3-B O ‘L IM . A V T O M A TLA SH T IR IL G A N LO Y IH A LA SH
S IS T E M A L A R I L IN G V IS T IK VA D ASTURIY T A ’M IN O TI
3.1 ALS la r lingvistik t a ’m inotining sinflarga bo‘linishi
ALS laming lingvistik ta ’minoti
- bu ALS lardan foydalanish
jarayonida, ularni yaratishda va ular bilan insonlar o ‘rtasidagi
bog‘lanishlarni amalga oshirishda ishlatiladigan tillar to ‘plamidan
iboratdir.
Axborot almashlash uchun qoilaniladigan muloqot vositalari,
belgilar va amallar tizimi vositalari, hisoblash texnikasi sohasida
tillar deyiladi. Oldin til vositalaridan faqatgina insonlaming o‘zaro
muloqotlarida axborot almashlashda foydalanib kelingan b o isa,
EHMlar yaratilishi bilan, insonlaming intellektual ijodlari jara
yonida, ulaming EHMlari bilan bog‘lanishlarini amalga oshiruvchi
vositaga ehtiyoj tug‘ildi. Natijada EHM bilan muloqotni amalga
oshirishga m o‘ljallangan til vositalari yaratildi.
Dastlab EHMga inson tomonidan,
hisoblash xarakteriga ega
boMgan masalalami yechish algoritmlarini yozib kiritish va hosil
bo ‘lgan natijalami chiqarib olish talab qilinardi. Dastlabki m a’lu
motlar va natijalar sonlar massivlari shakliga ega bo‘lib, insonlarga
tushunarli va mashinada tatbiq etish oson bo‘lganligi sababli, yangi
til vositalar ishlab chiqarish zamriyati tug‘ilmagan edi. Hisoblash
texnikasini rivojlanishi, ularda masalalami yechish uslub va
algoritmlaming murakkablashib borishi, maxsus qoidalar to‘plamini
va bajariladigan protseduralami qat’iy bir qiymatli qilib aniqlay-
digan algoritmlami yaratishni taqozo etadi. Bu esa, o ‘z navbatida
algoritmik tillar deb ataluvchi maxsus til vositalarini
yaratishga olib
keldi.
Dasturlovchilarga va muhandislarga algoritmik til tushunchasi
yaxshi tanish. Algoritmik til - bu belgilar to ‘plami, ulami to ’g ‘ri
tashkil qilish qoidalari va shu belgilar konstruksiyalarini to ‘g‘ri
talqin qilib algoritmlar yaratish vositasidir.
46
Dasturlar va berilganlami yozish uchun algoritmik tilni
dasturlash tillari deb yuritiladi. Algoritmik til matematik amallami
va shu amallar bajarilishi kerak bo‘ladigan matematik obyektlami
izohlovchi vositaga egadir. Hisoblash xarakteriga ega bo‘lgan
matematik obyektlaming (sonlar, o ‘zgaruvchilar, massivlar) mate
matik amallarini izohlash uchun algoritmik tillardan foydalaniladi.
Kompyuterlar bilan foydalanuvchi muloqotini tashkil qilish uchun
esa, boshqacha til vositasidan foydalanish talab etiladi. Bunday
tillarga matematik tabiatga ega bo‘lmagan obyektlami izohlashga
m o‘ljallangan axborotli-izlanishli til vositalarini keltirishimiz
mumkin. Bu tillar turli axborotli-izlanishlar
tizimlarni yaratilishi va
rivojlanishi natijasida yaratiladi. Masalan, transportlarda bilet
tarqatish va sotishni to ‘g‘ri taqsimlovchi qismtizimi, sklad xo‘jaligi
m a’lumotlari qismtizimi va boshqalar.
