1.6. ALS la rn in g bazaviy ta ’m inoti
ALS lar loyihalash, konstruktorlik, texnologik tashkilotlarida va
ishlab
chiqarish
korxonalarida
loyihalanilayotgan
va
ishlab
chiqarilayotgan REVsini sifatini, texnik-iqtisodiy samaradorligini
oshirish, ulami yaratish sarf-xarajatlarini kamaytirish, loyihalash
muddatini va murakkabligini qisqartirish hamda loyiha hujjatlarini
sifatini oshirish maqsadida yaratiladi.
ALS lar uslubiy, matematik, lingvistik, dasturiy, texnik, ax
borotli va tashkiliy ta ’minlash vositalari to ‘plamidan tashkil topadi.
22
ALS ning uslubiy ta ’minlash vositasi REVlari konstruksiyalarida
va sxemalarida yuzaga keluvchi jarayonlar nazariyasini, radio
elektron qurilmasi, tizimlari hamda ulaming tarkibiy qismlarining
konstruksiyasini, sxemasini analiz va sintez qilish uslublarini,
REVlari konstruksiyasi hamda sxemalarini izohlovchi tenglamalar
sistemalarini sonli yechish uslub va algoritmlarini, matematik
modellarini o ‘z tarkibiga kiritadi. Uslubiy ta ’minotning ko'rsatilgan
komponentlari ALS ning yadrosini tashkil etadi. Undan tashqari
uslubiy ta’minlash vositalariga dasturlashning maxsus algoritmik
tillari, terminlari, normativlari, standartlar va boshqa m a’lumotlar
ham kiradi. Shuning uchun REV lari ALS larining uslubiy
ta’minotini yaratish uchun radiotexnika, elektronika, sistemo-
texnika, sxemotexnika, mikroelektronika, REV larini konstruksiyasi
va ishlab chiqarish texnologiyasi bo‘yicha chuqur bilimlarga ega
boMishlik talab etiladi. REV lari ALS lari radiotexnika va elektro
nika sohasi mutaxassislarining birgalikdagi mehnatlari asosida
yaratiladi.
Matematik ta ’minot - bu avtomatlashtirilgan loyihalash masa
lalarini yechish uchun kerakli matematik modellar, uslublar va
algoritmlar to‘plamidir.
Lingvistik ta’minot ALS larda loyihalaniladigan obyektlar,
loyihalash vositalari va jarayonlari haqidagi axborotlami tasvirlash
va loyihalovchilar o ‘rtasida muloqotni amalga oshirish uchun
foydalaniladigan tillar to‘plamidan tashkil topadi.
Agar matematik va lingvistik ta ’minot ALS tarkibida to ‘liq
mustaqil b o iib hisoblansa, u holda uslubiy ta’minot sifatida
loyihalashni avtomatlashtirish vositalarining tarkibini tanlash va
ishlatish qoidalarini izohlovchi hujjatlar to ‘plamlari tushuniladi.
Uslubiy ta ’minot komponentlari loyihalashning rivojlangan
uslublarini, loyihalanilayotgan obyektlaming yangi loyihalash
tamoyillarini va texnik yechimlarini izlash, samarali matematik va
boshqa modellarini qo‘llash asosida, ko‘pvariantli loyihalash va
optimallash uslublarini tanlash, tipli va standart loyihalash protse-
duralaridan foydalanish asosida yaratiladi.
Dasturiy ta ’minot o ‘z tarkibiga dasturlar yozilgan matnlar,
mashinali tashuvchilardagi (magnit lentalarda, disklarda va boshqa-
larda) dasturlar, ALS lami ishlashini ta’minlovchi hujjatlami kiritadi.
23
|