etuvchi terminlar (tushunchalar) apparati;
7.
ekologik ekspertiza talablarini bajarish amaliyoti va tajribalari.
Ekologik ekspertiza fan sifatida ekologik ekspertizaning boshqaruv tizimidagi
tarmoq sifatidagi xususiyatlari to’g’risida bilimlar tizimidan, shuningdek ekologik
ekspertizaning ekologik ekspertiza to’g’risidagi o’quv fanidan tashkil topgan.
Ekologik
ekspertiza
o’quv
fani
sifatida quyidagi xususiyatlarga ega.
Ekolog-ekspert ixtisosligi bo’yicha mutaxassis yoki ekologik ekspertiza sohasida
ishlovchilar, ekologik ekspertiza xizmatidan foydalanuvchilar ushbu soha bo’yicha
o’quv dasturlarida belgilangan ma’lum xajmdagi maxsus bilimlarga ega bo’lishi
kerak. O’quv yurtlarini bitiruvchilarning minimum bilimlari ularning kelgusidagi
ish faoliyati xususiyatiga bog’liq xolda belgilanadi. Ushbu kurs bo’yicha dasturlar
ham shularni hisobga olib tuziladi. Ekologik ekspertizaning o’quv fani sifatida
mazmuni amalda ekologik ekspertizaning fan sifatidagi xususiyatlariga asosan mos
tushadi va ular bilan deyarli bir xil bo’ladi.
SHunday qilib «Ekologik ekspertiza» tushunchasi uch xil tarmoq, fan yoki o’quv
fani sifatida talqin etiladi.