Ekologik ekspertizada atrof muhitga ta’sirini baholash
Ekologik ekspertiza tabiatdan foydalanish sohasida qaror qabul qilishda ekologik
talablarni hisobga olishni nazorat qilishning majburiy protsedurasi (bajariladigan
ish tartibi) hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi ekspertizaga tavsiya qilingan
ob’ektning tabiatni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlik talablariga qanchalik
darajada mos tushishini tekshirish va baholashdan iborat. Ekspertizaning asosiy
natijasi texnik xatolarini aniqlash, ularning oqibatlarini ilmiy asosida baholash,
qaror qabul qiluvchi organga (tashkilotga) tavsiyalar berish, ekspertizaga berilgan
loyihalar va ob’ektlarni ro’yobga chiqarishning eng samarali shart-sharoitlarini
bashorat qilishga qaratilgan.
Ekologik ekspertiza atrof muhitga ta’sirini baholash (AMTB) protsedurasidan
keyin va unga asoslangan holda amalga oishiriladi. AMTB-tabiatdan foydalanish
sohasidagi qarorni tayyorlash va qabul qilishda ekologik talablarni hisobga olish
protsedurasidir. SHu nuqtai nazardan davlat ekologik ekspertizasi AMTBni
o’tkazish qoidalariga amal qilishni nazorat qilish shaklidir.
Atrof muhitga ta’sirni baholash (AMTB) xo’jalik va boshqa faoliyatni amalga
oshirishning jamiyat uchun nomaqbul, qabul qilib bo’lmaydigan, ehtimol
tutilayotgan salbiy ekologik va u bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa
oqibatlarini aniqlash, ulardan ogohlantirish, ularni bartaraf etishning ishonchli va
zarur tadbirlarini amalga oshirish maqsadlarida tashkil etiladi va o’tkaziladi.
Bir necha xil asoslovchi xujatlarni ishlab chiqishni o’z ichiga oladigan xo’jalik va
boshqa qarorlarni tayyorlashda atrof muhitga ta’sirini baholash (AMTB)
bosqichma-bosqich tayyorlanadi va ularda nazarda tutilayotgan faoliyatning atrof
muhitga ta’sirining turlari, manbalari, darajasi tafsilotlari aniqlanadi.
AMTB bo’yicha faoliyat mazmuniga qo’yiladigan asosiy talablar quyidagilardan
iborat.
Ehtimol tutilayotgan va yo’l qo’yib bo’lmaydigan oqibatlarning oldini olish
bo’yicha zarur va yetarli choralarni aniqlash va ularni qo’llash uchun nazarda
tutilayotgan faoliyatning atrof muhitga ta’sirini taxlil qilish va baholash jarayonida
xujjatlarni asoslab beruvchilar quyidagilarni ko’rib chiqishlari kerak:
- mo’ljallanayotgan loyiha va rejani amalga oshirishning maqsadi;
- mo’jlallanayotgan faoliyatning oqilona va mahqul alhternativasi (muqobil
yo’nalishlari);
- konkret hududlarda mavjud ekologik vaziyatni ilgari qabul qilingan
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bo’yicha qarorlarni xisobga olib loyihalarni va
boshqa tavsiyalarni ta’riflash;
- hududlar va vaqtga mos xolda nazarda tutilayotgan faoliyat amalga
oshirilayotgan hududlar atrof muhiti xolati to’g’risidagi ma’lumotlar;
- nazarda tutilayotgan faoliyatning ehtimol tutilayotgan oqibatlari va uning
alhternativasi (muqobili);
- amalga oshirilayotgan qarorning jamiyat uchun qabul qilib bo’lmaydigan
oqibatlarini bartaraf etish choralari va tadbirlari;
- monitoring dasturini ishlab chiqish bo’yicha takliflar, loyihadan keyingi iqtisodiy
taxlil bo’yicha qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish.
AMTBni o’tkazishda quyidagi asosiy printsiplarga amal qilish lozim:
1.
Integratsiya (komplekslik). Xujjatlarni tayyorlash jarayonining barcha
bosqichlarida tabiatga, aholiga, xo’jalikka ta’sir ko’rsatish masalalari bir-biridan
ajralgan holda ko’rib chiqilmasligi kerak.
2.
