• Antennaning o‘rnatilishi balandligini tanlash.
  • Ko‘p nurli signalning hosil bo‘lish tamoyili.
  • A. M. Eshmuradov, D. T. Normatova abonent kirish tarmoqlari




    Download 8,99 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet33/44
    Sana09.01.2024
    Hajmi8,99 Mb.
    #132974
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   44
    Bog'liq
    abonent kirish tarmoqlari

    2.14-rasm. Interferension manzara.
    • Binolar va tashqi predmetlardan qaytgan to‘lqinlar;
    • Yer sirtidan qaytgan to‘lqinlar.
    Yer sirtidan qaytgan to‘lqinlar to‘g‘ri va qaytgan to‘lqinlar 
    tarqalishi vaqti bo‘yicha kichik farq tufayli aks signallarning 
    sababi bo‘lishi mumkin emas. Lekin interferensiya tufayli 
    turg‘un to‘lqinlar hosil bo‘ladi, ular qabullash antennasining 
    joylashishi balandligi ortishi bilan maydon kuchlanganligi 
    o‘zgarishining tebranma qonuniga olib keladi. Bu antennaning 
    o‘rnatilish balandligini to‘g‘ri tanlash zaruratiga sabab bo‘ladi 
    (2.15-rasm).
    Yerga eng yaqin maksimumning balandligini quyidagi for-
    mula bo‘yicha hisoblash mumkin:


    79
    N
    R
    h
    h
    M
    h
    E
    2.15-rasm. Antennaning o‘rnatilishi balandligini tanlash.
    h
    R
    N
    M
    =


    λ
    4
    ,
    bu yerda: λ – to‘lqin uzunligi; R – uzatish antennasigacha masofa; 
    – antennaning balandligi.
    Binolar va tashqi predmetlardan qaytgan to‘lqinlar kuchlan-
    ganligi barcha uchta yo‘nalishlar – balandlik bo‘yicha, gori-
    zontal tekislikda va uzatish yo‘nalishida o‘zgaradigan bir 
    jinsli bo‘lmagan maydonni hosil qiladi. Bunda maydon kuch-
    langanligining maksimal va minimal qiymatlari ko‘p sonli 
    qaytarishlar tufayli nomuntazam xarakterga ega bo‘ladi. Bu 
    samara bilan kurashish uchun DVB-T da maxsus algoritm 
    ish latiladi. Uzatkichdan ma’lumotlar uzluksiz oqim bilan 
    uzatilmaydi, balki uncha katta bo‘lmagan paketlarga bo‘linadi, 
    himoya intervallari deyiladigan uzilishlar bilan uzatiladi. Bu 
    holda aks sado samarasi nafaqat asosiy signalni aniq uzatishga, 
    balki uning qaytgan to‘lqinlar bilan takrorlanishi hisobiga 
    kuchaytirishga yordam beradi.


    80
    Himoya intervali bu bitta signalni boshqasi boshlanguncha 
    so‘nishi uchun yetarli bo‘ladigan foydali signallar orasidagi 
    oddiy pauza emas. Bu vaqt davomida qabullagichga foydali 
    signal fragmenti keladi, bu qabul qilingan signal tashuvchilari 
    ortogonalligining saqlanishini kafolatlaydi (tushunarliki, 
    agar aks signal ko‘p nurli tarqalishda bu himoya intervali 
    uzunligidan biroz keshiktirilsa). DVB-T uchun bo‘sag‘aviy 
    signal/shovqin nisbati bo‘sag‘aviy samarani e’tiborga olganda 
    taxminan 5–10 martaga yaxshi bo‘ladi. Shunday qilib, agar aks 
    signal ko‘p nurli tarqalishda bu himoya intervali uzunligidan 
    biroz keshiktirilsa, u holda kechiktirilgan signalni foydali 
    hisoblash va u bilan kurashish emas, balki undan foydalanish 
    mumkin.
    Amalda bu DVB-T signalni qabul qilishda antenna turi 
    va uni o‘rnatish joyini tanlashga boshqa yondashishlardan 
    foydalanish zarurligini bildiradi. Analog televideniyeni 
    qabul qilishda optimal yechim «to‘lqin kanali» turidagi 
    yuqori yo‘naltirilgan antennadan va uni bir tekis maydonga 
    o‘rnatishdan foydalanilgan, bu zich qurilishli sharoitlarda 
    juda qiyin. Bundan tashqari, yuqori yo‘naltirilgan antenna 
    tor chastotalar diapazoniga ega va ikkita yo‘nalishlardan bir 
    vaqtda qabullashni olib borishga imkon bermaydi.
    Zamonaviy shahardagi elektromagnit to‘lqin sezilarli 
    kompo nentli turg‘un to‘lqinlar murakkab tuzilmasidan iborat. 
    Bu holda maydon kuchlanganligining yaqin maksimumlari 
    orasidagi masofa to‘lqin uzunligining yarmiga teng bo‘ladi. 
    «To‘lqin kanali» turidagi yuqori yo‘naltirilgan antenna turg‘un 
    to‘lqin maydonida bo‘lishi bilan hisoblangan kuchaytirishni 
    ta’minlaydi. DVB-T signalini qabul qilish uchun bunday 
    antennaning qo‘llanilishi faqat ochiq joyda optimal bo‘ladi. 


    81
    Shunday qilib, zich shahar qurilishlari sharoitlarida DVB-T 
    signalini qabul qilish uchun antenna quyidagi shartlarni 
    qoniqtirishi kerak:
    – antennaning o‘lchamlari to‘lqin uzunligining yarmidan 
    oshmasligi kerak;
    – antenna panjarasi ikkitadan ortiq qavatlardan bo‘lmasligi 
    kerak;
    – «to‘lqin kanali» turidagi yuqori yo‘naltirilgan antenna 
    bittadan ortiq direktorlarga ega bo‘lmasligi kerak;
    – antennani turg‘un to‘lqin maydonining maksimumiga joy-
    lash tirish kerak.
    Ko‘p nurli signalning hosil bo‘lish tamoyili 2.16-rasmda 
    tasvirlangan.
    Telemarkaz
    To‘g‘ri signal
    Yondan qaytish
    Orqadan qaytish
    signali
    signali
    Antenna
    2.16-rasm. Ko‘p nurli signalning hosil bo‘lish tamoyili.


    82
    Kanalli ekvalizatsiya OFDM signal bitta tez modulatsiyala-
    nadigan keng polosali signal emas, balki sekin modulatsiyala-
    nadigan tor polosali signallar to‘plami sifatida qaralishi 
    mumkin. Past simvolli tezlik simvollar orasida himoya 
    intervalining ishlatilishini mumkin qiladi, bu vaqt bo‘yicha 
    sochilishniga va simvollararo buzilishlarni tuzatishga imkon 
    beradi.

    Download 8,99 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   44




    Download 8,99 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    A. M. Eshmuradov, D. T. Normatova abonent kirish tarmoqlari

    Download 8,99 Mb.
    Pdf ko'rish