Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti




Download 2.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/16
Sana17.05.2023
Hajmi2.88 Mb.
#60763
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Usmonov tayyor
Документ Microsoft Word (2), 19. Hajmiy nasoslar, ularning klassifikatsiyasi, 1667628630 (1), KA mustaqil ish, 2-yigilish ANIQ VA TABIIY FANLAR , 3-yigilishTABIIY FAN , husan iqtisot, Шахсий варақа 01.02.2019, qvonch 1, Mavzu Man tarmog\'ida qo\'llaniladigan asosiy qurilmalar Reja, Korxonaning asosiy fondlari va ularning tarkibi., GLOBAL KORUPSIYA IJTIMOIY , Biologiya o‘qitishda muammoli texnologiyadan foydalanish reja, Ermatov Javohir
informatika darslarida takrorlash-umumlashtirish darslarini quyidagi turlarga 
ajratish mumkin. 
1. O'quv yili boshidagi takrorlash-umumlashtirish. 
2. Kundalik takrorlash. 
3.Tematik takrorlash-umamlashtirish darsi. 
4. Yakuniy takroriash-umumiashtirish darsi.
Har bir takrorlash darsini o'z o'rni va maqsadi bordir. O'quv yili boshidagi 
takrorlash darsida o'qituvchi avvalgi sinfda o'tilgan asosiy mavzu materiallarining 
mazmunini hamda bu mavzularda ishlatilgan asosiy matematik tushunchalarni 
o'qituvchining o'zi takrorlab imkoniyati boricha umumlashtirib beradi. Informatika 
fanini o'zi shunday fanki, o'qituvchining o'zi har bir darsda yangi mavzuning 
mazmunini tushuntirish jarayonida ilgari o'tilgan mavzular mazmuni va ulardagi 
matematik tushunchalardan foydalanib dars o'tadi. Bunday takrorlashni kundalik 
takrorlash darsi deb yuritiladi. 
Informatikadan biror bob mavzu materiallari o'tib bo'linganidan keyin alohida 
takrorlash-umumlashtirish darslari o'tkaziladi. Bunday takrorlashni tematik 
takrorlash-umumlashtirish darsi deyiladi. Tematik takrorlash-umulashtirish darsi 
bo'lishidan oldin o'qituvchi takrorlanadigan bob mavzu materiallarini o'z ichiga 
oluvchi mantiqiy ketma-ketlikka ega bo'lgan savollarni o'quvchilarga bir hafta 
ilgari berib qo'yishi va ana shu savollar asosida tematik takrorlash darsi bo'lishini 


36 
aytib qo'yishi lozim. Ana shu berilgan savollar asosida o'quvchilar bo'ladigan 
tematik takrorlash darsiga oldindan tayyorgarlik ko'radilar. Bunday takrorlash 
darsini o'qituvchi savol javob usuli orqali o'tkazadi. O'qituvchi rahbarligida 
o'quvchilar mavzularning ketma-ketligi va ularda qatnashayotgan matematik 
tushunchalar orasidagi mantiqiy bog'lanishlarni tushunib etadilar. Natijada 
o'quvchilarning ana shu bob mavzu materiallari yuzasidan olgan bilimlari mantiqiy 
ketma-ketlikka ega bo'ladi va umumlashadi. 
O’quv yili oxirida ham reja asosida takrorlash darsi ajratilgan bo'ladi, bunday 
takrorlashni yakuniy takrorlash darsi deb yuritiladi. Yakuniy takrorlash darsida 
o'quv yili davomida o'tilgan har bir bob mavzu materiallari takrorlab 
umumlashtirib boriladi. 
Yakuniy takrorlash-umumlashtirish darsining muvaffaqiyatli o'tishi uchun 
o'quv yili boshidagi, kundalik, tematik takrorlash darslari o'z vaqtida o'tkazilgan 
bo'lishi kerak. Yakuniy takrorlash-umumlashtirish darsi orqali o'quvchilarning yil 
davomida olgan bilimlari umumlashtiriladi va sistemalashtiriladi. Yakuniy 
takrorlash-umumlashtirish darsini hamma o'qituvchilar ham metodik jihatdan 
tashkil qilmaydilar. Biz bir necha maktabda o'tkazilgan yakuniy takrorlash-
umumlashtirish darslarini kuzatdik, ular o'quv materiallarini umumlashtirish va 
sistemalashtirish o'rniga ba'zi maktablarda o'quvchilarni doskaga chiqarib qo'yib, 
ulardan o'tilgan o'quv materiallarini so'rash, ba'zilarida esa bir necha misol yoki 
masala yechish bilan cheklanishdi. 
Ko'pchilik o'qituvchilar yakuniy takrorlash-umumlashtirish darsini o'tkazishda 
quyidagi kamchiliklarga yo'l ko'yadilar: 
1.Takrorlash-umumlashtirish darsi uchun faqat o'quv yili oxirida soat ajratib 
uni o'tkazadilar.
2.Takrorlash-umumlashtirish darsi uchun material tanlashga befarq qaraydilar. 
3.Takrorlash-umumlashtirish darsini o'tkazish metodikasini to'g'ri tanlay 
olmaydilar. 


