barcha  sistemalar avtomatlashtirilgan sistemalar hisoblanadi. Bun­ day




Download 3,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/57
Sana16.12.2023
Hajmi3,32 Mb.
#120789
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   57
Bog'liq
Radioelektron apparatlarni loyihalash va modellashtirish asoslari

barcha 
sistemalar avtomatlashtirilgan sistemalar hisoblanadi. Bun­
day 
sistemalarda injener mutaxassis loyihalash ishlarini bajarishda 
muhim 
o ‘rinda turadi, ya’ni sistemada yechiladigan masalalami 
•haklluntirish, ba’zi bir qismlami o ‘z fikrlash doiralari, malakalari
17


bo‘yicha hal qilish kabi vazifalami bajarishda inson o ‘mini 
kompyuterlar bilan taqqoslab bo‘lmaydi. Shuning uchun loyihalash 
ishlarini bajarishda inson bilan hisoblash texnikasi vositalarini, 
jum ladan shaxsiy kompyuterlami birgalikda ishlashini ta’minlash, 
bunday sistemalarni yaratishdagi asosiy tamoyillardan biri bo‘lib 
hisoblanadi.
ALS lar loyihalash ishlarini hamma bosqichlarini kompleks 
avtomatlashtirishni amalga oshiruvchi iyerarxik sistemadir. Loyiha­
lashga bo‘lgan iyerarxik qarash, uni bajarishda ALS lardan 
foydalanilganda ham saqlanib qoladi. Loyihalashdagi bunday 
iyerarxik darajalar ALS lar strukturalarida ko‘rsatilib, ulami bir 
qancha 
qismsistemalar to ‘plami qilib yaratishni taqozo etadi. 
Bunday qismsistemalar doimo bir-birlari bilan bog‘langan bo‘ladi. 
ALS larda loyihalash ishlarini bajarishda ulami komplekslik 
ta minlash xarakterlarini alohida k o 4rsatib o'tish mumkin, chunki 
loyihalashning bir bosqichini avtomatlashtirishda qo‘llaniladigan 
loyihalash shakllari qo‘shni bosqichni avtomatlashtirish uchun 
kamsifatli hisoblanishi mumkin.
ALS lar - axborotli kelishilgan qismsistemalar to ‘plamidan ibo- 
ratdir. Bu tamoyil ALS lami yaratishdagi muhim tamoyil 
hisoblanib, faqatgina yirik qismsistemalarga tegishli bo‘lib qolmay, 
shu qismsistemalaming ichidagi mayda qismlarga ham tegishli 
hisoblanadi. ALSlarda loyihalash masalalari ketma-ketligi axborotli 
kelishilgan dasturlar asosida bajariladi. Agar loyihalash obyekti 
m a’lumotlari, sonli massivlar, strukturasi bitta dasturdan ikkinchi 
dasturga o ‘tkazilganda hech qanday o ‘zgartirish kiritishni talab 
qilmasa, bu ikki dastur axborotli kelishilgan dastur deb ataladi. 
Bundan tashqari, axborotli kelishilgan dasturlarda axborotli bog‘- 
lanish, birinchi dastur natijasi ikkinchi dastur uchun dastlabki 
m a’lumotlar boMishligida ham k o ‘rinishi mumkin. Qismsistema­
laming axborotli kelishilganlik tamoyili k o ‘pincha kompyuter bilan 
insonning ALS lardagi optimal bog‘lanish tamoyili deb ham 
yuritiladi. Bunday hollarda loyihalashni avtomatlashtirishda inson 
bilan kompyuter о rtasida bajariladigan ishlar ratsional taqsim- 
langanligi alohida ko‘rsatilishi kerak bo‘ladi.
ALS - bu ochiq rivojlantirish imkoniyatiga ega sistema. ALS 
lami vaqt bo‘yicha o ‘zgaruvchan sistema deb qarashga ikkita asosiy
18


sababni ko‘rsatish mumkin. Birinchidan bunday murakkab tizimni 
yaratish uzoq vaqt talab etadi, shuning uchun bu sistemaning 
qismsistemalarini tayyor bo‘lishi bilan ishga tushirib yuborish 
iqtisodiy samara berishi mumkin. Ishga tushirilgan qismsistema 
bazali variant hisoblanib, keyinchalik rivojlantirib, to ‘ldirilib 
boriladi. Ikkinchidan texnologik loyihalanayotgan obyektning, hi- 
soblash texnikasining, hisoblash matematikasining doimo rivojlanib 
borishi natijasida yangi, zamonaviy modellar va dasturlar yaratilib, 
eskilami o ‘miga qo‘yish talab qilinadi. Bu esa yaratilayotgan ALS 
ochiq sistema bo‘lishligini va doimo yangi uslublar va vositalar 
bilan to id irilib borish imkoniyatiga ega boMishi kerakligini 
ko‘rsatadi.
ALS lar - unifitsirlashtirilgan modellardan maksimal foydalanish 
imkoniyatiga ega maxsus sistema. Bizga m a’lumki yuqori 
samaradorlikka va universallikka erishish doimo bir-biriga qarama- 
qarshi hisoblanadi. ALS lami yaratishda ham bu qarash saqlanib 
qoladi. Yuqori samaradorlikka ega ALS lami kam vaqt va kam 
material sarflab yaratish uchun, ulami loyihalash masalalarini 
yechishda maxsuslashtirish kerak b o ia d i. Bunda esa, turli obyekt- 
larga maxsuslashtirilgan ALS lar soni ko‘payib ketadi. Ko‘pincha 
maxsuslashtirilgan ALS larga sarf-xarajatlami kamaytirish uchun, 
ularni unifitsirlashtirilgan tarkibiy qismlardan maksimal foydalanish 
asosida yaratish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Unifitsirlashtirishning 
asosiy sharti bo‘lib, turli texnik obyektlami modellashtirishda
analiz va sintez qilishda umumiy bo‘lgan tomonlami topish 
hisoblanadi.
ALS lami yaratishda ko‘rib o'tilgan tamoyillar texnik vositalami 
va matematik ta’minotni tanlashda, hisoblash texnikasi vositalari 
imkoniyatlarini va loyihalash tashkilotlari talablarini doimo hisobga 
olishni taqozo etadi.

Download 3,32 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   57




Download 3,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



barcha  sistemalar avtomatlashtirilgan sistemalar hisoblanadi. Bun­ day

Download 3,32 Mb.
Pdf ko'rish