• xDSL texnologiyalarining turlari.
  • 1.5. Rid-Solomon kodi orqali xatoliklarni tuzatish Rid-Solomon kodlari
  • – ADSL (Asymmetric DSL) – asimmetrik RAL; –




    Download 8,99 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet12/44
    Sana09.01.2024
    Hajmi8,99 Mb.
    #132974
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   44
    Bog'liq
    abonent kirish tarmoqlari

    – ADSL (Asymmetric DSL) – asimmetrik RAL;
     G.Lite ADSLning soddalashgan varianti;
    RADSL (Rate-Adaptive ADSL) – ulash tezligining adap-
    tatsiyasi bilan RAL;
     ISDN DSL (IDSL);
     HDSL (High Bit-Rate DSL) – yuqori tezlikli RAL;
     SDSL (Symmetric DSL) – simmetrik RAL;
     VDSL (Very High Bit-Rate DSL) – o‘ta yuqori tezlikli RAL.
    Bu texnologiyalarning ikkita asosiy toifasi mavjud: simmetrik 
    va asimmetrik.
    Agar ikkita yo‘nalishda ma’lumotlarni uzatish tezligi bir xil 
    bo‘lsa, bu simmetrik texnologiya bo‘ladi. Agar har xil bo‘lsa, 
    asimmetrik bo‘ladi.
    xDSL
    HDSL
    ADSL
    G.Lite
    RADSL
    HDSL2
    SDSL
    SHDSL
    IDSL
    VDSL
    Asimmetrik
    Simmetrik
    1.17-rasm. xDSL texnologiyalarining turlari.


    33
    Simmetrik texnologiyaga HDSL, HDSL2, SDSL, IDSL kiradi.
    HDSL va HDSL2 texnologiyalarini mahalliy aloqa opera-
    torlari ishlatadilar. SDSL va IDSLni ma’lumotlar uzatish tarmog‘i 
    operatorlari qo‘llaydilar.
    DSL simmetrik liniyalari biznes sohasida ishlatilish uchun 
    to‘g‘ri keladi. Ikki yo‘nalishda ma’lumotlar uzatish tezligi bir 
    xil bo‘lishi kerak bo‘lganda, masalan, nutqni uzatish, elektron 
    pochta, videokonfereniya, fayllarni uzatish uchun ishlatiladi.
    DSLning asimmetrik texnologiyalarini (ADSL, RA DSL, 
    G. Lite), asosan, mahalliy aloqa operatorlari ishlatadilar. Ular 
    xususiy foydalanuvchiga yuqori tezlikli kirishni berishga qara-
    tilgan bo‘ladi. DSL asimmetrik liniyalari tarmoqdan foyda-
    lanuvchi tomon ma’lumotlar uzatishning yuqoriroq tezligiga 
    ega, bu esa Internet tarmog‘ida ishlash va har xil video takliflar 
    uchun juda qulaydir.
    1.5. Rid-Solomon kodi orqali xatoliklarni tuzatish
    Rid-Solomon kodlari (ingl. Reed-Solomon codes) – ma’lu-
    motlar bloklarida xatoliklarni tuzatishga imkon beradigan 
    noikkilik davrli (siklli) kodlar hisoblanadi. Kod vektori element-
    lari bitlar emas, balki bitlar guruhlari (bloklari) hisoblanadi. 
    Baytlar (oktetlar) bilan ishlaydigan Rid-Solomon kodlari juda 
    keng tarqalgan. Rid-Solomon kodi BCHX-kodning xususiy holi 
    hisoblanadi.
    Hozirgi vaqtda kompakt-disklardan ma’lumotlarni qayta 
    tiklash tizimlarida, shikastlanishlar bo‘lganida qayta tiklash 
    uchun ma’lumotlarning arxivlarini yaratishda keng ishlatiladi.
    Rid-Solomon kodi 1960-yilda Linkoln Massachusets texno-
    logik instituti xodimlari Irvin Rid va Gustav Solomon tomonidan
    ixtiro qilingan.


    34
    Samarador dekodlash algoritmlari 1969-yilda Elvin Berlekemp 
    va Jeyms Messilar (Berlekemp-Messi algoritmi) tomonidan, 
    1997-yilda David Mandelbaum (Evklid algoritmini ishlatadigan 
    usul) tomonidan taklif etilgan. Rid-Solomon kodi 1982-yilda 
    kompakt-disklarni turkum ishlab chiqarishda birinchi marta 
    qo‘llanilgan.

    Download 8,99 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   44




    Download 8,99 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    – ADSL (Asymmetric DSL) – asimmetrik RAL; –

    Download 8,99 Mb.
    Pdf ko'rish