37 
4.Takrorlash-umumlashtirish darsi uchun material yuzasidan savollar va 
mashqlar sistemasini tuzmaydilar. 
O'qituvchi yakuniy takrorlash-umumlashtirish darsi bo'lishidan bir necha kun 
avval shu darsda qaysi materiallarni qanday usullar bilan takrorlash va 
umumlashtirishini hamda ularga doir qanday masalalarni yechish kerakligini 
aniqlab, so'ngra o'quvchilarga shu mavzular bo'yicha tuzilgan savollar va mashqlar 
sistemasini berishi, ular shu o'qituvchi ko'rsatmasiga asosan yakuniy takrorlash-
umumlashtirish darsiga tayyorgarlik ko'rishlari kerak. O'qituvchi yakuniy 
takrorlash-umumlashtirish darsini uyushtirishdan oldin quyidagilarga e'tibor 
berishi kerak: 
1.Takrorlash-umumlashtirish 
darsining 
materiali 
o'sha 
kursni 
umumlashtiruvchi xarakterda bo'lishi kerak. 
2.Shu darsda o'tish uchun ajratilgan material bo'yicha savollar sistemasi 
tuzilgan bo'lishi kerak. 
3.Takrorlash-umumlashtirish darsida ishlanadigan mashqlar sistemasi tuzilgan 
bo'lishi kerak. 
4.Tuzilgan savollar va mashqlar sistemasi takrorlanayotgan materialni 
sistemalashtiruvchi va umumlashtiruvchi xarakterda bo'lishi kerak. 
5.Takrorlash-umumlashtirish darsini o'tkazish metodikasiga e'tibor berish 
kerak. 
O'qituvchi yakuniy takrorlash-umumlashtirish darsi uchun mavzularni 
avvaldan 
rejalashtirishi 
kerak. 
Yakuniy 
takrorlash-umumlashtirish 
darsi 
o'qituvchining umumiy ma'ruzasi yoki o'quvchilarning shu mavzuga doir 
tayyorlangan ma'ruzalarini eshitish orqali o'tkaziladi. Dars oxirida o'qituvchi 
takrorlash-umumlashtiruvchi darsida faol qatnashgan o'quvchilami rag'batlantiradi, 
faol qatnashmagan o'quvchilami ogohlantiradi, so'ngra o'tilgan mavzu materialini 
umumlashtiradi va sistemalashtiradi. 
Yakuniy takrorlash-umumlashtirish darsi bo'lishidan 5-6 kun oldin 
takrorlanadigan mavzular o'quvchilarga beriladi. O'quvchilar esa o'qituvchining 


38 
ko'rsatmasiga 
asosan 
belgilangan 
kitoblardan 
foydalanib, 
takrorlash-
umumlashtirish 
darsiga 
ma'ruzalar 
tayyorlaydilar. 
Yakuniy 
takrorlash-
umumlashtirish darslarini bunday uyushtirish orqali har bir o'quvchini mustaqil 
ishga o'rgatiladi. 
Mavzularni yakuniy takrorlash-umumlashtirish darsi rejasiga bob yoki kursni 
o'z ichiga oladigan materiallardan tanlanadi.


