• Tarmoq elementlari menejeri
  • Multipleksorning ta’minoti




    Download 8,99 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet20/44
    Sana09.01.2024
    Hajmi8,99 Mb.
    #132974
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   44
    Bog'liq
    abonent kirish tarmoqlari

    Multipleksorning ta’minoti
    ASAM multipleksorining ta’minoti –48 yoki –60 V li stansion 
    manbadan amalga oshiriladi.
    ADLT-plata
    Umumiy ma’lumotlar
    ADLT-plata A1000 ADSL tizimi uchun ishlab chiqilgan 
    qo‘yiladigan (o‘rnatiladigan) blok hisoblanadi.
    Bu platada 4 ta mustaqil chiziqli ADSL-tugallanma LT yoki 
    portlar mavjud bo‘ladi. Bu portlardan har biri analog telefoniya 
    uchun yotqizilgan oddiy UPT (Unshielded Twisted-Pair – 
    ekranlashtirilmagan o‘rama juftlik) kabel bo‘yicha ANT ga ikki 
    tomonlama ulanishni ta’minlaydi.
    Har bir port uchun ADLT-plata ularning oqimidan ATM-
    yacheykalarni ajratib oladi yoki bu yacheykalar uchun VPI/VCI 
    qiymatlarga asoslanish bilan ularni bu oqimga qo‘yadi.
    Bu terminallarni moslashtirish funksiyasidan tashqari, ADLT-
    plata chiziqli tugallanma sifatida o‘z nazorat funksiyalarini ham 
    bajaradi.
    R-ASAM
    Chiqariladigan ASAM multipleksori oddiy multipleksordagi 
    kabi funksiyalarni bajaradi, lekin konstruktiv bajarilish, 
    ta’minot va ishlatishning iqlimiy sharoitlari qismida qat’iyroq 
    talablarni qoniqtiradi. R-ASAM tizimda joylashgan ASAMga 
    nisbatan avtonom yoki kaskadlangan bo‘lishi mumkin. R-ASAM 
    multipleksorini ko‘chaga mo‘ljallangan korpusda yoki CEV 
    (Controlled Environment Vault – nazorat qilinadigan iqlim para-
    metrli kamera) korpusda joylashtirish mumkin. Avtonom tarmoq 
    ASAM multipleksorining maksimal sig‘imi 576 liniyalarni tashkil 
    etadi. Tizimdan kaskadlashtirishda maksimal sig‘im o‘zgarish- 
    siz – 576 liniyalar qoladi.


    45
    Tarmoq elementlari menejeri 
    ADSL-ulanish nimtizimini boshqarish uchun AWS mene-
    jeri ko‘zda tutilgan, u ATM-kanali o‘tkazish polosasi ichida 
    joylashgan SNMP protokoli bo‘yicha ishlaydi. AWS menejerida 
    yuqoriroq daraja OSS (Operation Support System – eksplu-
    atatsion qo‘llash tizimi) tizimi uchun mo‘ljallangan TL1 interfeysi 
    mavjud. ADSL-ulanish nimtizimiga qo‘llanish bilan AWS 
    menejeri ASAM, R-ASAM, ANT bloklari yoki PC-NIC inter feys 
    platalarida joylashgan aktiv elementlarni (ya’ni OBC – On-Board 
    Controller – platada joylashgan kontroller bo‘lgan elementlarni) 
    boshqarishni ta’minlaydi.

    Download 8,99 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   44




    Download 8,99 Mb.
    Pdf ko'rish