Abu rayhon beruniy nom id ag I to sh k en t da vlat texn ika u n IV er site ti m. X. Aripova




Download 3,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/57
Sana16.12.2023
Hajmi3,32 Mb.
#120789
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   57
Bog'liq
Radioelektron apparatlarni loyihalash va modellashtirish asoslari

2.1-rasm. A IJ lari umumiy struktura sxemasi.
29


Bu avlod texnik vositalarining rivojlanishining xarakterli tomoni 
bo‘lib, AIJni REVlarini loyihalovchisiga ALS yordamida maksimal 
yaqinlashtirishga 
intilish hisoblanadi. 
Bunday 
holda REVsi 
narxining nisbatan past bo‘lishligi, o ‘lchami va iste’molga bo lgan 
talab bilan, ALSlarda yechiladigan masalalaming murakkabligiga 
qarab, asosiy EHMning yuqori texnik parametrlarini saqlab qolish 
talabining qarama-qarshiligi, lokal hisoblash tarmoqlariga birlash- 
tirilgan quvvatli 
markazlashtirilmagan EHM lar sistemalarini 
yaratilishiga olib keldi.
Hozirga kelib ALS sohasidagi apparatli va dasturli vositalarning 
takomillashib borishi va ularga bo‘lgan talabning oshib borishi, 
bazali tashqi qurilmalar va LHTga bo'lgan talablami keltirib 
chiqardi. Endi loyihalovchining ish stolidagi etalon asosiy EHM 
sifatida, uzoq vaqt davomida LHT lari yoki boshqa EHM lar bilan 
o ‘zaro bog‘langan ishchi stansiyalaridan foydalaniladi.
Ishchi stansiyalar deb, mikro EHM bazasidagi bevosita injener- 
ning ish joyida muloqotli rejimda, KIS lami loyihalashga, loyihalash 
va umumiy texnik masalalami yechishda injener mehnati samara- 
dorligini oshirishga m o‘ljalangan interaktiv grafikli sistemalariga 
aytiladi.
ISlari shaxsiy kompyuterlardan yetarlicha farqlanadi, ya’ni ISga 
bo‘lgan talab ALS sohasi bozori bo‘yicha shakllanadi, ShKga bo‘l- 
gan talab esa, idora jihozi, maishiy texnika, aloqa va kom- 
munikatsiya vositalari sohasidagi bozor talablariga ko‘ra shakl­
lanadi.
ISlari 
shaxsiy 
kompyuterlarga 
bog‘liq 
bo‘lmagan 
holda 
rivojlanib bordi, lekin ishchi stansiyalarining elementlar bazalarini 
arzonlashib borishi va ShK lar xarakteristikalariga boMgan yuqori 
talab, ShK laming quvvatli modellarini ALS vositalari bozoriga, 
unchalik qimmat boMmagan IS larini siqib chiqarib kirib kelishiga 
olib keldi.
Ishchi stansiyalarining arxitekturasi va texnik xarakteristikalari 
xususiyatlari, ulami REV lar ALS lari sohasida bazali hisoblash 
sistemalari sifatida qo‘llanishi bo‘yicha, ShK lar bilan taqqoslash 
jarayonida yorqin namoyon bo‘ladi.
1. 
Ko‘pgina ISlarining yadrolari boMib RISC-protsessorlar 
hisoblanadi. Bu protsessor qisqartirilgan buyruqlar to ‘plami va
30