39
Xulosa
Xulosa o’rnida shuni aytishim kerakki, men ushbu kurs ishida
“Informatika 
fanini o’qitishda innovatsion uslublarni ishlab chiqish va ularni dars jarayoniga 
tadbiq kilish” 
mavzusini o’quv jarayonida qanday foydalanilishini yoritdim.
O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va «Ta’lim
to’g’risida»gi qonunda o’quv jarayoniga ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy
etish mamlakatimiz ta’lim tizimini isloh qilishning asosiy ko’rsatkichlaridan biri
sifatida e’tirof etilishi bejiz emas. Chunki, pedagogik texnologiya ta’lim
jarayonini inqirozdan holi etish, uni bozor iqtisodi sharoitiga mos holda
takomillashtirish va Davlat ta’lim standarti talablariga muvofiq kadrlar
tayyorlashning muhim omillaridan biri bo’lib hisoblanadi.
Mamlakatimizni Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganlaridek,
«Kadrlar masalasini hal etmas ekanmiz , sa’y-harakatlarimiz kutilgan natijalarni
berishi , hayotimiz , ma’naviyatimiz o’zgarishi qiyin kechadi. Demakki ,
zamonaviy ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilish , zamon talablariga mos kadrlar
tayyorlash ishini yo’lga qo’yish faoliyatimizning bosh yo’nalishi bo’lmog’i
darkor…».
Zero 
ta’lim 
jarayonini 
tashkillashda 
axborot–kommunikatsiya
texnologiyalaridan samarali 
foydalanayotgan ko’pgina rivojlangan mamlakatlar
o’quv jarayonini sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarishga erishayotganliklari
hayotda o’z tasdig’ini topmoqda. Ushbu bitiruv malakaviy ishda bayon etilgan
ma’lumotlar esa bu 
axborot–kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali
foydalanish salohiyati to’g’risida fikr yuritishga asos bo’ladi. Ayniqsa,
tashhizlanuvchan o’quv maqsadlarini belgilash, talabalarni mustaqil bilim
olishga undash, o’quv jarayonini doimo rivojlanib boruvchi dinamik tizim sifatida
loyihalash kabi tashkiliy-uslubiy ishlarni amalga oshirishda 
innovatsion
texnologiyalar 
katta imkoniyatlarga ega.


40
Innovatsion texnologiyalar
joriy etish tajribasini o’rganish va unga 
maqsadli yondashish, o’quv jarayonini insonparvarlashtirish, bunda talabani sust 
ob’ektdan faol sub’ektga aylantirish, bilish faoliyatining aniq maqsadlarga 
yo’nalganligini hamda o’quv jarayonini ishlab chiqarish jarayoni kabi 
takrorlanuvchanligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
Mening fikrimcha ta’limda ko’plab innovatsion usullar samarali bo’lib, 
ayniqsa ta’limda aniq maqsad qo’yish yoki fanlararo bog’lash, aniq maqsadga 
erishish ko’p foydali xisoblanadi. «Maqsadli yondashuv» uslubi ta’limda 
o’quvchi, talabalarni ijodiy fikrlashga, fanning mazmun mohiyati va maqsadini
o’rgatadi. U nafaqat o’quv-bilim faoliyatini tizimlashtiradi, jadallashtiradi, balki 
ta’lim oluvchilarning umumiy madaniyatini yuksaltirishga ham xizmat qiladi, 
predmetlararo bog’lanish tufayli maqsadlar turli darajada namoyon bo’ladi: 
masalan informatika va axborot texnologiyalari fanining maqsad va darajalari 
kuydagilardan iborat: 
 Informatika va axborot texnologiyalariga bog’liq bir necha fanlarni 
birlashtirib, maxsus kurslar yaratish;
 Informatika va axborot texnologiyalar o’quv fanlarining turli 
bo’laklarini ma’lum bir blokka birlashtirish;
 bir mavzuni ikki yoki bir necha predmetlar asosida o’rganish; 
 bilimlarni umumlashtirish asosida axborot texnologiyalar bo’yicha
yaratilgan kurslarni o’rganish.  

Download 2.88 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Download 2.88 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti

Download 2.88 Mb.
Pdf ko'rish