73
lanilishi hisoblanadi. Spektral samaradorlikni oshirishdan tash-
qari, OFDM ko‘p nurli tarqalish va simvollararo interferen-
siyaning yaxshi ma’lum bo‘lgan salbiy samaralarini kamayti-
rishga imkon beradi. OFDM signal
har biri yetarlicha past
tezliklarda modulatsiyalanishi mumkin bo‘lgan tor polosali
subkanallar to‘plamini birlashtiradi. Shuningdek, tizimlar, aso-
san, yuqori modulatsiyalash tezligili
tizimlar minimal sim-
vollararo interferensiyaga uchraydi. Texnologiyaning yana
COFDM (kanalli kodlash birlashmasi, C va OFDM qisqartmasi)
usuli yaxshi ma’lum va DVB-T/T2 radioeshittirish raqamli
tizimlarida keng ishlatiladi. OFDMda keng polosali ketma-ket
raqamli oqim har biri alohida tashuvchida uzatiladigan ko‘p
sonli tor polosali parallel oqimlarga (suboqimlarga) o‘zgartiriladi
(2.11-rasm).
OFDMning asosiy ijobiy va
salbiy tomonlarini qisqacha
ajratish mumkin:
Ijobiy tomonlari:
• Ko‘plab nimtashuvchilar sonida spektrni og‘diruvchining
deyarli to‘g‘ri burchakli shakli orqali tushuntiriladigan radio-
cha stotalar spektridan foydalanishning yuqori samaradorligi;
Chastotalar kanallari
Chastota,
f
2.11-rasm. OFDM spektri.
74
• Oddiy apparatli ishlatish: asosiy operatsiyalar raqamli ishlov
berish usullari orqali amalga oshiriladi;
• simvollararo xalaqitlarga (ISI – intersymbol interferense)
va nimtashuvchilar orasidagi interferensiyaga (ICI – intercarrier
interferense) yaxshi qarshi turish. Natijada ko‘p nurli tarqalishga
moyillik;
• Har bir nimtashuvchi uchun turli modulatsiyalash sxema-
larining qo‘llanilishi, bu xalaqitbardoshlik va ma’lumotlarni uza-
tish tezligini adaptiv o‘zgartirishga imkon beradi.
Salbiy tomonlari:
• Chastota va vaqtni yuqori sinxronlashtirishning zarurligi;
• Mobil tizimlarda OFDMning qo‘llanilishini
cheklaydigan
Dopler samarasiga sezgirlik;
• Zamonaviy uzatkichlar va qabullagichlarning noidealligi
fazaviy shovqinni keltirib chiqaradi, bu tizimning unumdorligini
cheklaydi;
• OFDMda ko‘p nurli tarqalish bilan kurashish uchun ishla-
tiladigan himoya intervali signalning spektral samaradorli gini
kamaytiradi.
Barcha
kamchiliklariga qaramasdan, OFDM yirik shaharlar
sharoitlarida ishlaydigan zamonaviy tarmoqlar arxitekturalari
uchun juda yaxshi yechim hisoblanadi. Texnik taraqqiyot va
bozorning dinamikasi (o‘zgarishlari)
ishlab chiqaruvchilarni
doimo mavjud texnologiyalarni takomillashtirishga undaydi.
Nati jada o‘z asosida turli OFDM modifikatsiyalarini ishlatadigan
quril malar paydo bo‘ladi.
OFDM keng polosali ketma-ket raqamli oqim har biri alohida
tashuvchida uzatiladigan ko‘p sonli tor polosali parallel oqimlarga
(suboqimlarga) o‘zgartiriladigan prinsipial yangi modulatsiyalash
turi hisoblanadi (2.12-rasm).
OFDM guruhli radiospektridagi qo‘shni
f
1
,
f
2
, ...,
f
n
tashuvchilar orasidagi Δ
f chastotalar farqi demodulatorda indivi-
dual tashuvchilarning ajratilishi imkoniyati shartlaridan tanlanadi.