texnologiyalarning klassifikatsiyasi.
17
1.2. Abonent kirish tarmog‘iga FTTx
texnologiyasini qo‘llash
Keng polosali aloqa kanaliga ega bo‘lgan abonent ulanish
tarmoqlarini rivojlantirish va kengaytirishga qiziqish yildan
yilga ortib bormoqda. Bunday tarmoqlarni rivojlantirish
yangi zamonaviy xizmatlarga bo‘lgan talabni qondirishga
zamin yaratadi. Bun day xizmatlarga biznes uchun xizmatlar
(videokonferensiya, ma sofadan ta’lim, teletibbiyot) va ko‘ngil-
ochar xizmatlar (so‘rov bo‘yicha video, raqamli televi deniye,
onlayn o‘yinlar va bosh qalar)ni misol qilib kelti rish mumkin.
Hozirgi kungacha qo‘llaniladigan texnologiyalar ushbu xiz-
mat larni yetarlicha sifatli darajada ta’minlash uchun zarur
bo‘lgan o‘tkazich qobiliyatini ta’minlamaydi. Shu sababli o‘sib
borayotgan talablarga mos ravishda, iqtisodiy samarador va
yuqori imkoniyatli abonent kirish texnologiyalarini qo‘llash
talab etiladi.
Shunday texnologiyalardan biri – FTTx (Fiber To The ... –
«gacha optik ...») – texnologiyasi bo‘lib, belgilangan masofagacha
optik tola orqali ishonchli aloqani ta’minlovchi kirish tarmog‘ini
qurish imkonini beradi. Bugungi kunda ushbu texnologiya keng
tarqalmoqda va qo‘llanilmoqda.
Bugungi kunda FTTx ni tashkillashtirishning bir qator
usullari mavjud:
• FTTH – Fiber to the Home (uygacha optik tola o‘tkazish);
• FTTB – Fiber to the Building (binogacha optik tola o‘tkazish).
FTTH va FTTB larni o‘zgartirish orqali kelib chiqqan tex-
nologiyalar:
• FTTO – Fiber to the Offiace (ofisgacha optik tola o‘tkazish).
• FTTC – Fiber to the Curb (taqsimlash shkafigacha optik
tola o‘tkazish).
• FTTOpt – Fiber to the Optimum (optimal masofagacha op-
tik tola o‘tkazish).
18
• FTTP – Fiber to the Premises (mijoz ish joyigacha optik
tola o‘tkazish).
1.9-rasmda FTTx konsepsiyasini amalga oshiruvchi asosiy
variantlar keltirilgan.
Rasmda ko‘rsatilganidek, abonentga kirishning istalgan
usulining asosini OLT (optical line terminal) tarmoq optik
tugallanish va ONT (optical network terminal) abonent tuguni
terminali optik tugallanish elementlarining o‘zaro ulanishi yotadi.
Abonent liniyasi uchastkasida ONTning joylashuviga bog‘liq
holda FTTx texnologiyalari farqlanadi.
FTTx ning birinchi ikkita variantini ko‘rib chiqamiz.
Video
UFTT
Ajratilgan
liniya
VoIP
Optik foydalanish Mis simli foydalanish
Internet
Passiv
optik
splitter
Abonent foydalana oladigan tarmoq
1.9-rasm. FTTx texnologiyasini amalga oshirish variantlari.
19
optik tola
OLT (optik liniya terminali)
ONU (optik tarmoq qismi)
Ethernet porti
«o‘rama juft
1.10-rasm. FTTB abonent ulanish texnologiyasi.
Fiber To The Building – binogacha optika o‘tkazish. FTTB
texnologiyasi qo‘llanilganda optik tola abonent uyigacha
o‘tkaziladi va ONU (Optical Network Unit) qurilmasiga ulanadi.
Aloqa operatori tomonida OLT (Optical Line Terminal) – optik
liniya terminali o‘rnatiladi. OLT abonent tarmog‘ining asosiy
qurilmasi hisoblanadi va abonent qurilmasi bilan ma’lumot
almashish parametrlarini belgilaydi. Tarmoqning uyning
ichigacha bo‘lgan qismiga juftlik o‘ram qo‘llaniladi.
