23
SU
OLD
ODF
Solitter
ONU
Splitter moduli
Yerosti shaxtasi
OSP-4
1.14-rasm. Ko‘p qavatli uyda tolali-optik kabelni (FTTH) joylashtirish.
1.3. Abonent kirish tarmog‘iga PON texnologiyasini qo‘llash
Internet tarmog‘ining rivojlanishi
hamda yangi aloqa xiz-
mat larining paydo bo‘lishi, tarmoq bo‘yicha uzatilayotgan
ma’lumotlar oqimining oshishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun
operatorlar transport tarmog‘ining o‘tkazuvchanlik
qobiliyatini
oshirish yo‘llarini qidirishga majbur bo‘ladi. Buning yechimini
tanlashda foydalanuvchilarning har xil axborotni uzatishini,
tarmoq rivojlanishi uchun potensialni
va tejamkorlikni hisobga
olish zarur. Bularni e’tiborga olib, yechim bo‘la oladigan
texnologiya sifatida passiv optik tarmoqni (PON) olish mumkin.
PON ning taqsimlovchi kirish tarmog‘i tugunlarda passiv optik
tarmoqlagich bilan daraxtsimon tolali
kabelli arxitekturaga
asoslangan. Shuning uchun eng tejamkor hisoblash va har xil
takliflarni keng polosali uzatishni ta’minlashga qodir deyish
mumkin. Bu holda PON arxitekturasi
hozirgi va kelajakdagi
24
foydalanuvchining iste’molchilik talablariga bog‘liq, ham tarmoq
tugunlarini, ham o‘tkazuvchan qobiliyatini kerakli samara bilan
oshirishga ega.
XDSL (1 Mbit/s), WiFi (50 Mbit/s), WiMax (50–75 Mbit/s),
HFS (o‘tkazuvchan qobiliyati cheklangan) texnologiyalardagi
kamchilikni OTAL yotqizish bilan erishish mumkin. Demak,
tarmoq yangi takliflar bilan ishlash
qobiliyatini yaratish va
uzatish tezligini oshirish uchun OTAL yotqizish kerak ekan. Bu
yechim eski kabellarni yangilash va yangi kirish tarmoqlarini
qurish uchun qulaydir.
PON texnologiyasining asosiy afzalliklari:
– oraliq aktiv tugunlarning yo‘qligi;
– markaziy tugunda optik uzatgich va qabul qilgichlarning
tejalishi;
–
tolaning tejalishi;
– yangi abonentlarni ulashning yengilligi va xizmat ko‘rsa-
tishning qulayligi.
Asosiy kamchiliklari: murakkabligi va oddiy daraxt topolo-
giyasida zaxiralashning yo‘qligi.
PON ning 3 turi mavjud:
– ATM PON (APON) ATM texnologiyasiga asosan mul-
tiservis xizmatlarining transportini ta’minlaydi;
– EPON PON daraxtining
ichida Ethernet kadrlari
tarqalishini tashkil etadi;
– GPON – gigabitli PON.
PON texnologiyalarining solishtirma tahlili 1.1-jadvalda
keltirilgan. 1.1-jadvalda har bir PON texnologiyasining uzatish
tezligi, asosiy protokoli, qo‘llanilgan
liniyaviy kodi, tarmoqning
maksimal radiusi, bitta toladagi abonent tugunlarining maksimal
soni, oqimning to‘lqin uzunligi va hokazolar keltirilgan. Bu
jadval asosida solishtirishlarda uchala texnologiyaning bir-biridan
farqlari hamda afzalliklarini ko‘ramiz.