89
Internetga ulanishni tashkil etish
Hotspot – simsiz ulanish ommaviy nuqtasi
(Wi-Fi-zona)
Wi-Fi texnologiyasi ulanish nuqtasining
ishlash radiusida
Wi-Fi simsiz radioulanish protokoli bo‘yicha Internet tarmog‘i
resurslariga ulanishni ta’minlashi mumkin. Bunday umumiy
ulanish nuqtalari
Hotspot yoki Internet tarmog‘iga yuqori tezlikli
simsiz ulanish bo‘lgan joy deyiladi.
Hotspot yoki simsiz ulanish ommaviy nuqtasi bu Wi-Fi
standarti simsiz adapterili qurilmaga ega bo‘lgan foydalanuvchi
Internetga ulanishi mumkin bo‘lgan Wi-Fi simsiz tarmog‘i
qamrab olgan hudud (vokzal binosi,
ofis binosi, o‘quv xonalari,
kafe va h.k.) hisoblanadi.
Hotspot radioqamrov zonasini kengaytirish yoki simsiz tar-
moqning ishlash radiusini oshirish uchun bazaviy ulanish nuq-
tasidan keyin ma’lum masofada repiterlar (Wi-Fi retrans lator-
lari) o‘rnatilishi mumkin, ular bazaviy ulanish nuqtasi
sig nallarini
Internet
Provayder
Ulanish
nuqtasi
Hotsport
(simsiz ulanish
ommaviy zonasi)
Smart-
telefon
SHK
KPK
2.22-rasm. Hotspot – simsiz ulanish ommaviy zonasi (Wi-Fi-zona).
90
takrorlaydi. Retranslator sifatida ulanish nuqtasini repiter reji-
mida ishlatish mumkin. Bundan tashqari, Hotspot radioqam-
rov zonasini kengaytirish
uchun maxsus chiqariladigan
Wi-Fi antennalar (panelli, parabolasimon va h.k.) qo‘llanishi
mumkin.
Umumiy holda xotspotni tashkil etish uchun ulanish nuqtasi
standart usullar – ADSL, 3G texnologiyalar yoki Fast Ethernet
lokal tarmog‘idan foydalanish bilan provayderga ulanadi.
Ta’kidlash zarurki, Wi-Fi va VoIP servisni integratsiyalangan
qo‘llaydigan mobil telefonni simsiz ulanish nuqtasiga ulanganida
xalqaro qo‘ng‘iroqlarning narxi an’anaviy va sotali telefoniyaga
qaraganda sezilarli pasayadi.
Katta hududda simsiz
ulanish ommaviy zonasini, ya’ni xot-
zonani tashkil etish uchun bitta ulanish nuqtasini emas, balki bir
nechta ulanish nuqtalarini ishlatish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Katta hududda joylashgan ulanish nuqtalarini birlashtirish uchun
birlashtiriladigan kommutatorlarni, ularni markazlashtiril-
gan bosh qarish uchun esa simsiz ulanish nuqtalarini qo‘llash
mumkin.