Adaptiv antenna tizimini qo‘llash




Download 8,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/44
Sana09.01.2024
Hajmi8,99 Mb.
#132974
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   44
Bog'liq
abonent kirish tarmoqlari

2.5. Adaptiv antenna tizimini qo‘llash
Adaptiv (lot. adapto – moslashtiraman) signal/shovqin nisba-
tini maksimallashtish uchun mo‘jallangan signallarga ishlov 
beruvchi antennaning turi hisoblanadi. Maksimallashtirish alo-
hida qabul qilish kanallaridan keladigan signallar bilan qo‘shib 
chiqila digan vazn koeffitsiyentlarini avtomatik rostlash orqali 
amalga oshiriladi. 
Ko‘pincha adaptiv antenna – antennalar panjarasi hisoblanadi. 
Odatda, adaptiv antenna chiqishidagi yig‘indi xalaqitlar signali-
ning so‘ndirilishini ta’minlaydigan signallarga ishlov berish 
foydali signalni qabullashgacha amalga oshiriladi. Ishlov berish 
tizimi apparaturalari vazn koeffitsiyentlari amplitudalarini 
va fazalarini rostlash uchun qurilmalardan foydalanishga 
asoslangan.
Vazn koeffitsiyentlarini rostlash signallarga ishlov berish 
tizimi chiqishi va adaptiv antennaning qabul qilish kanallari 
orasidagi teskari aloqa yordamida avtomatik amalga oshiriladi. 
Moslashtirish jarayoni dastlabki yo‘naltirilganlik diagrammasidan 
(YD) optimal vazn koeffitsiyentlarini ishlab chiqish jarayonida 
shakllantiriladigan kompensatsion YDni ayirishga ekvivalent 
bo‘ladi, shu tufayli natijaviy YD xalaqitlar manbalari 
yo‘nalishlarida og‘ishlarga ega.


83
Xalaqitlarni so‘ndirish chuqurligi, zarur signallarga ishlov 
berish apparaturasining hajmi ishlatiladigan moslashtirish usuli 
va uning aniq bir amalga oshirilishiga bog‘liq bo‘ladi. Adaptiv 
antennaning variantlaridan biri o‘zi fokuslanadigan antennalar 
panjarasi hisoblanadi. Qabullash rejimida u qabul qilinadigan 
istalgan fazaviy frontli to‘lqinga barcha elementlar signallar 
sinfaz qo‘shib chiqiladigan ishlov beradi. Shu tufayli izotrop 
keladigan tashqi shovqinlarda adaptiv antenna chiqishidagi 
signal/shovqinning maksimal nisbati ta’minlanadi. O‘zi 
fokusla nadigan adaptiv antenna qabul qilish-uzatish rejimida 
ham ishlatilishi mumkin. Bunda signalning nurlanishi qabul 
qilinadigan to‘lqin manbayi yo‘nalishida amalga oshiriladi. Ham 
qabullash rejimida, ham uzatish rejimida qabul qilinadigan 
signal adaptiv antennaning alohida elementlaridagi toklar 
fazalarini boshqarish uchun ishlatiladi. O‘zi fokuslanadigan 
qabul qilish-uzatish adaptiv antennasi ma’lum ma’noda, 
xususan, optikada ishlatiladigan to‘lqin frontlarini boshqarish 
tizimlariga o‘xshash bo‘ladi. Adaptiv antennalar aloqa 
tizimlarida, radiolokatsiyada, radioastronomiyada va boshqa-
larda qo‘llaniladi.

Download 8,99 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   44




Download 8,99 Mb.
Pdf ko'rish