94
chiqilgan. Bu texnologiyalar orasidagi ayrim boshqa farqlarni
ko‘rib chiqamiz. WiMAX da Wi-Fi dagiga qaraganda aloqa
sifati yaxshi. Bir necha foydalanuvchilar ulanish nuqtasiga
ulanganida ular aloqa kanaliga ulanish uchun aynan «kurash»
olib boradi. O‘z navbatida, WiMAX texnologiyasi har bir
foydalanuvchiga doimiy ulanishni ta’minlaydi. WiMAX texno-
logiyasi bo‘yicha qurilgan algoritm bitta ulanish nuqtasi uchun
foydalanuvchilar soniga cheklashlarni o‘rnatadi. WiMAX
bazaviy stansiyasi o‘z potensialining maksimumiga yaqin-
lashganida, u «ortiqcha» foy da lanuvchilarni boshqa baza viy
stansiyaga avtomatik qayta yo‘naltiradi.
Lekin WiMAX hali ham tug‘ilish holatida turibdi va iqtisodiy
foyda olinishi uchun bu infratuzilmaga sezilarli mablag‘lar
talab qilinadi. Wi-Fi o‘ziga yetarli tizim hisoblanadi va Wi-Fi
tarmoqlarini tez qurish hozirda muammo emas.
Katta maydonli korxonalar Wi-Fi tarmoqlarni o‘rnatishda
talab qilinadigan ko‘p sonli repiterlarni sotib olishdan qochish
uchun WiMAX texnologiyasiga o‘tishni istashi mumkin.