o’tkazish jarayonida yuzaga keladigan
ekologik-iqtisodiy munosabatlar
hisoblanadi. Bunda asosiy maqsad tabiat va jamiyat o’rtasidagi o’zaro aloqalarda
ayni bir vaqtda maqbul muvozanatni saqlab qolgan xolda iqtisodiyotni barqaror
rivojlantirish va tabiiy muhit xolatini yaxshilashga erishish muammolarining
optimal yechimini topishdan iborat.
Ekologik ekspertizada ekologik-iqtisodiy munosabatlar davlat (ixtisoslashgan
ekspert bo’linmalari) bilan ekologik ekspertiza buyurtmachisi o’rtasida tabiatdan
foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, chiqitlarni utilizatsiya (qayta ishlash), ishlab
chiqarish faoliyatini ekologizatsiyalash sohalarida sodir bo’ladi. Davlat ekologik
ekspertizasining sub’ekti sifatida uchta tomon ishtirok etadi: