91
Bunday integratsiyalangan qurilmalar «simsiz marshru-
tizator lar» (wireless router) deyiladi. Ularga nafaqat simsiz,
balki simli mijozlarni ham ulash mumkin. Internetga
marshrutizatorlarning ulanishi uchun Ethernet WAN port,
ADSL-modem uchun port yoki 3G WAN portlardan biri bilan
jihozlanishi kerak.
Provayderga standart Ethernet ulanish uchun marshruti-
zator Ethernet WAN portli bo‘lishi kerak. Internetga ADSL
ulanish uchun ADSL-modem
Wi-Fi ulanish nuqtasi bilan
bitta bo‘lishi zarur. Agar Internetga ulanish uchun 3G mobil
aloqa qo‘llanilsa, u holda marshrutizator 3G WAN portga
ega bo‘lishi lozim. Misol sifatida 2.23-rasmda Internetga
chiqishli SOHO simsiz tarmog‘i qurilgan LinksysWRT160N
simsiz marshrutizator (shluz ishlash rejimida) tasvirlan-
gan.
Home
WRT160N
Internet
desktop
2.23-rasm. Asosida Internetga chiqishli SOHO simsiz tarmog‘i
qurilgan Linksys WRT160N simsiz marshrutizatorining ishlatilishi.
92
Linksys WRT160N simsiz keng
polosali marshrutizator bu
global tarmoqqa ulanish uchun Ethernet WAN porti tarmoq
adapteri, simsiz tarmoq konsentratori yoki WLAN mijozlari
uchun kommutator rolini bajaradigan qabullagich-uzatkich
ko‘rinishidagi
ulanish nuqtasi, LAN kabelli tarmoq mijozlari
uchun 4 portli kommutator, WLAN va LAN tarmoqlarni
bog‘laydigan tarmoq ko‘prigi,
SPI tarmoqlararo ekranli va
IP-manzillarni o‘zgartirish funksiyali (NAT) marshrutizator,
DHCP-server funksiyalarini o‘zida integratsiyalaydigan dasturiy-
apparatlar qurilmasi hisoblanadi.
SPI brandmaueri Internet orqali himoyalashni ta’minlaydi.
DHCP-server lokal tarmoqlar (WLAN va LAN) kompyuterlariga
192.168.1.100 – 192.168.1.149 diapazondagi dinamik xususiy IP-
manzillarni tayinlaydi. IP-manzillarni o‘zgartirish
funksiyali
marshrutizator (lokal IP-manzil – 192.168.1.1) lokal tarmoqlar
(WLAN va LAN) xususiy IP-manzillarini tashqi global
IP-manzilga o‘zgartirishni ta’minlaydi. Keltirilgan SOHO
tarmog‘ining yoyilgan sxemasi 2.24-rasmda keltirilgan.
HOME
Ulanish nuqtasi
Kommutator
Internet
MY
2.24-rasm. SOHO tarmog‘ining yoyilishi sxemasi.
93
Marshrutizatorning o‘rnatilgan simsiz ulanish nuqtasi 802.11b,
802.11g va 802.11n standartlarni qo‘llaydi. Yarim dupleks rejimda
ishlaydigan 4 portga 10/100 Ethernet standarti o‘rnatilgan kom-
mutatori Ethernet qurilmalarini simli tarmoq orqali ulash uchun
mo‘ljallangan.
O‘rnatilgan ko‘prik
WLAN va LAN tarmoqlarga mos
ravishda ulangan notebook (HOME) va desktop (MY) orasida
ma’lumotlarni (jildlar va fayllarga umumiy ulanish) almashlashni
ta’minlaydi. Bundan tashqari, Ethernet WAN port orqali
Internetga ulangan IP-manzillarni o‘zgartirish funksiyali (NAT)
o‘rnatilgan LinksysWRT160N marshrutizator
kompyuterlarga
(HOME va MY) provayder tomonidan ajratilgan o‘sha bir IP-
manzil bo‘yicha Internetga birga ulanishni ta’minlaydi. WLAN
va LAN lokal tarmoqlar kompyuterlariga (HOME va MY) ichki
IP-manzillarni o‘rnatilgan DHCP-serverni tayinlaydi.