• DVB-T standarti 8K versiyasidagi COFDM signali.
  • A. M. Eshmuradov, D. T. Normatova abonent kirish tarmoqlari




    Download 8,99 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet32/44
    Sana09.01.2024
    Hajmi8,99 Mb.
    #132974
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   44
    Bog'liq
    abonent kirish tarmoqlari

    a)
    b)
    Ko‘plab tashuvchilar
    2.12-rasm. Bitta tashuvchi signalli radiosignal (a) va OFDM spektri (b).
    Bunda tashuvchilarni chastota bo‘yicha ajratishning ikkita usullari 
    qo‘llanishi mumkin. Birinchidan, polosali filtrlar yordamida, 
    ikkinchidan, signallarni ortogonal o‘zgartirish yordamida ajra-
    tish mumkin. Birinchi holda modulatsiyalangan tashuvchilar 
    orasidagi chastotalar farqi ularning qo‘shni yon polosalari o‘zaro 
    qoplanmaydigan qilib tanlanadi. Bu shart, agar chastotalar farqi 
    qiymatini Δf > 2/T
    U
    ga teng tanlansa bajariladi, bu yerda T
    U
    – 
    axborot simvolining ishchi intervali. Lekin bunda radiospektrdan 
    foydalanish samaradorligi yuqori bo‘lmaydi. Aksincha, OFDM 
    standarti qo‘shni nimtashuvchilar spektrlarining kuchli qoplanishi 
    bilan xarakterlanadi, bu chastotalar farqi qiymatni ikki martaga 
    kamaytirishga va shuncha martaga raqamli ma’lumotlarni uzatish 
    zichligini ((bit/s)/Hz) oshirishga imkon beradi.
    Guruhli spektr nimtashuvchilarini ortogonal demodulatsiyalash 
    usuli tufayli qo‘shni chastotalardan, ularning yon polosalari 
    o‘zaro qoplanishiga qaramasdan xalaqitlarni kompensatsiyalash 
    bo‘lib o‘tadi. Ortogonallik shartlarining bajarilishi uchun 
    tashuvchilar orasidagi chastotalar farqi o‘zgarmas va Δf = 1/T
    U
    ga 
    teng bo‘lishi, ya’ni T

    intervalda f
    2
    – f
    1
    farq chastotasining butun 
    davrlari soni joylashishi kerak. DVB-T standarti 8K versiyasidagi
    COFDM signalga misol 2.13-rasmda tasvirlangan.
    Bu nisbatning bajarilishiga OFDM modemida ikkita turdagi 
    sinxronlashtirish signallarini kiritish bilan erishiladi:
    • Guruhli spektr tashuvchi chastotalarini sinxronlashtirish 
    uchun signallar;


    76
    Chastota
    T
    U
    himoya
    intervali
    Simvollar
    Vaqt
    1/T
    T
    N=6817
    2.13-rasm. DVB-T standarti 8K versiyasidagi COFDM signali.
    • Demodulatorning funksional bloklari takt chastotalarini
    sinxronlashtirish uchun signallar. Hozirgi paytda parallel raqamli 
    oqimlar bitlarini tashiydigan tashuvchi chastotalar guruhi OFDM 
    simvol deyiladi.
    Ko‘p sonli parallel oqimlar ishlatilishi tufayli parallel 
    oqimlardagi simvolning uzunligi ketma-ket ma’lumotlar oqimi-
    dagiga qaraganda sezilarli katta bo‘lib qoladi. Bu dekoderda 
    qabul qilingan simvollar qiymatlarini baholashni vaqtincha 
    kechiktirishga imkon beradi, bu vaqt davomida aks signallar 
    ta’siri tufayli radiokanal parametrlarining o‘zgarishi to‘xtaydi va 
    kanal barqaror bo‘lib qoladi. Shunday qilib, OFDMda suboqim 
    simvoli T
    S
    vaqt intervali T
    G
    himoya intervaliga va simvolning 
    T
    U
    ishchi intervaliga bo‘linadi. T
    S
    vaqt intervali davomida, 
    dekoderda simvolning qiymatini baholash amalga oshirilmaydi, 
    T
    U
    ishchi intervalida esa qabul qingan signal qiymati haqida 
    qaror qabul qilinadi. Aks sadoni so‘ndirish tizimining to‘g‘ri 
    ishlashi uchun himoya intervallari suboqimlar simvollarining 
    boshlanishida bo‘lishi, ya’ni himoya intervalida oldingi simvol 
    bilan tashuvchini modulatsiyalash davom etishi kerak. Texnik 


    77
    jihatdan OFDM usuli qabullash-uzatish qurilmasi uzat-
    kichining modulatorida Fure invers diskret o‘zgartirishi (Fast 
    Fourier Transform – FFT) va qabullagichining demodulatorida 
    Fure to‘g‘ri diskret o‘zgartirishi bajarilishi yo‘li bilan amalga 
    oshiriladi. Fizik darajada OFDM ko‘p sonli yaqin joylashgan 
    ortogonal tashuvchilarni ishlatadigan raqamli modulatsiyalash 
    sxemasi hisoblanadi. Har bir nimtashuvchi o‘sha bir o‘tkazish 
    polosasidagi bitta tashuvchini modulatsiyalash oddiy sxemalari 
    kabi umumiy ma’lumotlarni uzatish tezligini saqlash bilan past 
    simvolli tezliklarda oddiy modulatsiyalash sxemasi (kvadraturali 
    amplitudaviy modulatsiyalash) bo‘yicha modulatsiyalanadi. 
    Amalda OFDM signallar Fure teskari tez o‘zgartirishdan 
    (FTTO‘) foydalanish yo‘li bilan olinadi. Bitta tashuvchili 
    sxemaga qaraganda OFDMning asosiy afzalligi kanaldagi 
    murak kab sharoitlarga uning qarshi tura olish qobiliyati hisob-
    lanadi.
    Masalan, YCH sohasida uzun mis o‘tkazgichlardagi so‘nish, 
    ko‘p nurli tarqalish keltirib chiqaradigan tor polosali xalaqitlar 
    va chastotaviy-tanlangan so‘nish bilan murakkab filtrlar-ekva-
    layzerlardan foydalanmasdan kurashish mumkin. 
    Signalning ko‘p nurli tarqalishi keltirib chiqaradigan chas-
    totaviy-tanlangan so‘nish qabul qilish joyida signalning ko‘p nurli 
    interferensiyasi natijasida vujudga keladi va so‘nish chastotasi 
    qabullash antennasi joyining o‘zgarishi bilan o‘zgaradi. Real zich 
    shahar qurilishlari holatlarida interferension manzarani analitik 
    hisoblash deyarli mumkin emas. Bundan tashqari, detsimetrli 
    to‘lqinlar diapazonida teletomoshabinlarning sezilarli qismi xona 
    antennalaridan foydalanadi.
    Bu interferension manzarani yanada oldindan taxmin 
    qilmaydigan qiladi (2.14-rasm).
    Qaytgan to‘lqinlarni ikkita turlarga ajratish kerak:


    78
    Uzatkichga yo‘nalish
    100 mkV
    100 
    mkV
    200 mk
    V
    2000 m
    kV
    10
    05
    m
    kV
    200 mkV
    30 
    mk

    190 
    m
    kV
    50 m
    kV
    50 mkV
    50 mkV
    10 mkV

    Download 8,99 Mb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   44




    Download 8,99 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    A. M. Eshmuradov, D. T. Normatova abonent kirish tarmoqlari

    Download 8,99 Mb.
    Pdf ko'rish