97
Yangi litsenziyalangan diapazonlar, masalan, 700 MHz
Wi-Fi uchun emas, balki WiMAX uchun qo‘llanilishi mumkin.
WiMAX yanada ommalashadi, chunki u bu chastotada ishlaydi,
shu bilan bir vaqtda Wi-Fi shu sababli o‘z ommaviyligini
yo‘qotadi.
Asosiy ma’lumotlar:
1. «WiMAX» «Mikroto‘lqinli ulanish orqali butun dunyo
o‘zaro ta’sirlashishi»ni bildiradi, «Wi-Fi» esa «Wireless Fidelity»
sifatida yoyiladi.
2. WiMAX katta masofalarda simsiz keng polosali aloqani
ta’minlaydi, Wi-Fi esa, asosan, ofis yoki uy chegaralaridagi yaqin
simsiz keng polosali aloqani ta’minlaydi.
3. WiMAX nazorat qilinadi va litsenziyalangan diapazonni
talab qiladi. Wi-Fi kam nazorat qilinadigan sharoitlarda
ishlashi mumkin, u litsenziyalanmaydigan diapazonlarda
ishlaydi. Bundan tashqari, oxirgi foydalanuvchilar qurilmalarni
sotib olishi kerak.
4. WiMAX bog‘lanishga mo‘ljallangan MAC-protokolni,
Wi-Fi esa CSMA/CA protokol yoki bog‘lanish asosidagi aloqani
ishlatadi.