ADSL asinxron raqamli abonent liniyasining qo‘llanilish




Download 8,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/44
Sana09.01.2024
Hajmi8,99 Mb.
#132974
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   44
Bog'liq
abonent kirish tarmoqlari

1.4. ADSL asinxron raqamli abonent liniyasining qo‘llanilish 
sohasi va texnologiyasi
Hozirgi kunda telekommunikatsiya servisining (ISDN, 
K-XIRT, Talab bo‘yicha video va h.k.) shiddat bilan rivojlanishi 
bilan aloqada abonent kirish tarmoqlarida yuzaga kelgan bunday 
servisni qo‘llab-quvvatlashi zarurdir. «Transport tarmoqlari»da 
va abonent kirish tarmoqlarida kommunikatsiya uskunasining 
topologiyalari va tiplarini unifikatsiyalash va integratsiyalash 


28
AFT va transport tarmoqlarining tuzilish prinsiplari o‘xshashligi 
to‘g‘risida gapirish imkonini beradi. Abonent kirish tarmoqlarida 
optik-tolali kabellarni qo‘llash uzatish tizimi kabi, kommutatsiya-
multipleksorlash uskunasi ham tarmoqning katta resurslarini 
talab qiluvchi barcha xizmatlarini qo‘llab-quvvatlash imkonini 
beradi. Xizmatlarni qo‘llab-quvvatlaydigan tarmoqlar tuzilishi 
uchun xarajatlarni hisoblashda asosiy mezonlardan biri bo‘lib 
amaldagi tarmoqlardan maksimal foydalanish hisoblanadi. 
Hozirgi vaqtda mamlakatning ko‘pgina abonent kirish tarmoqlari 
simmetrik mis kabellaridan foydalangan holda tuzilgan UFTfT 
tarmog‘iga moslashgan va bu tarmoqlarning o‘tkazish qobiliyati 
uchun cheklovlarni qo‘yadi. Ikkinchi mezon bo‘lib xizmatlarning 
aholi tomonidan sotib olish qobiliyati hisoblanadi, qoidaga ko‘ra, 
xizmatlardan foydalanuvchilar foizi, masalan, «klassik» telefon, 
faksga nisbatan katta emas va foydalanuvchilarning barcha 
sonidan 2–5 foizni tashkil etadi.
Keng polosali xizmatlarni taqdim etish UFTf tarmog‘ining 
bir qator elementlarini modernizatsiyalash bilan bog‘liq bo‘ladi. 
Ikkinchidan, foydalanuvchi-tarmoqdan axborotni tashuvchi ra-
qamli oqimni uzatish uchun ishlab turgan ALdan foydalanish 
imkoniyatini aniqlash zarur.
Ikkinchi vazifa o‘z ishiga juda murakkab muammoni oladi. 
Foydalana olish tarmog‘ini qurishning amaldagi prinsiplari ter-
minal va xizmatlarni yetkazuvchi RKQ (marshrutizator) o‘rtasida 
raqamli oqimni uzatishni tashkil qilish uchun to‘siq bo‘lib 
hisoblanadigan turli diametrli simlarni ulash, kabelni tarmoqlash 
va boshqa yechimlarga yo‘l qo‘yiladi. Ushbu vazifalarni hal etish 
uchun quyidagi tadbirdan foydalanish mumkin:
– XIRT potensial foydalanuvchining abonent liniyasi uchun
terminal va kommutatsion stansiya o‘rtasida raqamli oqimni 
uzatish uchun foydalanish imkoniyati to‘g‘risida xulosa chiqarish 
imkoniga ega o‘lchashlar o‘tkaziladi;


