• «Ko‘p nuqta-ko‘p nuqta» rejimidagi Wi-MAX tarmoqlari.
  • A. M. Eshmuradov, D. T. Normatova abonent kirish tarmoqlari




    Download 8,99 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet28/44
    Sana09.01.2024
    Hajmi8,99 Mb.
    #132974
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   44
    Bog'liq
    abonent kirish tarmoqlari

    ko‘rinishlari.


    61
    Wi-MAX tarmoqlari «ko‘p nuqta-ko‘p nuqta» rejimida quri-
    lishi mumkin, shuningdek, u «nuqta-ko‘p nuqta» rejimini ham 
    ta’minlaydi (2.8-rasm).
    Wi-MAX texnologiyasi katta sonli an’anaviy tizimlar, simli 
    yoki simsiz tarmoqlar bilan aloqani ta’minlash maqsadida 
    ishlab chiqilgan (tarmoqlar IP ga asoslangan). Ko‘p hollarda bu 
    arxitektura multimediali IP-tizimlariga (yoki IMS) asoslangan 
    bo‘lib, tarmoqlararo roumingni ta’minlash, 3G tarmoqlari bilan 
    birgalikda ishlash, IP darajasidagi tarmoqlarda aloqa sifati va 
    xizmatlar to‘plamini ta’minlash imkonini beradi. IP tarmoqlariga 
    ulanish imkoniyati tufayli Wi-MAX texnologiyasi boshqa 
    tarmoqlarni kengaytirishda «cheksiz mobillik» tamoyili bo‘yicha 
    ularni qurish imkoniyatini beradi.
    Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Wi-MAX texnologiyasi 
    simli tarmoq operatorlariga uzoqlashtirilgan hududlarga ulanish 
    uchun «oxirgi mil» muammolarini hal qilish imkoniyatini beradi, 
    uzoq masofalarga kabel yotqizish kabi ortiqcha xarajatlarni 
    kamaytiradi. IEEE 802.16e standarti mobil aloqa operatorlari xa-
    Hududiy tarmoq
    Hududiy tarmoq
    Hududiy tarmoq
    Hududiy tarmoq Wi-MAX 
    bazaviy 
    stansiyasi
    Wi-MAX 
    bazaviy 
    stansiyasi
    Wi-MAX 
    bazaviy stansiyasi
    Wi-MAX 
    bazaviy stansiyasi
    Wi-MAX 
    bazaviy stansiyasi
    2.8-rasm. «Ko‘p nuqta-ko‘p nuqta» rejimidagi Wi-MAX tarmoqlari.


    62
    rajatlarini kamaytirishni taklif etadi, mobil aloqa operatorlariga 
    2G va 3G darajasidagi xizmatlarni, keng polosali ma’lumot 
    uzatish xizmatlarini va eng zamonaviy raqobatlashuvchi simsiz 
    tarmoq xizmatlarini ta’minlaydi. Wi-MAX tarmog‘ini qurishning 
    moliyaviy xarajatlari an’anaviy ikkinchi va uchinchi avlod 
    tarmoqlarinikidan kamroq bo‘lib, asosiy xarajatlar BS stansiyalari 
    infratuzilmasini yaratish va qurilish-montaj ishlarini olib borish 
    uchun sarflanadi. IP-protokolida qurilgan Wi-MAX arxitekturasi 
    keng polosali multimediali ilovalardan foydalanishda eng yaxshi 
    imkoniyatlar taqdim etadi, shuningdek, IP-asosida qurilgan 
    mobil tarmoqlarda qo‘llaniluvchi ovozli va qisqa xabarlarni mobil 
    uzatishni ta’minlaydi.
    Aytish mumkinki, Wi-MAX texnologiyasi zamonaviy xizmat-
    larni ta’minlovchi, tezkor va ishonchli keng polosali tarmoqlar 
    qurishda, mavjud tarmoqlar imkoniyatini kengaytirishda eng 
    yaxshi yechim bo‘la oladi.

    Download 8,99 Mb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   44




    Download 8,99 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    A. M. Eshmuradov, D. T. Normatova abonent kirish tarmoqlari

    Download 8,99 Mb.
    Pdf ko'rish