Abbosov M. Mustaqil Ish




Download 235,47 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana21.05.2024
Hajmi235,47 Kb.
#248400
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Abbosov M. Mustaqil Ish

Ekologik
ekspertiza
munosabatlarida
ekologik
qonunlar,
qoidalar,
printsiplarga asoslanishi
Ekologik ekspertiza boshqarish tizimining tarmoq yo’nalishi sifatida mamlakat va
uning regionlari va hududlarida xo’jalik kompleksi yangiliklarining (shu jumladan
tabiatni o’zgartirish loyixalarining ham) inson yashash muhiti, tabiiy resurslar va
odamlar salomatligiga ta’sirni baholash bilan shug’ullanadi. Bunda ekologik
ekspertiza ekologiyaning qonunlari, qoidalari va printsiplariga asoslanadi, ularning


amalga oshirilayotgan loyixalarga ta’siri extimolini tekshiradi va xo’jalik
tadbirlarining ushbu fundamental qoidalarga mos kelishini aniqlaydi.
Ekologik ekspertiza munosabatlarida ta’siri har tomonlama hisobga olinishi zarur
bo’lgan ekologiya qonunlari, qoidalari, printsiplari ko’p sonli bo’lib, ularni
strukturasi, funktsiyasi, evoltsiyasi tizimlararo o’rni, empirik oqibatiga ko’ra
guruxlarga bo’lish mumkin. Masalan, strukturasiga ko’ra 10 ta ekologik qonun, 4ta
qoida, 2 ta printsip, funktsiyasiga ko’ra 14 ta ekologik qonun, 7 ta qoida, 5 ta
printsip, evoltsiyasi bo’yicha 9 ta ekologik qonun, 2 ta qoida, 5 ta printsip,
tizimlararo o’rniga ko’ra 8 ta qonun, 5 ta qoida, empirik oqibatiga ko’ra 1 ta
ekologik qonun, 7 ta qoida, 6 ta printsip borligi aniqlangan (Reymers N.F., 1990)
Ularning umumiy soni quyidagicha: qonunlar-42 qoidalar-25, printsiplar-13.
Ularning ta’rifi, ta’siri xususiyatlari, ulardan foydalanishning asosiy yo’nalishlari
maxsus ekologiya entsiklopediyalari, lug’at va ma’lumotnomalar, o’quv
adabiyotlarida va ilmiy asarlarda batafsil bayon qilingan. SHu sababdan biz eng
muhim ekologiya qonunlari, qoidalari, printsiplarining ayrimlariga namunaviy
misol tariqasida qisqacha ta’rif berish bilan cheklanamiz. Bunday yondashuv
o’quvchilarda ma’lum tushuncha va tasavvur paydo bo’lishga yordam beradi.
Ekologik qonunlar orasida funktsional qonunlar qatoriga kiradigan ichki dinamik
muvozanat qonuni muhim o’rinni egallaydi.
Ichki denamik muvozanat qonuniga ko’ra ayrim tabiiy tizimlar va ularning
ierarxiyasining (bosqichlari) moddalari, energiyasi, axborati, dinamik sifati
shunday o’zaro bog’langanki, ularning birortasida sodir bo’ladigan har qanday
o’zgarish tizimning ichki muvozanatiga ta’sir qiladi, uning modda-energetik,


