Dasturiy
ta’minot umumiy sistemali va amaliy dasturiy ta’minotga
bo'linadi. Umumiy sistemali dasturiy ta’minot komponentlari bo‘lib
opcratsion sistema, algoritmik tillar translyatorlari, supervizorlar va
boshqalar hisoblanadi. Ulaming asosiy vazifalari kompyuterga
axborotlami kiritish-chiqarishni, ishlov berishni, muloqotli rejimni
tashkil etishni va loyihalash obyektiga b o g iiq bo‘lmagan boshqa
xizmat ko‘rsatish funksiyalarini boshqarishdan iborat. Amaliy
dasturiy ta’minot loyiha yechimini hosil qilish uchun bevosita
m o‘ljallangan amaliy dastur paketlarini va dasturlami o ‘z tarkibiga
kiritadi. Amaliy dasturiy ta ’minot loyihalanilayotgan REV va
sistemali dasturlash sohasining mutaxassislari bilan birgalikda
yaratiladi.
ALSning texnik ta’minoti o ‘z tarkibiga hisoblash va tashkiliy
texnik vositalarini, axborotlami uzatish vositalarini, o ‘lchash
texnikasi va boshqa qurilmalami kiritadi.
ALSning axborotli ta ’minoti standart loyihalash protsedura-
laridan, tipli loyiha yechimlaridan, REVsining tipli elementlaridan,
ulaming modellaridan, materiallar, parametrlarining sonli qiymatlari
va boshqa m a’lumotlardan tashkil topadi. Bu m a’lumotlar kodlash-
tirilgan shakllarda axborot tashuvchilarga yoziladi (magnit lenta-
larda, magnit disklarda). Axborotli ta ’minotning asosiy vazifasi
loyihalash jarayoni uchun kerakli, REVsini yaratuvchisi tomonidan
yaratilishi kerak boMgan axborot hajmini kamaytirish, amaliy
dasturiy ta ’minoti va ALS texnik ta ’minoti m a’lumotlarini
takrorlanishini oldini olishdan iborat.
Axborotli ta’minotning aniq bir izohlash obyektiga tegishli
bo‘lgan m a’lumotlari alohida massivlarga guruhlanadi. Bu massiv-
lar fayllar deb ataladi. Barcha tashkil qilingan fayllar to ‘plamlari
m a’lumotlar bazalarini tashkil etiladi. Bu bazadan REVsini
loyihalashning turli bosqich va darajalarida k o ‘p marotaba foyda
lanish mumkin bo‘ladi. M a’lumotlar bazalarini yaratish, kengay-
tirish, kerakli o ‘zgartirishlami kiritish va m a’lumotlardan jam oa
bo‘lib foydalanishni tashkil etish uchun maxsus m a’lumotlar
bazasini boshqarish sistemasi yaratiladi. MBlari va ulami bosh-
qarish sistemalari, undan tashqari ularga tegishli dasturiy, texnik,
tashkiliy vositalar to ‘plamlari m a’lumotlar banki deyiladi.
24
Ta’mirlash
Ta’minot turlari
M 1A, D 1A ,..., Ts h 2 h - A L S qism sistem alari kom ponentlari
1.2-rasm. ALS lam ing umumlashtirgan struktura sxemasi.
25
ALS ning tashkiliy ta ’minoti tarkibiga uslubiy va boshqaruvchi
materiallar, ko‘rsatmalar, buyruqlar, shtatlar tartibi, kvalifikatsion
talablar va
ALSni ishlashini, boshqa bo‘limlar bilan o ‘zaro
aloqasini, rivojlantirilishini ta ’minlovchi hujjatlar kiradi.
1.2-rasmda ALS ning umumlashtirilgan struktura sxemasi
keltirilgan. Sxemada ALS ning tarkibiy qismlari va ular o ‘rtasidagi
bog‘liqlik k o ‘rsatilgan. Rasmda qismsistemalar uchtadan belgi bilan
belgilangan bo‘lib, birinchi belgi shu komponent taalluqli bo‘lgan
ta ’minlash vositasi turini, ikkinchi belgi shu ta ’minlash vositasidagi
komponentning tartib raqamini, uchinchi belgi esa, shu komponent
qaysi qismsistemaga tegishli ekanligini anglatadi. Masalan M IA —
A qismsistemasining uslubiy ta’minotga tegishli birinchi elementi,
A2N - N qismsistemasining axborotli ta ’minotga tegishli ikkinchi
elementi va boshqalar.
ALS lar loyihalash tashkilotlarida mustaqil sistema qilib
yaratiladi va ishlatiladi. Lekin ular boshqa tashkilotlar ma lumotlar
banklari, qismsistemalari, ya’ni texnologik jarayonlarni avtomat
lashtirilgan boshqarish sistemalari,
ilmiy tekshirishlar uchun
avtomatlashtirilgan sistemalar bilan bog‘langan boMishi mumkin.
26
|