchi binosidagi tarmoq
    MBli TA
    testaturali TA UATS
    IXKRT terminallari
    Bir simli AL
    Ikki simli AL
    xDSL WLL
    CCC
    Abonent kirish tarmog‘i
    Mahalliy tarmoq
    ATS-K
    DO-ATS
    ATS-R
    Qo‘l
    stansiyalari
    Vaqt
    Vaqt
    Vaqt
    Vaqt
    1900
    1950
    2000
    K-ASHTS
    Qo‘l kommutatorlari
    Shaharlararo tarmoq
    DO-ASHTS va 
    K-ASHTS
    a)
    b)
    d)
    e)
    Diskli raqamtergich
    qo‘llangan TA
    1.2-rasm. Telefon tarmog‘i rivojlanishining asosiy bosqichlari.
    1.2, a-rasmda foydalanuvchi binosidagi texnologiyalar rivoj-
    lanishi telefon aloqasiga nisbatan ko‘rsatilgan. Telefon aloqa 
    abonent qurilmasida mahalliy batareyali telefon apparati (TA),


    8
    vaqt o‘tishi bilan diskli raqamtergich qo‘llangan TA, tastaturali 
    TA va integral xizmat ko‘rsatuvchi raqamli tarmoqda terminallar
    qo‘llangan. Shuningdek, korxona, tashkilot foydalanuvchilari 
    binosida muassasa avtomatik telefon stansiyasi (UATS) XX asr-
    ning ikkinchi yarmidan boshlab ishlatilgan.
    Abonent kirish tarmoqlarida (1.2-rasm) avvalari bir simli 
    abonent liniyasi (AL), so‘ngra ikki simli abonent liniyasi ish-
    latilgan. XX asrning oxirlarida ko‘plab yangi texnologiyalar 
    paydo bo‘lishi abonent kirish tarmoqlarini turli usullarda 
    rivojlantirish imkonini berdi. Rasmda abonent kirish tarmog‘i 
    evolutsiyasining faqat uchta muhim yo‘nalishi keltirilgan: turlicha 
    standartli raqamli abonent liniyalar (xDSL), simsiz abonent 
    liniyasi (WLL) va CCC (yo‘ldoshli aloqa tizimlari).
    Mahalliy va shaharlararo tarmoqlarning rivojlanish bosqichlari
    (1.2, d, e-rasmlar) bazaviy texnologiyalarning o‘zgarish vaqti 
    bilan farqlanadi, lekin jarayonlarning almashinish ketma-ketligi 
    esa o‘xshashdir: ATS-DSH va AMTS-DSH, ATS-K va AMTS-K 
    va h.k.
    «Abonent kirish tarmog‘i» fragmentida texnologiyalar 
    o‘zgarishi xarakteri ikki nuqtayi nazardan diqqatga sazovordir. 
    Birinchidan, ikki simli abonent liniyasining «hayot sikli» hamma 
    jarayonlarnikidan ancha ko‘pdir. Ikkinchidan, keyingi yillarda 
    infokommunikatsion tizimning hech bir elementi abonent kirish 
    tarmog‘i kabi sezilarli o‘zgarishlarga duchor bo‘lmadi.
    XXI asrda rasmda ko‘rsatilgan chiziqlarning o‘zgarish 
    xarakteri ko‘p jihatdan operatorning texnik siyosati bo‘yicha 
    aniqlanadi, odatda, bu abonent liniyalarining o‘tkazich polosasini 
    kengaytirishdir. Eng oddiy varianti – ATS krossini potensial 
    mijozlar bilan bog‘laydigan, fizik zanjirlarga xDSL rusumidagi 
    uskunalarni o‘rnatish. Murakkab bo‘lgani va katta investitsiyani 
    talab qiladigan, ikkinchi varianti – hamma fizik zanjirlarni optik 
    tolali kabelga almashtirishdir.


    9
    Birinchi variant joriy masalani hal qiladi va investitsiyalar bu 
    holda uncha ko‘p bo‘lmaydi. Ikkinchi (murakkab) variant abonent 
    kirish tarmog‘ining uzoq muddatli evolutsiyasini ta’minlashi 
    mumkin, bunda investitsiya ko‘p bo‘ladi.
    Yuqoridagilar asosida ekspluatatsiya qilinayotgan abonent 
    kirish tarmoqlarining uchta xossasini quyidagicha shakllantirish 
    mumkin:
    – uzoq vaqtlar mobaynida abonent kirish tarmoqlarining 
    tuzilish prinsiplari o‘zgarmasdan qolaverdi;
    – keyingi yillarda vaziyat radikal o‘zgardi, elektr aloqa 
    tizimlarini modernizatsiyalash jarayonida qo‘llanayotgan yangi 
    texnologiyalarning ko‘pligi buni isbotlaydi;
    – abonent kirish tarmoqlarining keyinchalik rivojlanish 
    texnologik sikllari operatorning texnik siyosati va uning 
    moliyaviy imkoniyatlari bilan belgilanadi.
    XEAIning statistik hisobotlarida telefon tarmog‘ining 
    komponentlaridan biri, mahalliy tarmoq liniya-kabel inshootlariga
    xarajatlar, umumiy xarajatning 27% ini tashkil etishi ko‘rsatilgan. 
    Buning katta qismi abonent kirish tarmoqlarini tuzishga 
    sarflanadi. Kommutatsion stansiyaga terminallar guruhini ulashda 
    yuzaga keladigan vaziyatlar (1.3-rasm) bu xulosani isbotlaydi.
    Birinchi vaziyatda kabel kanalizatsiyasi tayyor, sarf-xarajat 
    minimal bo‘ladi. Ikkinchi vaziyatda faqat trassaning bir qismidagina 
    yangi kabel kanalizatsiyasini tayyorlash kerak bo‘ladi, xarajatlar 
    avvalgi vaziyatdan ortiq bo‘ladi. Uchinchi vaziyatda kabel 
    kanalizatsiyasi mavjud emas, yangitdan kabel kanalizatsiyasini qurib 
    tayyorlash kerak, xarajatlar eng ko‘p bo‘ladi.
    Ekspluatatsiyalanayotgan abonent kirish tarmoqlarining yana 
    ikkita xossasini ajratish mumkin:
    – abonent kirish tarmoqlari telekommunikatsiya tarmog‘ining 
    eng qimmat elementlaridan biri bo‘lib kelgan va qimmat bo‘lib 
    qolmoqda;


    10
    Kabel kanalizatsiyasi tayyor
    Kabel kanalizatsiyasi yo‘q
    Kabel 
    kanalizatsiyasi 
    yo‘q
    Kabel 
    kanalizatsiyasi 
    tayyor
    KS krossi
    1.3-rasm. Kommutatsion stansiyaga terminallar guruhini 

    Download 8,99 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




    Download 8,99 Mb.
    Pdf ko'rish