86
kengaytirish uchun ishlatiladi. Wi-Fi
simsiz lokal tarmoqlar
simli lokal tarmoqlarga ulanadi. Bu holda Access Point lokal
tar moqning simli va simsiz segmentlari orasida ko‘prik (Access
Point Bridge) sifatida qo‘llaniladi. Lokal tarmoq sxemasiga misol
2.19-rasmda tasvirlangan.
Tasvirlangan tarmoqda KPK, noutbuk va printer Wi-Fi- adap-
terlar bilan jihozlangan va to‘rtta SHKlardan
iborat simli lokal
tarmoqqa ulangan simsiz ulanish nuqtasiga ulanadi. Shunday
qilib, Access Point tarmoqning
simli va simsiz qurilmalari
orasida ko‘prik sifatida ishlatiladi, bu bilan LAN imkoniyatlarini
kengaytirishga erishiladi.
Noutbuk
kommutator
SHK
SHK
SHK
SHK
Printer
Simsiz ulanish
nuqtasi
KPK
2.19-rasm. Lokal tarmoq sxemasiga misol.
87
Point-to-point simsiz ko‘prik
Access Pointni tarmoqning simli segmentlari orasida point-
to-point simsiz ko‘prik sifatida qo‘llanilishi bitta simsiz ulanish
nuqtasiga simsiz ko‘prik rejimini qo‘llaydigan
boshqa ulanish
nuqtasi bilan ma’lumotlarni almashlashga imkon beradi.
Shunday qilib, lokal tarmoqning ikkita segmenti yoki ikkita
lokal tarmoq bir-birlari bilan ikkita ulanish nuqtalari yordamida
ulanadi.
Bundan
tashqari, ulanish nuqtasi bazaviy ulanish nuqtasi
signali simsiz retranslatori (repiteri) sifatida ishlatilishi mum kin,
bu bilan signalning takrorlanishi hisobiga qamrab olish zonasini
kengaytiradi (2.21-rasm).
SHK
SHK
SHK
kommutator
Access
Point
Access
Point
kommutator
SHK
2.20-rasm. Point-to-point simsiz ko‘prigi.