• Mesh-tarmoqning umumlashtirilgan topologiyasi.
  •  Mesh tarmog‘i modemlarining qo‘llanilish




    Download 8,99 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet29/44
    Sana09.01.2024
    Hajmi8,99 Mb.
    #132974
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   44
    Bog'liq
    abonent kirish tarmoqlari

    2.3. Mesh tarmog‘i modemlarining qo‘llanilish 
    xususiyatlari
    Mesh (multi-hop) bu simsiz qurilmalar strategik muloha zalarga 
    ko‘ra kiritiladigan ko‘p sonli (ko‘pincha ortiqcha) bog‘lanishlar 
    bilan birlashtiriladigan tarmoq topologiyasi hisob lanadi. Bu ta’rif 
    bunday sinfdagi quriladigan tarmoqlar funksiyalariga yetarlicha 
    yaxshi mos keladi. Markazlashtirilmagan boshqarishli va 
    yuqori ishonchlilik darajasiga ega bo‘lgan o‘z tashkil bo‘ladigan 
    tarmoqlar g‘oyasi ancha oldin taklif etilgan, lekin bunday texno-
    logiyaning samarali ishlatilishi simsiz texnologiyalarning tez 
    rivojlanishi natijasida mumkin bo‘ldi.
    Bunday sinfdagi tarmoqlar taktik maqsadlarda operativ 
    aloqani tashkil etish uchun turli davlatlar harbiy idoralarida, 
    masalan, antiterrorchilik operatsiyalarining o‘tkazilishi vaqtida, 
    lokal harbiy to‘qnashuvlarda keng qo‘llaniladi.


    63
    So‘nggi vaqtlarda Mesh-topologiyaga muvofiq tashkil 
    etilgan ma’lumotlarni uzatish telekommunikatsion tarmoqlari 
    keng qo‘llanilmoqda. Loyihalar masshtablari butun dunyo 
    bo‘yicha o‘n minglab ulanish nuqtalarigacha va yuz minglab 
    foydalanuvchilargacha ortdi. Mesh-tarmoqlar turli simsiz ulanish 
    nuqtalarini integratsiyalaydigan eng qiziqarli yechimlarni taqdim 
    etadi. Global tarmoqlarga (WAN) oson integratsiyalanadigan lokal 
    (LAN) va shahar (MAN) tarmoqlarini Mesh-topologiya yordamida 
    tashkil etish imkoniyati o‘z tarmoqlarini yirik shaharlarda qura-
    digan aloqa operatorlari uchun ijobiy omil hisoblanadi.
    Mesh-tarmoqlar topologiyasi tarmoqning aktiv tugunlari 
    orasida aloqani markazlashtirilmagan tashkil etilishi sxemasiga 
    asoslangan. Mesh-tarmoqlarda ishlatiladigan ulanish tugunlari 
    nafaqat abonentlarning ulanishi xizmatlarini ko‘rsatadi, balki 
    o‘sha tarmoqning boshqa tugunlari uchun marshrutizatorlar 
    (retranslatorlar) funksiyalarini bajaradi. Buning hisobiga o‘zaro 
    almashadigan aktiv tugunli tarmoqning katta qamrab olish 
    zonalarini yaratish imkoniyati, shuningdek, masshtablashtirish 
    imkoniyati (bu holda yangi tugunlar tarmoqqa avtomatik 
    qo‘shiladi) paydo bo‘ladi.
    Bunday tarmoqning umumlashtirilgan topologiyasi 2.9-rasmda 
    tasvirlangan.
    Mesh-tarmoqlar quyidagi imkoniyatlarga ega:
    – katta maydonni yaxlit axborot qamrab olish zonalarini 
    yaratish;
    – o‘zi tashkil bo‘lish rejimida tarmoqning masshtablanuv-
    chanligi (qamrab olish zonasi maydoni va axborot ta’minoti 
    zichligining ortishi);
    – «har bir har bir bilan» rejimida ulanish nuqtalarining alo-
    qasi uchun simsiz transport kanallarining (backhaul) ishlatilishi;
    – alohida elementlarning yo‘qotilishiga tarmoqning barqa-
    rorligi.


    64
    Foydalanuvchi
    GSM, Wi-Fi, Wi-Max
    Mesh-tarmoq 
    buluti
    Boshqarish 
    serveri
    GSM, Wi-Fi, 
    Wi-Max
    BS
    BS
    BS
    ATS
    Router
    2.9-rasm. Mesh-tarmoqning umumlashtirilgan topologiyasi.
    Mesh-tarmoqlar klasterlar majmuyi sifatida quriladi. Qamrab 
    olish hududi klaster zonalariga bo‘linadi, ularning soni nazariy 
    jihatdan cheklanmagan. Bitta klasterda 8 dan 16 tagacha ulanish 
    nuqtalari mavjud bo‘ladi. Bunday nuqtalardan biri tugun 
    (gateway) hisoblanadi va magistral axborot kanaliga kabel (optik 
    yoki elektr) orqali yoki radiokanal (keng polosali ulanishdan 
    foydalaniladigan) bo‘yicha ulanadi.
    Klasterdagi boshqa ulanish nuqtalari (nodes) kabi tugun ula-
    nish nuqtalari transport radiokanali bo‘yicha o‘zaro (yaqindagi 
    bilan) ulanadi. Aniq bir yechimga bog‘liq ravishda ulanish nuq-
    talari retranslator funksiyasini (transport kanali) yoki retrans-
    lator va abonentlar ulanish nuqtasi funksiyalarini bajarishi 
    mumkin.
    Mesh-tarmoqlarning o‘ziga xos xususiyati har bir ulanish 
    nuqtasiga transport kanalining holati nazorat qilinadigan va 
    qo‘shni nuqtalar orasida optimal marshrut bo‘yicha trafikni 


    65
    dinamik marshrutlashtirish qo‘llanadigan tarmoq abonentlari 
    jadvalini yaratishga imkon beradigan maxsus protokollardan 
    foydalanish hisoblanadi. Ulardan biri ishdan chiqqanida trafikning 
    boshqa marshrut bo‘yicha avtomatik qayta yo‘naltirilishi bo‘lib 
    o‘tadi, bu trafikning nafaqat manzilga yetkazilishi, balki minimal 
    vaqtda yetkazilishini kafolatlaydi. Klaster chegaralarida tarmoqni 
    kengaytirish jarayoni mavjud tarmoqlarga integratsiyalanishi 
    avtomatik bo‘lib o‘tadigan yangi ulanish nuqtalarining o‘rnatilishi 
    bilan cheklanadi. Tarmoq ham tarmoqning ichidagi, ham uning 
    chegaralaridagi trafikning keskin ortishi sharoitlarida qayta 
    tiklanish va moslashish qobiliyatiga ega.
    Bunday tarmoqlarning kamchiligi shundan iboratki, ular 
    oraliq punktlarni ma’lumotlarni uzatish uchun ishlatadi. Bu 
    ma’lumotlarni qayta uzatishda kechikishlarni va demak, real 
    vaqt trafigining (masalan, nutq yoki videoning) sifati pasayishini 
    keltirib chiqaradi.
    Shu tufayli bitta klasterdagi ulanish nuqtalari soniga 
    cheklashlar mavjud.
    Hozirgi vaqtda 802.11 standartida Hand-over ning ishlatilishi 
    bo‘yicha qat’iy spetsifikatsiyalar mavjud emas. Lekin bunday 
    o‘tishni ta’minlash uchun maxsus efirni skanerlash va ulanish 
    protseduralari ko‘zda tutilgan. Wi-Fi tarmoqlarida Hand-
    over ning ishlatilishi turli usullarda, Radius protokoli asosida 
    yoki mijoz qo‘shni ulanish nuqtasi xizmat ko‘rsatish zonasiga 
    o‘tganida «tunnel»ni tashkil etadigan intellektual simsiz 
    kontroller boshqaruvi ostida amalga oshirilishi mumkin. 802.11k 
    spetsifikatsiyada mijoz qurilmasiga joriy bog‘lanish uzilishidan 
    oldin ulanish kerak bo‘lgan ulanish nuqtasini tanlashga imkon 
    beradigan protseduralar tavsiflangan.
    802.11k boshqarish mexanizmlari qo‘llanadigan bu qurilma 
    abonentlar qurilmasini yangi ulanish nuqtasiga 50 ms dan ortiq 
    bo‘lmagan vaqtda qayta ulanishini ta’minlaydi. Bunday juda 


    66
    kichik kechikish foydalanuvchiga sezilmaydi, chunki u insonning 
    qabul qilishi bo‘sag‘asidan bir necha martaga kichik.
    Mesh-tarmoqlarni qurishning asosiy masalalaridan biri 
    abonentning shaxsiy «yagona» tarmoq raqamini o‘zgartirmasdan 
    mobil va qayd etilgan aloqa xizmatlarining to‘liq spektrini taqdim 
    etishdan iborat. Bu holda asosiy masalalardan biri abonent uchun 
    turli tarmoqlarda ma’qul narxlarga ega bo‘lgan ko‘rsatiladigan 
    xizmatlarning sifati yo‘qotilmasdan tarmoqlararo roumingni 
    tashkil etish hisoblanadi. Bunda muhim rolni QoS va xizmatlar 
    foydalanuvchisi va tarmoq orasidagi SLA kelishuvi o‘ynaydi.
    Klasterlar to‘plamidan iborat bo‘lgan shahar tarmog‘i che-
    garalarida mijozning klasterdan klasterga o‘tishidagi rouming 
    muammosi ESSID, WEP/802.1x vaVPN mexanizmlari yordamida 
    hal etiladi.
    Erkin harakatlanadigan mijoz virtual IP-kanallar tashkil 
    etiladigan IP-manzil bo‘yicha identifikatsiyalanadi. Keyinchalik 
    802.11s spetsifikatsiyada tarmoqlarni, shu jumladan, har tur-
    lardagi tarmoqlarni birlashtirish jarayoni tavsiflanadi. Yirik 
    802.11s tarmoqlarining yaratilishi turli shaharlarda qurilgan 
    Wi-Fi tarmoqlar orasida o‘tish muammosini yo‘qo tishga imkon 
    beradi.
    Multiservislikni ta’minlash mijoz uchun telekommunikatsion 
    xizmatlarning to‘liq spektrini tashkil etishni ko‘zda tutadi. 
    IEEE 802.11e standarti amaldagi 802.11a/b/g standartlari bilan 
    to‘liq moslashuvchanlik saqlanganida real vaqt rejimida oqimli 
    ma’lumotlarga xizmat ko‘rsatish hisobiga funksionallikni 
    kengaytirishga, shuningdek, QoS kafolatlangan xizmatlar sifatini 
    taqdim etishga imkon beradi. Mexanizm trafikni ustuvor lash-
    tirish usullariga asoslangan va foydalanuvchilar guruhlari va 
    tarmoq trafigi turlari bo‘yicha o‘tkazish polosasi nazoratini 
    tashkil etishni ko‘zda tutadi. Mesh-tarmoqlar xavfsizligi 
    masalalari juda dolzarb hisoblanadi.


