Tarmoq tugallanmasi D versiyadagi SANT (Synchronous ATM Network Termi-
nation – ATM sinxron tarmoq – tugallanmasi, SANT-D) tarmoq
tugallanmasi tarmoq transport tizimini A1000 ADSL tizi miga
ulaydi va fizik hamda ATM-darajalar bilan bog‘liq bo‘lgan
funksiyalarni bajaradi.
Tarmoq raqamli transport tizimi 155,52 Mbit/s (SDH STM1/
SONET OC3s) tezlik orqali xarakterlanadi.
ASAM multipleksorda SANT-D SDH/SONET – 155,52 Mbit/s
axborot oqimi uchun tarmoq tugallanmasi hisoblanadi. U raqamli
uzatish tizimi bo‘yicha IQ shinaga va teskari uzatiladigan ATM-
38
yacheykalarning almashtirilishini ta’minlaydi. Bundan tashqari,
SANT-D tarmoq tugallanmasida ASAMni ishlatish va texnik
xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘ladigan funksiyalar ko‘zda
tutilgan.
Nihoyat, SANT-D tarmoq tugallanmasi IQ shinaning ken-
gayti rilishini ta’minlaydi, buning uchun ham mos interfeys
ko‘zda tutilgan. Bitta SANT-D tarmoq tugallanmasi va o‘n bitta
A versiyadagi ADSE kengaytirgichlar (ADSE-A) bo‘lganida o‘n
ikkita substativlarni (12 substativlar × 12 LT × 4 liniyalar = 576 li-
niyalar) boshqarish mumkin bo‘ladi.
Fizik SANT-D tarmoq tugallanmasi o‘rnatiladigan (ikkilangan
Yevropa) bosma platasida bajarilgan bo‘lib, unga IQ shinani
joylashtirilishi tomonidan ASAM multipleksorining stativiga
o‘rnatiladi.
IQ shinasi IQ shinasi NT va chiziqli interfeyslar orasidagi boshqarish va
ma’lumotlarni almashlashni ta’minlaydi, ya’ni ular orasidagi bitli
oqimlarni zichlashtiradigan va zichlashtirishdan chiqaradigan
qurilma hisoblanadi. IQ shinasi SANT-D yoki ADSE-A va ADLT
(ADSL Line Termination – chiziqli ADSL-tugallanma) orasidagi
shina tuzilmasi hisoblanadi.
IQ shinasida to‘g‘ri va teskari kanallar bo‘yicha ma’lumotlar
yo‘nalishi uchun yo‘l, sinxronizator va boshqarish signallari
mavjud. Interfeysning uzatish tezligi 155 Mbit/s ni tashkil etadi.
To‘g‘ri va teskari yo‘nalishlarda tashish 54 baytlardan iborat
freymlar bilan jo‘natiladigan ATM-yacheykalar orqali amalga
oshiriladi. To‘g‘ri va teskari yo‘nalishlarda jo‘natish 8 bitli
ma’lumotlarni tashiydigan alohida shinalar bo‘yicha amalga
oshiriladi.
Fizik jihatdan IQ shinasi BPA (Backpanel Printed board
Assembly – orqa panel bosma platasi) shina ko‘rinishida baja-
39
rilgan va ADSL-stativlarda tizim platasi ko‘rinishida statsionar
mahkamlangan. SANT-D yoki ADSE-A, ADLT va AACU
platalari mos BPA biriktirgichlariga o‘rnatiladi. Mos ravishda IQ
shinasi bo‘yicha ularning o‘zaro bog‘lanishlari amalga oshiriladi.