• Wi-Fi tarmog‘i tuzilishi.
  • Wi-MAX tarmog‘i.
  •  WiMAX tarmog‘ining arxitekturasi




    Download 8,99 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet26/44
    Sana09.01.2024
    Hajmi8,99 Mb.
    #132974
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   44
    Bog'liq
    abonent kirish tarmoqlari

    2.2. WiMAX tarmog‘ining arxitekturasi.
    WiMAX tarmog‘ining qurilish tamoyillari.
    WiMAX texnologiyasining xizmat tarmoqlari
    Keng polosali kirish tarmoqlarining rivojlanishida simsiz 
    tarmoq texnologiyalari alohida o‘rin tutadi. Hozirgi kunda 
    telekommunikatsiya xizmatlari foydalanuvchilari nafaqat uyda, 
    balki ish joylarida, ko‘chada, restoran va kafelarda o‘zlariga qulay 
    aloqa vositalari orqali simsiz tarmoqlarga ulanishlari mumkin. 
    Oxirgi yillarda Wi-Fi va Wi-MAX tarmoqlarining keng tashkil 
    etilishi yuqori tezliklarda Internetga, axborot manbalariga kirish, 
    tarmoq orqali tez va oson ma’lumot almashish imkonini yaratdi. 
    Bu texnologiyalar keng polosali tarmoqlar tashkil etishning eng 
    qulay usuli hisoblanib, ko‘plab foydalanuvchilarga bir vaqtda 
    telekommunikatsiya xizmatlarini ta’minlaydi.


    56
    Bugungi kunda Wi-Fi (Wireless Fidelity) va Wi-MAX texnolo-
    giyalari asosida kirish tarmoqlarini qurishga va kengaytirishga 
    respublikamizda ham e’tibor berilmoqda. Ta’lim muassasalari
    aholi madaniy dam olish maskanlarida bunday texnologiyalar 
    asosiy Internet xizmatlarini taqdim etish yo‘lga qo‘yilmoqda. 
    Ushbu texnologiyalarning imkoniyatlarini ko‘rib chiqamiz.
    Wi-Fi texnologiyasi. 802.11 standartini qo‘llovchi simsiz 
    lokal tarmoq qurilmalar ishlab chiqaruvchilarining qurilmalarini 
    birgalikda ishlashini ta’minlash maqsadida Wi-Fi texnologiyasi 
    ishlab chiqilgan. Wi-Fi texnologiyasi hozirgi kunda uy, ofis va 
    tashkilotlar tarmoqlari sifatida keng tarqalgan.
    Wi-Fi texnologiyasi tarmoqqa ulanish nuqtalari yoki 
    marshrutizatorlari orqali bino ichida 50–100 m va ochiq joylarda 
    150 m radiusgacha bo‘lgan masofalarda lokal tarmoqqa ulanish 
    imkonini beradi. Dastlab ma’lumot uzatish tezligi 54 Mbit/s 
    bo‘lgan, bugungi kunda o‘rtacha 100 Mbit/s atrofida ma’lumot 
    uzatishni ta’minlaydi.
    Wi-Fi tarmoqlarini qurish lokal tarmoqlar tashkil etishning 
    eng arzon va oson varianti bo‘lib, uy va ofis tarmoqlarida kabel 
    o‘tkazish xarajatlarini kamaytiradi. Shuningdek, kabel joylashtirish
    2.3-rasm. Wi-Fi tarmog‘i tuzilishi.