    67
    Mesh-tarmoqlar o‘zi qayta tiklanadigan tarmoq hisoblanadi. 
    Tarmoq hatto unda yaroqsiz tugun bo‘lganida yoki ulanish 
    yo‘qotilganida ishlay oladi. Tarmoqning bunday tashkil etilishi 
    natijasida juda ishonchli tarmoq infratuzilmasi olinadi. Bu 
    tushuncha mos simsiz tarmoqlarga, simli tarmoqlarga va 
    dasturiy ta’minot darajasidagi o‘zaro ta’sirlashishga qo‘llanilsa 
    bo‘ladi.
    Mesh bu tarmoqning maqomi bo‘yicha teng huquqli uncha 
    qimmat bo‘lmagan tugunlariga bu tarmoqning boshqa tugunlari 
    bilan ikki tomonlama aloqa qilishga va paketlarning o‘tishi uchun 
    optimal yo‘lni avtomatik tanlashga imkon beradigan tarmoq 
    texnologiyasi hisoblanadi. Bunday imkoniyat birgalikda ulanish 
    uchun ishlatiladigan mavjud tarmoq tuzilmasini bir vaqtda 
    uning imkoniyatlari oshirilishi bilan samarali kengaytirishga 
    va oddiy simsiz tarmoqlarga o‘ziga xos bo‘lgan simsiz mijozlar 
    sonining ortishiga bog‘liq bo‘lgan o‘tkazish qobiliyati bo‘yicha 
    cheklashlarni sezilarli kengaytirishga imkon beradi.
    Mesh bu ko‘p sonli lokal qabullagichlar-uzatkichlar (ya’ni 
    simsiz yacheyka) orasidagi simsiz qo‘shma infratuzilma 
    hisoblanadi. Bu katta simsiz tarmoqlarni qurish uchun qo‘shma 
    simsiz konsepsiya 1995-yilda Massive Array Cellular System / 
    Ko‘plab Yacheykali Tizimlar Massivi (MACS) Kanada patenti 
    orqali patentlashtirilgan.
    Mesh tarmoqlari o‘ta ishonchli, chunki har bir tugun bir 
    vaqtda bir necha tugunlar bilan bog‘langan. Agar tugunlardan 
    biri rad etilsa yoki istalgan boshqa sababga ko‘ra tarmoqdan 
    chiqsa, u holda qo‘shni tugunlar oddiy boshqa marshrutni topadi. 
    Bir vaqtda tarmoqning ishonchliligi va rad etishlarga barqarorligi 
    oshirilishi bilan yangi hududlarni qamrab olishni oddiy yangi 
    tugunlarni qo‘shish bilan tashkil etish mumkin. Bu yechim borish 
    qiyin bo‘lgan joylarda (avariya vaziyatlari, tunnellar va neft 
    platformalari, harbiy amaliyotlar) aloqani tashkil etish va operativ 


    68
    qurish uchun ideal to‘g‘ri keladi va real vaqt rejimida oqimli 
    ma’lumotlarni (masalan, video ilovalar, ovozli kommunikatsiyalar, 
    poyga avto mobili uchun telemetriya ma’lumotlari) uzatishga 
    imkon beradigan yuqori tezlikli mobil ulanishni ta’minlay oladi.
    Tarmoqning asosini ko‘chada joylashtiriladigan va standart 
    Wi-Fi-qurilmali abonentlarning ulanishi ta’minlanadigan axborot 
    qamrab olish zonasini tashkil etadigan tugun va abonentlar 
    ulanish nuqtalari tashkil etadi. Ulanish nuqtalari qo‘shimcha 
    ravishda shahardagi ko‘cha harakatini boshqarish va joriy holat 
    haqidagi video ma’lumotlarni to‘plash uchun ishlatilishi mumkin. 
    Binolar ichida joylashgan foydalanuvchilarning ulanishi Wi-Fi 
    standarti kichik quvvatli ulanish nuqtalari yordamida amalga 
    oshiriladi.
    Avtomobillarda ishlatish uchun mo‘ljallangan mobil ulanish 
    nuqtalari qiziqish uyg‘otadi. Bu qurilmalarning o‘rnatilishi 
    nafaqat ularning nuqtalari orasidagi masofani 800÷1200 metr-
    largacha uzaytiradi, balki quyidagilar kabi turli servislarni 
    ishlatadigan Mesh-tarmoqlarni tashkil etishga imkon beradi:
    – megapolis (yirik shahar) chegaralarida o‘ta maksimal 
    soatlarda turli xil trafiklarning katta hajmlarining o‘tkazilishini 
    ta’minlaydigan o‘zi tashkil bo‘ladigan rad etishlarga barqaror 
    Mesh-tarmoq;
    – 802,1 1b/g standart Wi-Fi-adapterli abonentlar uchun 
    avto mobil atrofida 300 metrlar radiusda axborot qamrovini 
    amalga oshiradigan tarmoq, bu haydovchilar va bunday tarmoq 
    chegaralarida bo‘lgan abonentlar uchun abonent ulanish muam-
    mosini yechishga imkon beradi;
    – ulanish nuqtasiga o‘rnatilgan GPS-qabullagichdan foy dala-
    nilganida avtomobilning holatini doimiy nazorat qilish funk-
    siyasini bajaradigan servis;
    – qator boshqa maxsuslashtirilgan servislar, masalan, atrof-
    muhitni, iqlim sharoitlari va boshqalarni monitoring qilish.


