Modemning vazifasi
Modem qabullash-nazorat asboblaridan (QNA) yoki
retranslatorlardan ogohlantirishlarni uzatish bo‘lib o‘tadigan
IEEE 802.15.4-LR-WPAN standartga asoslangan ma’lumotlarni
simsiz uzatish tarmoqlarini qurish uchun mo‘ljallangan. Modem
ikkita marshrutizator va koordinator bajarilishlariga ega:
• marshrutizator QNA yoki retranslatorga o‘rnatiladi,
unga shleyf yordamida ulanadi va undan ogohlantirishlarning
uzatilishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, marshrutizator
tarmoqning qolgan marshrutizatorlaridan ogohlantirishlarni
retranslatsiya qiladi;
• koordinator tarmoqda faqat bitta bo‘lishi mumkin. U tar-
moq ning ishlashini boshqaradi, retranslatorga o‘rnatiladi va
marsh rutizator o‘rnatilgan QNA yoki retranslatorlardan ogohla n-
tirishlarni qabul qilishni ta’minlaydi.
Modemning qo‘llanilishi sohasi obyektlarni (xonadonlar,
garajlar, dala hovlilar, ofislar, savdo binolari, omborlar va h.k.)
markazlashtirilgan qo‘riqlash hisoblanadi.
ZigBee texnologiyasining tavsifi
ZigBee – bu IEEE 802.15 Low Rate Wireless Personal Area
Network (LR-WPAN – simsiz shaxsiy hisoblash tarmog‘i)
oilasidagi ma’lumotlarni simsiz uzatish tarmoqlarini qurish yangi
texnologiyasi hisoblanadi.
71
ZigBee o‘zi tashkil bo‘ladigan va o‘zi qayta tiklanadigan
tarmoqlar bo‘lib, bu ZigBee asosida tizimlarni o‘rnatish va
qurishni sezilarli yengillashtiradi, chunki tugunlar ma’lumotlar-
ning yetkazilish marshrutlarini mustaqil aniqlab tuzata oladi.
ZigBee bu yuqori ishonchli, rentabelli, energiyaga tejamkor
protokol bo‘lib, monitoring qilishi (ma’lumotlarni to‘plash) va
boshqarish tarmoqlarini qurish uchun mo‘ljallangan. ZigBee
tarmoqda ishlaydigan qurilmalar ta’minot yoqilganida o‘rnatilgan
dasturiy ta’minot tufayli o‘zlari bir-birlarini topishni va tarmoqni
shakllantirishni, tugunlardan biri ishdan chiqqanida yoki
xalaqitlar vujudga kelganida xabarlarning uzatilishi uchun yangi
marshrutlarni o‘rnatishni biladi.
ZigBee texnologiyasi ham «nuqta-nuqta» va «yulduz» oddiy
ulanishlarni amalga oshirish uchun, ham «daraxt» va «yacheykali
tarmoq (Mesh-tarmoq) topologiyali murakkab tarmoqlarni
tashkil etish uchun ishlatilishi mumkin. Standart korxonalar va
ofis binolari masshtablarida, shuningdek, lokal taqsimlangan
obyektlar – omborlar, bozorlar, posyolkalar va boshqalarda
turli xil qurilmalar yirik tarmoqlarini qurish uchun optimal
hisoblanadi.
ZigBee qurilmalarning qamrab olish zonasi ko‘plab
parametrlarga, birinchi navbatda, qabullagichning sezgirligiga
va uzatkichning quvvatiga bog‘liq bo‘ladi. Ochiq fazoda ZigBee
tarmog‘idagi tugunlar orasidagi masofa yuzlab metrlardan
kilometrlargacha, binolarda esa o‘nlab yoki yuzlab metrlargacha
o‘lchanadi. ZigBee ning qamrab olishi tugunlar orasidagi
masofaga qaraganda sezilarli keng, chunki «ZigZag» modemining
retranslatsiyalashi hisobiga qurilmalar mustaqil tarmoqni hosil
qiladi, xabarlarni retranslatsiyalashni qo‘llaydi, uzatiladigan
ma’lumotlar yaxlitligi tekshiriladigan va AES protokoli bo‘yicha
kriptohimoyalashli ma’lumotlarni paketli uzatishning o‘rnatilgan
protokoliga ega.
|