Abbosov M. Mustaqil Ish




Download 235,47 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana21.05.2024
Hajmi235,47 Kb.
#248400
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Abbosov M. Mustaqil Ish

buyurtmachi,
pudratchi, istehmolchi
.
Ekologik ekspertizani tayinlash xuquqiga ega bo’lgan davlat xokimiyati tuzimlari
(Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi va uning hududiy organlari, Xukumat
organlari) ekologik ekspretizaning
buyurtmachilari
hisoblanadi.
Pudratchi
sifatida esa ekologik ekspertiza topshiriqlarining ijrochilari (ayrim ekspert
mutaxassislar, ilmiy-tadqiqot institutlari, vakolatli komissiyalar) ishtirok etadi.
Ushbu ekologik-iqtisodiy munosabatlarda
istehmolchi
sifatida ekspert taxlilining
predmeti bo’lgan ob’ektlarning mulkdorlari, egalari xisoblangan korxonalar yoki
tashkilotlar qatnashadi. Bu munosabatlarda asosiy ekologik-iqtisodiy ziddiyatlar
sodir bo’ladi. Ular tomonlar manfaatlarining farq qilishi bilan uzviy bog’liqdir.
Resurslarning cheklanganligi va odamlarning tabiiy resurslarga extiyojining oshib
borishi va ularni ta’minlashning qiyinligi, tabiat xolati va iqtisodiy rivojlanishning
o’zaro bog’liqligi, resurslarga xarajatlar va to’lovlar ziddiyatlar kelib chiqishining


asosiy manbalaridir. Masalan: maqsadga muvofiq ekologik siyosatni amalga
oshirmasdan va tabiat muhofazasi talablariga yetarli amal qilmasdan iqtisodiy
rivojlanishning yuqori ko’rsatkichlariga erishish tabiat yemirilishiga (degradatsiya)
va ifloslanishiga sabab bo’ladi. Ziddiyatlarning mohiyatini va ularni maqsadga
muvofiq bartaraf etish zaruratini jamiyatning ob’ektiv ekologik va iqtisodiy
manfaatlarining dialektik birligi va o’zaro bog’liligi belgilab beradi. Bu sohada
ekologik ekspertiza fani tavsiyalari (munosabatlarni takomillashtirish, yaxshilash
metodlarini ishlab chiqish) muhim ahamiyatga ega.
Ekologik ekspertiza fanining
ob’ekti
g’oyat xilma-xil bo’lib, ular turli miqyos va
darajadagi ekologik-iqtisodiy tizimlarni o’z ichiga oladi. Ular qatoriga quyidagilar
kiradi: davlat dasturlarining, konstseptsiyalarining, ishlab chiqarish kuchlarini,
iqtisodiy va ijtimoiy soha tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirish
shemalarining (tarxlari) loyixalari; qurilish uchun yer ajratish materiallari; loyiha
oldi va loyiha xujjatlari; normativ-texnik va yo’riqnoma-uslubiy xujjatlarining
loyihalari; texnika, texnologiya, materiallar, moddalar, mahsulotlarning yangi
turlarini yaratishga doir xujjatlar; turli ishlab turgan korxonalar va boshqa
ob’ektlar; alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, favqulotda ekologik
vaziyat va ekologik ofat zonalari materiallari; shaharsozlik xujjatlari; maxsus
xuquqiy rejimli ob’ektlar va boshqalar.
Ekologik ekspertiza fanining asosiy

Download 235,47 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 235,47 Kb.
Pdf ko'rish