    69
    Mobil ulanish nuqtalarining qo‘llanilishi qamrab olish 
    zonasini operativ kengaytirishga yoki shaharning turli qismlarida 
    avtomobillarning jamlanishi hisobiga axborot sig‘imini oshirishga 
    imkon beradi. Bundan tashqari, o‘zi tashkil bo‘ladigan Mesh-
    tarmoqlar minimal vaqt oralig‘i mobaynida Mesh-nuqtalar bilan 
    jihozlangan avtomobillar jamlanishini aniqlashga, Wi-Fi zonani 
    yaratishga imkon beradi.
    Hozirgi vaqtda ham tashqarida, ham ichkarida joylashtirish 
    uchun Mesh-qurilmalar chiqarilmoqda. Wi-Fi standarti yangi 
    spetsifikatsiyalarining (ayniqsa, 802.11n) joriy etilishi ma’lu-
    motlarni uzatish tezligining sezilarli oshirilishini ta’min laydi, bu 
    standartning kamchiliklarini (tarmoqning yuqori yuklanishida 
    eng katta darajada namoyon bo‘ladigan ulanish kolliziyalari) 
    to‘liq darajada kompensatsiyalashi mumkin.
    Bunday turlardagi tizimlarning installatsiyalash muammolari 
    chastotalarni rejalashtirishning klassik masalalariga bog‘liq. 
    Bunday sinfdagi tarmoqlarning tez moslashuvchan ishlashini 
    ta’minlash uchun tarmoqning joriy holatiga bog‘liq ravishda 
    tashuvchi chastotalarni dinamik tayinlanishidan foydalanish 
    zarur. Aralash tugunlarning chastotalari turlicha bo‘lishi kerak, 
    aks holda kolliziyalar, tarmoq uzatish xarakteristikalarining 
    buzilishi, sinxronlashtirish va marshrutlashtirishning izdan chi-
    qishi, qayta qabul qilishlar sonining ortishi va yakuniy hisobda 
    tarmoqning shtatdagi ishlash rejimidan chiqishi bo‘lishi mumkin.
    Favqulodda vaziyatlarda bunday tarmoqlarning yashovchanligi 
    dinamik qayta konfiguratsiyalashtirish va trafikni qayta mar - 
    sh rutlashtirish hisobiga, shuningdek, tarmoqning ichidagi trafik 
    uchun ko‘p sonli chetlab o‘tish va zaxira yo‘llarining mavjudligi 
    tufayli yetarlicha yuqori bo‘ladi. Bunday tarmoqning har bir tuguni 
    ikki yoki undan ortiqqa teng bo‘lgan bog‘langanlikka ega bo‘-
    ladi, bu butun tarmoq tuzilmasining rad etish barqarorligini oshi- 
    rishga va qo‘yilgan masalalarni operativ yechishga imkon beradi.


    70
    Bu texnologiyaning yuqori potensialini shartlaydigan Wireless 
    Mesh-tarmoqlarning muhim tomoni mobil foydalanuvchilarga 
    keng polosali xizmatlarni tez va arzon taqdim etish imkoniyati 
    hisoblanadi. Mesh-tarmoqlarni qurish narxi an’anaviy simli 
    tarmoqlar narxidan sezilarli kam bo‘lishi mumkin, chunki buning 
    uchun qimmat turadigan infratuzilmaning bo‘lishi va kabellarni 
    yotqizish talab qilinmaydi. Mesh-tarmoqlarga ulanish modemlar 
    yordamida amalga oshiriladi.

    Download 8,99 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   44




    Download 8,99 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Mesh tarmog‘i modemlarining qo‘llanilish

    Download 8,99 Mb.
    Pdf ko'rish