• SHTTni modernizatsiyalashning asosiy fazalari.
  • Kommutatsiyalanadigan analog stansiyalar abonent
  • Modernizatsiyalashda umumiy yondashuv




    Download 8,99 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/44
    Sana09.01.2024
    Hajmi8,99 Mb.
    #132974
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
    Bog'liq
    abonent kirish tarmoqlari

    Modernizatsiyalashda umumiy yondashuv. Abonent kirish 
    tarmoqlarini modernizatsiyalashda ikkita qarama-qarshi yonda-
    shuvni ajratish mumkin. Birinchisi foydalanilayotgan tarmoqni 
    rivojlanish oxirgi maqsadini aniq tasavvur qilmasdan, joriy 
    masalalarni yechish, modernizatsiyalash jarayonida yangi 
    texnologiyalarni joriy etish ortiqcha sarf-xarajat talab qilmaydi. 
    Ikkinchi yondashuv ancha murakkab bo‘lib, operator moder ni-
    zatsiyalash natijasida, tarmoqning strukturaviy tuzilishi bo‘yicha 
    aniq tasavvurga ega bo‘ladi. Yangi texnologiyalar paydo bo‘lgan 
    taqdirda, ularni joriy etish modernizatsiyalash rejasiga ta’sir etib, 
    ortiqcha sarf-xarajatni talab qilishi mumkin. Shunga qaramasdan, 
    ikkinchi yondashuvda operator texnologiyalar o‘zgarishlariga 
    maksimal darajada invariant tizimiy yechimlarga oriyentirlansa, 
    bu yondashuv ancha oqilona bo‘ladi. Ikkinchi yondashuv bo‘yicha 
    analog RATSli SHTTni modernizatsiyalash jarayonini (1.5-rasm) 
    ko‘rib chiqamiz.
    Oxirgi
    maqsad
    RATS1
    RATS1
    RATS3
    RATS3
    A1
    A2
    K3
    K4
    K4
    K3
    MS
    MS
    MS
    TATS
    TATS
    TATS
    K2
    K2
    K2
    RATS2
    RATS1
    1-faza
    0-faza
    3-faza
    2-faza
    1.5-rasm. SHTTni modernizatsiyalashning asosiy fazalari.


    13
    Operator tarmoqning oxirgi strukturasini yaqqol tasav vur 
    qiladi, tarmoq rayonlashtirilmagan bo‘lishi kerak va moderni-
    zatsiyalash bosqichma-bosqich olib boriladi. Tarmoq ning 
    dastlabki holati «0» fazada ko‘rsatilgan, bu fazada telefon-
    lashtirilmagan A1 va A2 anklavlar ko‘rsatilgan.
    1-fazada RATS-2 raqamli MS bilan almashtiriladi, A2 
    anklavni telefonlashtirish uchun K2 konsentrator qo‘yiladi, 
    bundan tashqari, MSga raqamli UATS ulanadi.
    2-fazada RATS-3 konsentrator K3 bilan almashtiriladi, A1 
    anklavni telefonlashtirish uchun K4 konsentrator qo‘yiladi. 
    MSning xizmat ko‘rsatish chegarasi o‘zgaradi, RATS-1 ning 
    chegarasi punktir chiziq bilan aniqlanadi.
    3-fazada RATS-1 konsentrator bilan almashtiriladi va kom-
    mutatsiyalanadigan raqamli tarmoqning optimal strukturasini 
    qurish yakunlanadi.
    Modernizatsiyalash natijasida abonent kirish tarmoqlarining 
    ayrim strukturaviy xarakteristikalari o‘zgaradi, masalan, stansiya 
    xizmat ko‘rsatish hududi kengayadi, abonent kirish tarmoqlarining 
    chiqarilma modullari (konsentratorlar, multipleksorlar, UATS) 
    keng qo‘llaniladi, shuningdek, shahar qurilishi o‘zgaradi.
    Analog SHTTning tipik hisoblangan abonent tarmog‘ining 
    strukturasi 1.6-rasmda keltirilgan. Abonent komplekti (AK) va 
    telefon apparati (TA) orasida bog‘lanish, boshqacha aytganda
    abonent liniyasi (AL), stansion, magistral, taqsimlash uchastkalari 
    va abonent simi orqali amalga oshiriladi. Bu uchastkalarning 
    uzunliklari turlicha bo‘lishi mumkin.
    Abonent liniyasining hamma uchastkalarining, stansion 
    uchastkasini istisno qilganda, uzunliklari istiqbolli abonent kirish 
    tarmoqlarini rejalashtirishda amaliy qiziqish uyg‘otadi.
    Abonent liniyasini boshqacha talqin etish mumkin:
    – oxirgi milya (krossdan uygacha masofa);
    – oxirgi yard (uy chegarasidagi ajratish);
    – oxirgi fut (xonadondagi ajratish).


    14
    TSH
    TK
    TK
    TA
    TA
    AK
    Kross
    Stansion 
    uchastka
    Taqsimlash 
    uchastkasi
    Magistral uchastka
    Bevosita ta’minot 
    zonasi
    1.6-rasm. Kommutatsiyalanadigan analog stansiyalar abonent 

    Download 8,99 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




    Download 8,99 Mb.
    Pdf ko'rish