|
A. M. Eshmuradov, D. T. Normatova abonent kirish tarmoqlariBog'liq abonent kirish tarmoqlariulashdagi uchta vaziyat.
– abonent kirish tarmoqlarini qurish bilan bog‘liq xarajat-
larning operatorga tegishli qismi keng doirada o‘zgaradi va u
bir qator sabablar bilan belgilanadi. Buning isbotini yuqorida
keltirilgan vaziyatlar isbotlaydi. Zamonaviy infokommunikatsion
tizimlar juda yuqori ishonchlilikka ega bo‘lishi lozim. Bu talablar
infokommunikatsion tizimlar hamma elementlarining juda
past rad etishlar ehtimolligida ta’minlanishi mumkin. Xalqaro
standartlashtirish tashkilotining ma’lumoti bo‘yicha (1.4-rasm)
UFTfTda raddiyalar sabablarining taqsimlanishi keltirilgan.
1.4-rasmdan abonentlarning taxminan choragi abonent
liniyasining ishonchsizligidan shikoyat qilganligini ko‘rsatadi.
Bundan tashqari, to‘sqinlarning katta qismi abonent kirish
tarmoq larida ro‘y beradi. Demak, operator abonent kirish tarmoq-
larida axborot almashinish ishonchliligini oshirishga va sifatiga
e’tibor berishi lozim.
11
«Stansiya javobi» va
«Chaqiriq» signallarining
yo‘qligi
To‘sqinlar
48%
12%
16%
24%
Avariya signallari
ALning uzilishi
1.4-rasm. UFTfTda xizmat ko‘rsatishga raddiyalar sabablarining
taqsimlanishi.
Foydalanayotgan abonent kirish tarmoqlari aloqa liniyalarining
to‘plamidir, shuning uchun ALlarining va abonent kirish
tarmoqlarining foydali ish koeffitsiyenti bog‘lovchi liniyalarga
nisbatan ancha kamdir. Ya’ni abonent kirish tarmoqlarini
yaratishga sarf-xarajatlar kam samaralidir.
Bu mulohazalar asosida ekspluatatsiyalayotgan abonent kirish
tarmoqlarining yana ikkita xossasini shakllantirish mumkin:
– abonent kirish tarmoqlariga axborot almashinish ishonch-
liligi va sifati ko‘rsatkichlarining pastligi o‘ziga xosdir;
– abonent kirish tarmoqlarining foydali ish koeffitsiyenti juda
kamligi (o‘tkazilayotgan trafik intensivligi) texnik vositalardan
foydalanish samarasining pastligiga olib keladi.
Ekspluatatsiyalayotgan abonent kirish tarmoqlarining yuqo-
rida ko‘rilgan o‘ziga xos xususiyatlari, ulardan foydalanishdagi
muam molarni hal etish uchun abonent kirish tarmoqlarini
modernizatsiyalash dolzarb masala bo‘lib qoladi.
Abonent kirish tarmoqlarini modernizatsiyalashda struktu-
raviy va texnologik jihatlarni hisobga olish zarur.
|
| |