ALS larda faqatgina hisoblash xarakteriga ega bo‘lgan masalalar
yechilib qolmasdan, masalani hisoblash xarakteriga olib kelgunicha
uni matematik shaklga keltirish, ya’ni matematik modelni yaratib,
shu model ustida bajariladigan ishlar algoritmlarini yaratish kerak
bo‘ladi. Injener-loyihalovchi matematik
modelni va algoritmlami
o ‘zi yaratgan hollarda, kompyuter bilan muloqot qilish masalasini,
matematik tabiatli obyektga keltirishga va shu obyektda matematik
amallar bajarishga harakat qiladi, ya’ni unga kompyuter
bilan
muloqot qilish uchun oddiy universal bo‘lgan algoritmik tillami
bilish kifoya bo‘ladi.
Matematik modellarni q o id a yaratish va ulami universal
algoritmik tillarda dasturlash ALS lar uchun xarakterli hisob-
lanmaydi. K o‘pgina masalalami yechishda
matematik modellar
yaratish eng og‘ir jarayon hisoblanadi. Shuning uchun ALS larda
foydalaniladigan til vositalarida birinchi navbatda, muhandislar
tomonidan dastlabki m a’lumotlami berish uchun, loyihalash
obyektini izohlovchi muhandisga loyihalashning shu bosqichni
tasvirlash uchun qulay bo‘lgan vosita zarur hisoblanadi. Bunday
shartni tushuntirishlar, cheklanishlar va shartlami k o ‘rsatish bilan
umumlashtirilgan grafik shakldagi vositalar qoniqtirishi mumkin.
0 ‘z navbatida axborotlami grafik shaklda tasvirlashda, loyihalash
masalalarini yechishda konstruktorlik chizmalari va turli strukturali,
47
funksional, prinsipial sxemalar yaratish imkoniyatlari ham yara
tiladi.
Dasturlash tillaridan asosan ALS lami dasturlarini yozishda
foydalaniladi. ALS lami yaratuvchi mutaxassis dasturlar yaratish
uchun algoritmik tillardan
foydalanadi va loyihalash tillarini
yaratadi. Loyihalash tili - bu ALS lardan foydalanuvchi bilan, EHM
o ‘rtasida muloqotni amalga oshirishga
va loyihalash masalalarini,
berilganlami va natijalami izohlashga m o‘ljallangan til vositasidir.
Axborotlami tasvirlashning har xilligi, ALS larda ishlatiladigan
tillaming turlicha bo‘lishini keltirib chiqaradi. ALS lardan bevosita
foydalanuvchi shu tizimda masalani yechish uchun loyihalash
obyektini izohlashni va yechilishi kerak b o ig a n masalalami
izohlashni loyihalash tillarida amalga oshirishi kerak.
3.1-rasm. ALSlar lingvistik ta ’minoti sinflari.
48
ALS lar lingvistik ta'minoti maxsus dastur ta'minotini yaratish
uchun foydalaniladigan algoritmik tillarga, loyihalash jarayonida
loyihalovchi va kompyuter bilan axborot almashish uchun mo'ljal-
langan, muammoga yo‘na!tirilgan tillar
hisoblangan loyihalash
tillariga va boshqarish tillariga bo*linadi (3.1-rasm).
Loyihalash tillari kirish, chiqish, kuzatish va ichki ti 1 larga
bo’linadi. Kirish tillari obyekt haqidagi axborotlami va loyihalash
maqsadi haqida berilgan axborotlami kiritish uchun ishlatiladi.
Chiqish
tillari esa, ALS dasturlari bajarilgandan so‘ng olingan
natijalarni ifodalash uchun ishlatiladi. Kuzatish tillaridan loyihalash
jarayonida muharrirlik ishlarini bajarish uchun foydalaniladi. Ichki
tillar esa, turli dasturlardan foydalanilganda axborotlami EHM larda
tasvirlashga mo'ljallangandir. Boshqarish tillari texnologik qurilma-
larni va tashqi qurilmalarni boshqarish uchun mo'ljallangandir.