|
Ketma-ket kengaytirish interfeysiBog'liq abonent kirish tarmoqlariKetma-ket kengaytirish interfeysi
SANT-D platasi joylashgan birinchi bosh qatordan IQ shina
signallari har birida ketma-ket ADSE-A kengaytirgich bo‘lgan
11 ta bo‘ysunadigan qatorlarga tarqatilishi mumkin. Ketma-ket
kengaytirish interfeysi SANT-D va ADSE-A platalari orasidagi
bog‘lash bo‘g‘ini hisoblanadi. SANT-D platasi ketma-ket
kengaytirish uchun bitta chiqish biriktirgichiga, ADSE-A platasi
esa ikkita chiqish biriktirgichiga ega. Barcha biriktirgichlar
stativning oldingi qismiga joylashtirilgan.
Xizmat interfeysi
Xizmat interfeysi SANT-D platasida ko‘zda tutilgan. Bu
interfeysga ulanish ACU ning oldingi qismida joylashgan birik-
tirgich orqali amalga oshiriladi.
43
Ichki interfeyslar
IQ-interfeys
ADLT platasini SANT-D yoki ADSE-A platasi bilan
biriktirish IQ shina orqali amalga oshiriladi.
Agar SANT-D platasi faqat bitta SDH STM1 interfeysiga ega
bo‘lsa, u holda soni 144 tagacha yetadigan ADLT platalari va
11 ta ADSE-A platalarining ulanishi uchun faqat bitta IQ shina
mavjud bo‘ladi. Barcha ADSE-A platalari uchun IQ shinaning
mavjud o‘tkazish qobiliyatini (155 Mbit/s) birgalikda ishlatishga
to‘g‘ri keladi.
SANT-D platada IQ shinaning ikkita holati mavjud, chunki bu
platada istalgan vaqtda 2 STM1-bog‘lanishga o‘tishni ta’minlash
mumkin.
MBC-interfeys
SANT-D platasida IQ shina bilan bog‘langan ADLT
terminallaridan har birining ta’minotini tanlab yoqish/o‘chirish
imkoniyati ko‘zda tutilgan.
BPA va PBA larning fizik joylashish o‘rni
BPA platasiga va unda joylashtiriladigan har bir PBA (Printed
Board Assembly – chop etish plata tuguni) tugunga tizim ichida
fizik joylashish o‘rni noyob raqami tayinlangan. Bu raqam 32
bitga ega va ID0…ID31 ko‘rinishda taqdim etilgan. Bu bitlar
quyidagi vazifalarga ega.
5 bitli raqam tizimlar platasidagi har bir PBA tugunining
holatini aniqlaydi. Bu raqam ID0…ID4 ko‘rinishda taqdim
etilgan va tizimlar platasidagi (1…13) PBA slotlar raqamini
xarakterlaydi. Bu raqam tizimlar platasiga qat’iy «montaj
qilingan» ADLT/SANT-D/ADSE-A plata orqali uning tizimlar
platasidagi biriktirgichidagi shtirlar orqali o‘qilishi mumkin.
|
| |