|
A. M. Eshmuradov, D. T. Normatova abonent kirish tarmoqlariBog'liq abonent kirish tarmoqlariQurilmalar narxlari
Wi-Fi texnologiyasi bugungi kunda ham WiMAX texno-
logiyasiga qaraganda yetuk hisoblanadi. Siz o‘rnatilgan Wi-
Fi modulsiz yangi noutbukni topa olmaysiz. Shuningdek,
WiMAX qurilmalarning Wi-Fi qurilmalardan qimmat turishi
va WiMAX qurilmalari turlari kamligi vaqtinchalik kamchilik
hisoblanishi mumkin. Bunga WiMAX texnologiyasining
yoshligi sabab bo‘ladi. WiMAX modulli qurilmalarni ishlab
chiqarish endigina rivojlanmoqda va Wi-Fi qurilmalarga yetib
olishga hali ancha uzoq. WiMAX bazaviy stansiyalarining
narxi ham qo‘shimcha qimmat turadigan komponentlar tufayli
yuqori bo‘ladi.
95
Qo‘llanilish sohalari
Ko‘plab boshqa sohalar kabi ma’lumotlarni simsiz uzatishda
ham universal texnologiya yo‘q. Har bir aniq maqsad uchun
WiMAX yoki Wi-Fi ko‘proq to‘g‘ri keladi. Agar foydalanuvchilar
uchun tarmoqqa keng polosali ulanishni taqdim etish masalasi
tursa, u holda, albatta, ko‘proq WiMAX to‘g‘ri keladi, chunki bu
texnologiya oldindan aynan shu maqsad uchun ishlab chiqilgan.
Lekin agar cheklangan binoda keng polosali ulanishni taqdim
etish masalasi tursa, u holda Wi-Fi va WiMAX texnologiyalari
xalaqitlar sathi past bo‘lmaganida yoki ular umuman bo‘lma-
ganida yechim uchun bir xil yaxshi to‘g‘ri keladi. Simsiz xavf-
sizlik tizimlari yoki videokuzatuv tizimlarini joriy etish uchun
esa Wi-Fi ko‘proq to‘g‘ri keladi, chunki bu yo‘nalish yetarlisha
yaxshi rivojlangan.
2.1-jadval
Qamrab olish va masshtablar
Wi-Fi (IEEE 802.11)
WiMAX (IEEE 802.16)
Binolar ichidagi «nuqta-nuqta»
(PtP – Point to point) simsiz
yechimi
Binolardan tashqaridagi «nuqta-
ko‘p nuqta» (PtMp – Point to multi-
point) simsiz yechimi
Uncha katta bo‘lmagan
masshtablardagi tarmoqlar
(taxminan 100 metrgacha)
Juda katta simsiz tarmoqlar (7–10
kilometrgacha)
«Yashirin» tugun muammosi
(CSMA/CA)
«Yashirin» tugun muammosining
yo‘qligi (DAMA-TDMA)
a,g standartlardagi oddiy
modulatsiyalashlar (64 bit)
Kompleks modulatsiyalash
texnikasi (256 bit)
Ko‘plab retranslatorlar qo‘llaniladigan
uzoq masofalarga simsiz ko‘priklar
qurish
Ko‘plab retranslatorlar
qo‘llanilmaydigan uzoq masofali
ko‘priklar
|
| |