axborat, dinamik sifatining yig’indisida va funktsional strukturasida miqdor va
sifat o’zgarishlarining sodir bo’lishiga olib keladi. Bunday o’zgarishlar esa ushbu
jarayonlar sodir bo’layotgan hududlar va ularning ierarxiyasiga ham deyarli bir xil
va baravar darajada ta’sir ko’rsatadi.
Ushbu ekologik qonun ta’sirining ekologik ekspertiza faoliyatida hisobga olinishi
zarur bo’lgan empirik (amaliy) oqibatlari quyidagilar bilan xarakterlanadi:
1.
Tabiiy muhitning har qanday o’zgarishi (ekotizimlarning modda,
energiya,
informatsiya,
dinamik
sifati)
muqarrar
tabiiy
zanjir
reaktsiyalarining rivojlanishiga olib keladi, ular esa o’z navbatida amalga
oshirilgan o’zgarishlarni neytralizatsiyalash (ta’sirsizlantirish) yoki yangi
tabiiy tizimlarni shakllantirish tomoniga yo’naladi va tabiiy muhitning
sezilarli qaytmas xarakterdagi o’zgarishiga olib keladi.
2.
Ekologik komponentlar (energiya, gaz, suyuqliklar, substratlar
(oziqlantiruvchi muhit), produtsent (o’simliklar), konsument (xayvonlar),
redutsentlar (mikroorganizmlar), tabiiy tizimlarning axborot va dinamik
sifatlari miqdoriy jihatdan to’g’ri chiziqli emas, ya’ni bir ko’rsatkichning
o’zgarishi yoki kuchsiz ta’sir ko’rsatish oqibatida boshqalarida (va butun
tizimda) kuchli chetga chiqish, og’ish yuz berishi mumkin.
3.
Yirik ekotizimlarda amalga oshirilgan o’zgarishlar nisbatan
qaytmasdir. Ular ierarxiya bo’ylab pastdan balandga o’tib, - ta’sir ko’rsatish
joyidan butun biosferagacha - global jarayonlarni o’zgartiradi va shu asosda
ularni yangi evolyutsiya darajasiga ko’taradi.
4.
Tabiatni har qanday mahalliy o’zgartirishning global biosfera


miqyosidagi yig’indisida va uning eng yirik qismlarida (regionlarida) javob
reaktsiyasini qo’zg’aydi va ekologik-iqtisodiy salohiyatning nisbatan
o’zgarmasligiga olib keladi va uning ko’payishi tabiiy tizimlarning
termodinamik barqarorligi bilan cheklanadi.
Ko’plab ekologik qoidalar orasida «Tabiatni «qattiq» («qo’pol»;«dag’al»)
boshqarishning zanjirli (muqarrar) reaktsiyasi qoidasi» alohida o’rinni egallaydi.
«Qattiq», qoida tariqasida, tabiiy reaktsiyani keltirib chiqaradi va uzoq vaqt
oralig’ida ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan yo’l qo’yib bo’lmaydigan
oqibatlarga olib keladi. Bu qoidaning xarakati shu bilan bog’liqki, unda tabiiy
tizimlardagi xayotga qo’pol, «jarrohlik» aralashuvi ichki dinamik muvozanat
qonuni xarakatga keltiradi va tabiiy jarayonlarni qo’llab quvvatlash uchun
energetika xarajatlarini keskin ko’paytiradi. Bunda ekologiyaning optimallik
qonuni buziladi. SHu munosabat bilan «qattiq» boshqarishga asoslangan tadbirlar
majmuasi, masalan, cho’llarni o’zlashtirish, suv resurslarini qayta taqsimlash va
boshqalar zararni qoplash (kompensatsiya) uchun ko’p miqdorda xarajat qilishni
(sho’r yuvish, melioratsiya ,eroziyaga qarshi ko’rash) talab qiladi yoki tadbirlarni
g’oyat extiyotkorona va ketini o’ylab amalga oshirishni taqazo etadi.
Tabiiylik printsipi («eski avtombilh» printsipi) shunga asoslanadiki, tabiatni texnik
tizimlar orqali boshqarish vqt o’tishiga bog’liq ravishda toboro ko’proq mablag’
qo’yishni talab qiladi va oxir oqibatda ularni qo’llab quvvatlash noratsional (zarar
keltiruvchi) ahvolga o’tadi. SHu sababdan boshqarishning tabiiy («yumshoq»)
shakli texnik («qattiq») boshqarishdan samaraliroq bo’ladi. Tabiiy («yumshoq»)
boshqarish (ekologik balansni (nisbatni) bilvosita yo’naltiruvchi, tiklovchi


boshqarish), qoida taraqasida ,maqbul, maqsadga muvofiq tabiiy zanjir
reaktsiyasini qo’zg’ashga olib keladi. SHu sababdan u ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan
«qattiq» (texnogen) boshqarishdan afzaldir. Misol tariqasida maqsadga muvofiq
melioratsiya tadbirlari tizimini tabiatga mos yo’nalishlarda amalga oshirishni
ko’rsatish mumkin. Eski avtomobilni tahmirlash uchun ko’p mablag’ sarflash
kerakligi kabi texnogen («qattiq») boshqaruvdan ushbu xolat boshqa ko’rinishlarda
namoyon bo’ladi.

Download 235,47 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 235,47 Kb.
Pdf ko'rish