- ALS larni axborotli kelishilgan qism sistemalari ko‘rinishida
tasvirlanishini ta’minlash. Axborotli kelishilganlik deb, loyihalash
y o ‘nalishi davomida bajariladigan loyihalash jarayonlari,
axborotli
kelishilgan dasturlar asosida bajarilishiga aytiladi. Agar bitta
dastuming natijasi ikkinchi dastuming berilgani bo‘lib hisoblansa,
bunday dasturlar axborotli-kelishilgan dasturlar deyiladi;
- ALS lar ochiq sistemalar k o ‘rinishida yaratilishi kerak, ya’ni
kerak bo‘lgan taqdirda yangi 'Uslublami kiritish, rivojlantirish
mumkin boMsin;
- ALS lar obyektga moslashtirilgan va umumlashtirilgan
modullardan maksimal foydalanish mumkin boMgan sistema
bo ‘lishi kerak. Umumlashtirilgan modullar - bu bir xil umumiy
belgilarga ega bo‘lgan, ulami analiz
va sintez qilishda bir xil
ishlami bajarish mumkin bo‘Igan, har xil texnik obyektlardir.
Bu konsepsiyalar ALS lami tashkil qilishda foydalanilgan aniq
tamoyillar asosida amalga oshiriladi. Bu tamoyillarga quyidagilami
kiritish mumkin:
- qo‘lda bajariladigan avtomatlashtirilgan va avtomatik loyi
halash ishlarini birlashtirish;
- sistemaning qismlarini alohida-alohidaligi va ulaming dastu-
riy ta ’minotining iyerarxik darajalarga bo‘linishi;
- sistemaning interaktivligi;
- sistemaning foydalanuvchi bilan o ‘zaro aloqasini, qisqa vaqt
davomida amalga oshirish;
- ALS lardan foydalanishni osonlashtirish, y a’ni
sistemada
muloqotli rejimni amalga oshirish;
- kirish-chiqishdagi axborotlami nazorat qila olish;
- baza elementlari parametrlarini o ‘zgartirib borish mumkinligi;
- sistemada o ‘rin almashtirish mumkinligi (loyihalash bosqich-
larini b a’zilarini dastur yordamida boshqarish);
- loyihaga avtomatik o ‘zgartirish kiritish mumkinligi;
- loyihalovchi talabiga muvofiq kerakli axborotni bera olishi;
- berilgan axborotlami k o ‘rsatish uchun turli tip vositalaridan
foydalanish imkoniyati.
ALS laming rivojlanishi asosan fan-texnikaning mustahkam ba-
zasiga bog‘liqdir. Bu bazani yaratish esa, hozirda hisoblash
texnikasining zamonaviy vositalarini (mini-mikroEHM, shaxsiy
6
kompyuter, quvvatli hisoblash sistemalari,
hisoblash tarmoqlari,
sun’iy intellekt tamoyillarga asoslangan axborotni qayta ishlash va
tasvirlashning yagona usullarini, injenerlik va optimallashtirish
masalalarini yechishning yangi sonli usullarini yaratishdan iboratdir.
ALS lar fanning yangi fundamental yutuqlari asosida loyihalash
uslubiyatini rivojlantirish va ishlatish, murakkab sistema va
obyektlami loyihalashda matematik nazariyalami rivojlantirish
imkoniyatlarini yaratadi.
ALS lami
yaratish murakkab kompleksli muammo bo‘lib,
sistemani yaratish jarayonida loyihalash bosqichlarining hammasini
yagona uslubiyat bilan ta ’minlash zarurdir.
ALS sistemalari 60-yillardan boshlab yaratila boshlandi.
Murakkab tizimlar va ulaming elementlar bazasini
loyihalash uchun
dastur vositalarini birlashtirib, yangilarini yaratib, ALS lar uchun
dasturiy uslubiyatli komplekslar yaratildi. 70 - yillaming o ‘rtalariga
kelib, bunday komplekslar ko‘plab yaratila boshlandi va ular
avtomatlashtirilgan ish joylari deb atala boshlandi. 80 - yillaming
boshlariga kelib katta integral sxemalaming
avtomatlashtirilgan
holda loyihalashga m oijallangan, ko‘p darajali ALS lar yaratilib
ishga tushirildi. Dasturiy-apparatli vositalaming
yaratilishi esa
avtomatlashtirilgan loyihalashga asos bo‘ldi. Shu davrga kelib
murakkab sistemalaming matematik modellarini avtomatlashtirilgan
holda yaratish imkoniyati, katta integral sxemalar va bosma
platalami topologiyasini loyihalash jarayonini algoritmlashtirish
uslublarini yaratilishi, loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirishdagi
muhim yutuqlardan biri b o id i. Hozirgi davrda ALS laming
intellektualligini oshirishda muhim izlanishlar olib borilmoqda.