Alhternativalik (muqobillik). Ta’sirni baholash loyihaning faqat ko’rib
chiqilayotgan varianti bilangina cheklanishi mumkin emas.
3.
Preventivlik (oldini olish, ogohlantirish). Loyihani ishlab chiqishning
birorta bosqichi, uning turli tomonlarini qo’shib, AMTBni tayyorlamasdan
tugallanishi mumkin emas.
4.
Ustuvorlik. Loyihalarni ro’yobga chiqarishda har qanday mulohaza va fikr
uning ekologik oqibatlarini inkor etishga asos bo’la olmaydi.
5.
Aniqlik(ishonchlilik). AMTBni o’tkazishning detallashishi (batafsil
tekshirish) darajasi tabiat, aholi va xo’jalik o’zaro ta’sirining ekologik ahamiyatini
belgilab beruvchi darajadan kam bo’lmasligi kerak.
6.
Saqlash(asrash). Rejalashtirilayotgan faoliyat ekologik xilma-xillikning
kamayishiga, hududlar va akvatoriyalarning biomaxsuldorligi va biomassasining
pasayishiga, shuningdek amalga oshirilayotgan loyiha ta’siri sohasida tabiiy
biosfera komplekslarining muhim hayotiy xissalarini yomonlashuviga olib
kelmasligi kerak.
7.
Mos kelish (moslik, to’g’ri kelish). Rejalashtirilayotgan faoliyat aholi
guruhlari yashashi sifatini yomonlashtiruvchi oqibatlarga olib kelmasligi va boshqa
faoliyat turlariga tiklab bo’lmaydigan zarar yetkazmasligi kerak.
8.
O’zgaruvchanlik (moslashuvchanlik) Rejalashtirilayotgan faoliyatga
bog’liq holda AMTB jarayonlari taxlilining miqyoslari, chuqurligi, turi bo’yicha
o’zgarishi mumkin.
Atrof muhitga ta’sirni baholash (AMTB) bo’yicha xujjatlar ikki bosqichda
tayyorlanadi: 1) ta’sirni dastlabki baholash. Rejalashtirayotgan faoliyatning zarurati
va maqsadga muvofiqligi va uni amalga oshirish usullarini tanlashni asoslashning
dastlabki bosqichlarida o’tkaziladi va AMTB uchun axborot darajasini aniqlash
maqsadini ko’zda tutadi; 2) ta’sirni mukammal (to’la) baholash. Xujjatlarni
tayyorlash bilan bir vaqtda olib boriladi va uning natijalari ishlanmaning barcha
variantlarini shakllantirish va tanlashda ishtirok etadi. Ushbu bosqichning natijasi:
ro’yobga chiqarish yoki ishlanmani davom ettirish uchun tanlangan variant;
AMTB bo’yicha hisobot; tanlangan variantni asoslash; «Atrof muhitga ta’sir
haqida bayonot». 3) muhokama qilish. Muhokama mutaxassislar va jamoatchilik
ishtirokida ehtimol tutilayotgan ekologik oqibatlar, ijtimoiy-iqtisodiy ziddiyatlarni
aniqlash maqsadida xujjatlarni davlat organlari tomonidan tasdiqlashdan oldin
o’tkaziladi. Unda AMTBni ko’rib chiqish, manfaatdor tomonlar va jamoatchilikni
xabardor qilish, muhokama natijalarini rasmiylashtirish amalga oshiriladi.
AMTB jarayonida ekologik sharoit va talablarni aniqlash masalalari hal qilinadi,
ekologik mezonlar va ko’rsatkichlar ishlab chiqiladi. AMTB baholashning asosiy
ko’rsatkichlari qatoriga quyidagilar kiradi: 1) tabiat komponentlari (atmosfera,
iqlim, suv, tuproq, o’simlik, xayvonat olami, tabiiy resurslar, relhef va boshqalar)
xolati ko’rsatkichlari: 2) ekotizimlar, landshaftlar xolati ko’rsatkichlari: 3) axoli va
tibbiy-demografik xolati ko’rsatkichlari; 4) regionlar ijtimoiy-iqtisodiy xolati
ko’rsatkichlari va boshqalar. (Bu ko’rsatkichlar maxsus yo’riqnomalar,
ma’lumotnomalarga asoslanib aniqlanadi).
|