36
da, birinchi ikkita usullar, simsiz kanallarda esa barcha 4 ta
multiplekslash usullari qo‘llaniladi.
Ulardan faqat birinchi ikkitasini ko‘rib
chiqamiz, chunki
mul tipleksor atamasi, odatda, aynan simli aloqa liniyalariga nis-
batan qo‘llaniladi. Chastotaviy multiplekslashda
umumiy aloqa
kanalida har bir kirish oqimi uchun alohida chastotalar diapazoni
ishlatiladi. Multipleksorning vazifasi bu holda har bir kirish
kanalining spektrini boshqa kanallar bilan kesishmaydigan boshqa
chastotalar intervaliga o‘tkazishdan iborat. Multiplekslangan
kanallar hatto ularga ajratilgan chegaradan
signal spektri chiqib
ketganida bir-birlariga xalaqit qilmasligi uchun chastotalar
diapazonlar orasida himoya intervallari qoldiriladi.
Chastotaviy
multiplekslash ham elektr, ham optik aloqa liniyalari, ham analog
signallar uchun, ham raqamli signallar uchun qo‘llaniladi.