Bu ko‘p xonali uylar va biznes markazlarining tarmog‘ini
qurishda maqbul yechim bo‘la oladi. Bugungi kunda ko‘plab
aloqa operatorlari katta shaharlarda FTTB asosida o‘zlarining
xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini qurmoqdalar. Shu sababli hamma
joyda ushbu texnologiya keng tarqalgan. Yana bir ustunligi FTTB
texnologiyasida FTTH ga o‘xshab ko‘p sonli qimmat narxdagi
optik tolalarni turli joylarga va xonadonlarga o‘tkazich zaruriyati
yo‘q (1.11-rasm).
20
ONU (optik tarmoq qismi)
optik tola
optik ajratgich
OLT (optik liniya terminali)
1.11-rasm. FTTH abonent ulanish texnologiyasi.
FTTH – Fiber To The Home – uygacha optik tola o‘tkazish.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, FTTH texnologiyasi xonadongacha
yoki abonentning xususiy uyigacha optik tola tortishni tavsiflaydi.
FTTH asosida tarmoq qurishning ikki turi mavjud: Ethernet
asosida va PON (Passive Optical Network – passiv optik tarmoq)
texnologiyasi asosida.
FTTH ning Ethernet asosidagi yechimida liniyalarni
kommu tatsiyalash uchun optik portli kommutatorlar yoki optik
uzat gichlardan foydalanish ko‘zda tutiladi. Kommutatorlar
Ethernet (Gigabit Ethernet (GE) yoki Ten Gigabit Ethernet
(10 GE)) asosidagi «halqa»ga yoki yulduz topologiyaga
birlashtiriladi. Kommutator portlariga oxirgi abonentlarning
qurilmalari ulanadi. Bunday yondashuv optik kanallarni
rezervlash va himoyalashda yuqori ishonchlilik darajasini
ta’minlaydi.
21
Ethernet FTTH yechimining kamchiligi o‘tkazich polosasining
torligi va tarmoq masshtabini kengaytirish imkoniyatining deyarli
yo‘qligi hisoblanadi.
Abonent hududida (xonadonda yoki kottejda) CPE (Customer
Premise Equipment) qurilmasi va shuningdek, turli ko‘rinishdagi
axborotni ta’minlovchi oxirgi terminal qo‘llaniladi.
PON – passiv optik tarmoqlar asosidagi yechimdan foydala-
nilganda FTTH tarmog‘ini qurish uchun optik passiv splitterlar va
tarmoqlagichlardan foydalaniladi, ularning bo‘linish koeffitsiyenti
1:2 dan 1:128 gacha bo‘ladi.
PON optik tarmog‘ida aloqa provayderi tomonida OLT
(Optical Line Terminal) qo‘llaniladi, shuningdek, abonent quril-
masi sifatida ONT (Optical Network Terminal) dan foydala-
niladi.
ONT kommutatsiyalash va muvofiqlashtirishni o‘ziga jamlagan
murakkab qurilma hisoblanadi. Keng polosali ulanishni taqdim
etish va xizmatlarni ta’minlashdan tashqari, ONT qurilmasi
quyidagi qo‘shimcha funksiyalarni ta’minlaydi:
• PON ga kirishni boshqarish protokoli;
• paketli rejimdagi lazerlar (burst-modelasers);
• yuqori darajadagi signal quvvati;
• shifrlash;
• yuqori samaradorlik.
Ushbu qo‘shimcha funksiyalar PON uchun qo‘llaniluvchi ONT
qurilmalarining narxini sezilarli darajada oshiradi.
Abonent kirish tarmoqlarini tashkil etishda turli xildagi
xizmatlarni taqdim etish – ovoz xabarlarini, ma’lumotlar paketini,
harakatdagi tasvir va boshqalarni uzatishni tushunish kerak.
FTTH abonentlari, asosan, ko‘p qavatli uylarda yashaydi,
FTTH FTTB dan farqli ravishda optik tolani abonent xonadoniga
kiritishni anglatadi.
22
Stansiyadan aholi yashaydigan uchastkagacha optik kabelning
ustunlarga osilgan holda tortilishi 1.12-rasmda keltirilgan. Bu
sxema yapon olimlari tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, iqtisodiy
samarador hisoblanadi, ya’ni yerni qazishga sarflanadigan xara-
jatlarni kamaytiradi.
1.13, 1.14-rasmda ko‘p qavatli uylarda FTTN tarmog‘ini
tashkil etish namunasi ko‘rsatilgan.
Bino ichida
joylashtiri-
ladigan
1:N Splitter
va polka
1:N Splitter
Osma
OS
Chiqish Chiqish
1:N Splitter
1.12-rasm. Abonent kirish tarmoqlarini tashkil etishda optik kabelning
|