• PS tarmoqlagich
  • SANT-D platasi. Umumiy ma’lumotlar
  • Terminallarning moslashtirilishi




    Download 8,99 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet17/44
    Sana09.01.2024
    Hajmi8,99 Mb.
    #132974
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   44
    Bog'liq
    abonent kirish tarmoqlari

    Terminallarning moslashtirilishi
    ADLT SANT-D dan olingan va abonent uchun mo‘ljallangan 
    ATM-yacheykalarni DMT-modulatsiyalangan signallarga va 
    teskari o‘zgartirishni amalga oshiradi, demak, fizik va ATM-
    darajalar bilan ishlaydi.
    Fizik jihatdan ADLT-funksiya 4 ADLT-portlarga (4 – abonent-
    lar bog‘lanishlari) ega bo‘lgan bitta bosma platada bajariladi. Bu 
    plata tizim ADSL-stativiga (IQ shinasini bajaradigan) o‘rnatiladi.
    Shuningdek, ADLT-platada to‘rtta ADLT-portlar uchun bosh-
    qarish (OAM) funksiyalari bajarilgan
    PS tarmoqlagich
    Abonentlar liniyasida (mahalliy ATSdan ketadigan o‘rama 
    juftlikda) analog POTS- va ADSL-signallar ustma-ust tushadi, 
    bunda har ikkala signallar chastotaviy multiplekslangan hisob-
    lanadi.
    ASAM da ADSL- va POTS-signallar maxsus filtrlar yorda-
    mida teskari yo‘nalishda o‘tishda ajratiladi va to‘g‘ri yo‘nalishda 
    o‘tishda birlashtiriladi:
    – LPF (PCHF), u POTS-signallar uchun ochiq hisoblanadi va 
    ADSL-signallarni so‘ndiradi;
    – HPF (YCHF), u ADSL-signallar yo‘lidagi POTS-signal-
    lardan barcha (masalan, raqam terish impulslari, o‘zgarmas 
    kuchlanish va chaqirish chastotasi) ta’sirlarni yo‘qotadi.
    Bu maxsus filtrlar ham passiv, ham aktiv filtrlovchi elementlar 
    qo‘llanilishi orqali bajarilishi mumkin.


    40
    SANT-D platasi. Umumiy ma’lumotlar
    SANT-D platasi raqamli SDH-uzatish tizimiga 155,52 Mbit/s 
    tezlikda optik ulanishni ta’minlaydi va bu tizimga IQ shina 
    bo‘yicha har ikkala yo‘nalishlarda tashiladigan ATM-
    yacheykalarning moslanishini amalga oshiradi. Bundan tashqari, 
    bu platada ASAM multipleksorlarini ishlatish va texnik xizmat 
    ko‘rsatish uchun zarur bo‘ladigan funksiyalar ko‘zda tutilgan.
    IQ-interfeys SANT-D va ADSE-A larni ASAM orqa paneli 
    bilan bog‘laydi va ikkita shinalardan tashkil topgan:
    – IQ
    D
    shinalari, ular to‘g‘ri yo‘nalishda yuqori tezlikli uzatish 
    (ATM-yacheykalarni) uchun mo‘ljallangan;
    – IQ
    U
    shinalari, ular teskari yo‘nalishda yuqori tezlikli uzatish 
    (ATM-yacheykalarni) uchun mo‘ljallangan;
    – IQ
    A
    (access) shinalari, ular IQ
    U
    shinalariga ulanishni nazorat 
    qilish uchun mo‘ljallangan.
    IQ
    D
    va IQ
    U
    shinalari har biri 5-oktetli sarlavha va 48-
    oktetli ma’lumot maydoniga ega bo‘lgan ATM-yacheykalarning 
    tashilishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, har bir yacheykadan 
    oldin bitta «bo‘sh» oktet qoladi. SANT-D ATM-yacheykalarni 
    54-oktetli slotlarga inkapsulatsiyalashni amalga oshiradi va IQ 
    shinaga ulanishni ta’minlaydi. 155,52 Mbit/s tezlikni 152,64 Mbit/s 
    tezlikka moslashtirish (155,52 Mbit/s dan = 53/54) to‘ldirilmagan 
    yacheykalarni o‘chirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bu VC-4 da 
    bo‘lgan amaldagi ATM-yacheykalarning maksimal tezligi 149,76 
    Mbit/s (155,52 Mbit/s dan = 26/27) tezlik orqali cheklanishi bilan 
    bo‘lishi mumkin.
    IQ
    A
    shinasi teskari kanalli interfeysga ulanishni nazorat 
    qilish uchun mo‘ljallangan. U teskari kanal shinasidagi «to‘q-
    nashuvlar»dan qochishga zamin yaratadi va turli LT-obyekt-
    larning ulanishi uchun turli darajalar ustuvorliklarini kiritish 
    imkoniyatini beradi.


    41

    Download 8,99 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   44




    Download 8,99 Mb.
    Pdf ko'rish