29
– AL xarakteristikalari uni XIRT uchun foydalanish imko-
niga ega bo‘lsa, u tarmoq, liniya va stansion terminal bilan 
jihozlanadi;
– AL xarakteristikalari XIRT uchun foydalanish mumkin 
bo‘l masa, taqsimlash shkaflarida qayta ulashni o‘tkazish imko-
niyati ko‘rib chiqiladi va barcha zarur o‘lchashlar takrorlanadi;
– ishlab turgan AL da har qanday tadbirlar kutilgan samarani 
bermagan holatda XIRT xizmatlarini ta’minlab turish uchun 
mo‘ljallangan foydalana olishning yangi tarmog‘ini tashkil qilish 
zarur.
Bu yechim eng zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini 
ta’minlab turuvchi foydalana olishning «qo‘yilgan» tarmog‘ini 
yaratish kabi ko‘rib chiqilishi mumkin. Foydalana olishning 
«qo‘yilgan» tarmog‘i istiqbolligi shundan iboratki, keng 
polosali xizmatlarni ta’minlab turish uchun boshqa usul mavjud 
emas. Masala shundan iboratki, qanday va qaysi vaqtda ushbu 
«qo‘yilgan» tarmoq yaratiladi.
Keng polosali AFT ga o‘tishning oraliq bosqichidan biri 
bo‘lib, hozirgi kunda aloqa xizmatlari operatorlari tomonidan 
keng qo‘llaniladigan simmetrik mis kabellarida DSL texnolo-
giyalari qo‘llanilishi hisoblanadi.
DSL texnologiyalari abonent telefon liniyalarini moderniza-
t siya lamasdan telefon simlarining mis juftlari bo‘yicha ma’lu-
motlarni uzatish tezligini sezilarli oshirish imkoniga ega. Ma’lu-
motlarni yuqori tezlikli kanallarda uzatish amaldagi telefon 
liniyalarini o‘zgartirish imkoniyati DSL texnologiyalarining 
asosiy afzalligi hisoblanadi.
DSL qisqartmasi – Digital Subscriber Line (raqamli 
abonent liniyasi) kabi shifrlanadi. DSL telefon stansiyani 
yakka tartibdagi abonentlar bilan bog‘lovchi eski mis telefon 
liniyalarining o‘tkazish polosasini sezilarli kengaytirish 
imkoniga ega yangi texnologiyalari hisoblanadi. Hozirgi 


30
vaqtda oddiy telefon aloqasidan foydalaniladigan har qanday 
abonent o‘zining bog‘lanish tezligini, masalan, Internet 
tarmog‘i bilan, DSL texnologiyalari yordamida sezilarli 
oshirish imkoniga ega. DSL liniyasini tashkil qilish uchun 
ishlab turgan telefon liniyalaridan foydalanilishini eslash 
kerak. Natijada foydalanuvchi oddiy telefon aloqasining normal 
ishlashini saqlagan holda keng polosali xizmatlardan kecha-
uy kunduz foydalana oladi. DSL texnologiyalari ko‘p qirrali 
bo‘lganligi sababli foydalanuvchi 32 Kbit/s dan 50 Mbit/s 
gacha ma’lumotlarni uzatish tezligiga mos kelganini tanlashi 
mumkin. Ma’lumotlarni uzatish tezligi foydalanuvchi va 
xizmatlarni yetkazuvchilarni bog‘lovchi liniya sifati va 
davomiyligiga bog‘liqdir. Bunda xizmatlar yetkazuvchi, odatda, 
foydalanuvchiga individual ehtiyojlariga mos keladigan uzatish 
tezligini tanlash imkoniyatiga ega.
Shuningdek, DSL kanaliga parallel bo‘lgan standart TCH 
kanalini bir vaqtda ta’minlash imkoniyatiga ega.
DSL o‘z ishiga raqamli abonent liniyasini tashkil qilish 
imkoniyatiga ega turli texnologiyalar to‘plamini oladi. Texnolo-
gi yalar ma’lumotlarni tushuntirish va ularning amalda qo‘llanish 
sohasini aniqlash uchun ushbu texnologiyalarning farqini 
tushunish kerak. Avvalambor, har doim signal uzatiladigan 
masofa va ma’lumotlarni uzatish tezligi o‘rasidagi nisbatni, 
shuningdek, foydalanuvchi va tarmoq o‘rtasidagi ma’lumotlar 
oqimining «pasayuvchi» (tarmoqdan foydalanuvchiga) va 
«ko‘tariluvchi» (foydalanuvchidan tarmoqqa) uzatish tezlik-
larining farqini yodda tutish kerak. DSL quyidagi texnolo-
giyalarni birlashtiradi (1.16-rasm).
Ushbu rasmda aks ettirilgan multiservisli kirish tarmog‘i 
quyidagi elemenlardan tashkil topgan:
Router – marshrutizator;
Access server xDSL – xDSL foydalana olish serveri;


31

Download 8,99 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   44




Download 8,99 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 ADSL asinxron raqamli abonent liniyasining qo‘llanilish

Download 8,99 Mb.
Pdf ko'rish