mikroprotsessorning 
ishlashini 
sinxronlovchi 
takt 
generatori 
chastotasining bitta davrida buyruqlaming bajarilishi hisobiga 
yuqori tezkorlikka egadir. Ko‘pgina ShK larda hisoblash yadrosi 
sifatida murakkab buyruqlar to‘plamiga ega b o ig a n MP (CISC- 
protsessor)dan foydalaniladi. Bunday protsessorlarda har bir buyruq 
chastota generatorining bir nechta taktlarida bajariladi. Lekin 
ShKning nisbatan past unumdorligi oddiy dasturiy ta ’minot va 
ShKning oddiy modeli bilan mos tushishligi bilan kompen- 
satsiyalanadi.
2. Barcha zamonaviy ISlari katta hajmdagi operativ xotira 
qurilmasiga egadir va murakkab ko‘p masalali operatsion sistema 
boshqaruvida, mos apparat vositalarining qo‘llab-quvvatlashi 
asosida ishlaydi. Shaxsiy kompyuterlaming ko‘pchiligining OXQ 
lari 
kichkina bo‘lib, ko‘p masalali OSsini qo‘llab-quvvatlovchi 
apparat vositalariga ega bo‘lsa ham, ular nisbatan oddiy, bir 
masalali OS boshqaruvida ishlaydi. ISlarining bu xususiyatlari ALS 
paketlarining murakkabligi va iyerarxikligi bilan asoslanadi.
3. ISlarining tarkibida 1000x1000 ruxsatli, 1,5 mln. rang turiga 
ega rangli palitrali, yuqori tezkorlikka va yuqori sifatli grafikaga ega 
quvvatli grafikli protsessorlar mavjuddir. Ko‘pgina ShK larda sifati 
pastroq, VGA, SVGA standartli grafikadan foydalaniladi. IS lari- 
ning bu xususiyatlari, ALS larda yechiladigan ko‘pgina masalalar 
axborotlami yuqori sifatli grafikli kiritish-chiqarishni talab etishi 
bilan asoslanadi.
4. ISlarining bazali komplektlarida albatta yuqori tezkorlikda 
standart LHT bilan bog‘lana oladigan apparatura - tarmoq adapteri 
o ‘matiladi. ShK laming bazali komplektlarida tarmoq adapterining 
boiishligi shart emas hisoblanadi. IS larining bu xususiyatlari, IS 
lari boshqa IS yoki EHM turlari bilan LHT orqali bog‘lanmasdan, 
avtonom rejimlarda samarali ishlay olmasligi bilan asoslanadi. 
ShKlar esa avtonom, o ‘z-o‘ziga yetarli qurilma qilib loyihalangan 
bo‘lib, ulami LHTIariga ulaganda ham, ko‘pgina operatsiyalami 
ShK avtonom bajara oladi.
ISlarining tashqi qurilmalar bilan ulangan struktura sxemasi 2.2 - 
rasmda ko‘rsatilgan bo'lib, ISning tarkibiga quyidagilar kiradi:
-
tarkibida apparatli amalga oshirilgan arifmetika va siljuvchi 
nuqtali soprotsessorga, operativ va doimiy xotira qurilmasiga va har
31


doimgiday monitor ulangan grafikli adapterga ega RlSC-prot- 
sessor;
— tashqi qurilmalar bilan ulanish platasi (klaviaturadan, 
«sichqoncha» manipulatoridan, ba’zida avtomatik skaner, grafqu- 
ruvchi yoki lazerli chop etish qurilmasidan kiritish-chiqarish 
qismsistemasini tashkil etuvchi);
- tashqi xotira qurilmasi bilan ulanish platasi, tarmoq adapteri 
platasi.
Asosiy sistemali plata bo‘lib bazali mikroprotsessor hisoblanadi. 
U arifmetik va mantiqiy operatsiyalami amalga oshiradi va ISsini 
boshqaradi. Zamonaviy RISC-MPning bitta krisstalida protsessor
ko‘pincha arifmetika va siljuvchi nuqtali soprotsessor, ba zida 
tasvirlarga ishlov beruvchi grafikli protsessor (bitta kristallda 
milliongacha tranzistorlar) joylashgan.

Download 3,32 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   57




Download 3,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Abu rayhon beruniy nom id ag I to sh k en t da vlat texn ika u n IV er site ti m. X. Aripova

Download 3,32 Mb.
Pdf ko'rish