    57
    imkoni bo‘lmagan joylarda, turli dam olish va istirohat 
    maskanlarida ham Wi-Fi tarmoqlari orqali aloqa tashkil etish 
    mumkin. Noutbuk, PDA bilan bir qatorda ko‘pchilik uyali aloqa 
    vositalari ham Wi-Fi ga ulanishni ta’minlaydi. Shuningdek, Wi-
    Fi tarmoqlarida rouming xizmati mavjud bo‘lib, bitta ulanish 
    nuqtasidan ikkinchisiga o‘tganda tarmoqda ma’lumot uzatish 
    ta’minlanadi. Shu sababli Wi-Fi hozirgi kunda dunyoda keng 
    ommalashib borayotgan tarmoqlardan biri hisoblanadi.
    Wi-MAX texnologiyasi. IEEE 802.16 standartiga asoslangan 
    Wi-MAX texnologiyasi hozirda keng tarqalgan hududiy tarmoq 
    texnologiyasi hisoblanadi. Wi-MAX yordamida kichik qishloqlar, 
    uzoq regionlarda informatsion hamda kommunikatsion texnolo-
    giyalarni rivojlantirish (ko‘pgina chekka hududlarda telefon 
    hamda kabel tarmoqlarning umuman mavjud emasligini hisobga 
    olgan holda) mumkin.
    Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Wi-MAX texnologiyasini
    nafaqat «so‘nggi milya» muammolarini hal etishda, balki regional 
    tarmoqlar (ofis hamda rayonlar) ni bir-biri bilan bog‘lashda ham 
    bemalol qo‘llash mumkin. Keng polosali Internet xizmatlarini 
    ta’minlashda hozirda simsiz tarmoqlarning eng yaxshi yechimi 
    hisoblanadi. 
    Wi-MAX tarmoqlari strukturasi odatiy mobil aloqa tarmoq-
    lariga o‘xshab ketadi. Bu yerda ham baza stansiyalari 50 km 
    («mesh» rejimida) radiusda xizmat ko‘rsata oladi.
    Alohida ustuvorliklarga ega bo‘lgan IEEE 802.16e (Mobile Wi-
    MAX) standarti harakatdagi foydalanuvchilar uchun keng polosali 
    «mobil» xizmatlarni ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan. Ushbu 
    standartda maksimal ma’lumot uzatish tezligi 5 MHz chastota 
    polosasida bugungi kunda o‘rtacha 100 Mbit/s ni tashkil etadi, 
    aloqa masofasi – 5–10 km.ga teng. Mobile Wi-MAX standarti BS 
    va AQ orasida bog‘lanishda mobillik (harakatchanlik) jihatdan 
    ayniqsa takomillashgan hisoblanib, shuningdek: avvalgi barcha 


    58
    standartlarning imkoniyatlarini ham o‘z ichiga oladi va quyidagi 
    rejimlarda ishlaydi:
    Fiksatsiyalangan aloqali (bir joydan qo‘zg‘almay yoki 
    • 
    stat sionar holatda) ulanish (ingl. Fixed Wi-MAX);
    Seansli ulanish (ingl. 
    • 
    Nomadic Wi-MAX);
    Ko‘chma yoki siljish rejimidagi ulanish (ingl. 
    • 
    Portable Wi-
    MAX);
    Mobil ulanish (ingl. 
    • 
    Mobile Wi-MAX).
    Wi-MAX tizimlarida avval magistral liniyalarni tashkil etish 
    uchun 10–66 MHz chastota diapazonidan foydalanish ko‘zda 
    tutilgan, hozirgi foydalaniladigan versiyalarida esa 2 dan 11 MHz 
    chastota diapazonida 3,5; 5; 7,5; 8,75 va 10 MHz kanal kengligida 
    ishlaydi. Bunda ±10
    –6 
    chegarada chastota barqarorligini ta’min lash 
    zarur. Tarmoq baza stansiyalari binolar tomlarida yoki machtalarda 
    Xizmatlarni 
    yetkazib 
    beruvchi tarmoq
    Magistral 
    Internet
    Wi-MAX 802.16 
    uzatgichi
    To‘g‘ridan to‘g‘ri 
    uzatish zonasi
    To‘g‘ridan to‘g‘ri 
    uzatish zonasi
    Xonadon 
    lokal tarmog‘i
    2.4-rasm. Wi-MAX tarmog‘i.


    59
    Foydalanuvchi
    Foydalanuvchi
    Foydalanuvchi
    IP-tarmog‘i
    Elektr 
    ta’minoti
    2.5-rasm. «Nuqta-ko‘p nuqta» rejimida Wi-MAX 

    Download 8,99 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   44




    Download 8,99 Mb.
    Pdf ko'rish