Uzluksiz va diskret ishlovchi sistemalar
Uzluksiz ishlovchi sistema yoki uzluksiz sistema faqat uzluksiz ishlovchi zvenolardan iborat, ya’ni bu zvenolarning chiqish katttaligi
20
kirish kattaligining uzluksiz o‘zgarishiga mos ravishda uzluksiz o‘zgaradi.
Diskret ishlovchi sistema - tarkibida hech bo‘lmaganda bitta diskret ishlovchi zvenoga ega boMgan sistemadir. Diskret ishlovchi zveno deb chiqish kattaligi kirish kattaligi uzluksiz o‘zgarganda ham pog'onali (diskret) o‘zgaruvchi sistemalarga aytiladi.
Adaptiv va noadaptiv sistemalar
Adaptiv, yoki moslashuvchan sistemalar tashqi muhit sharoitlari o‘zgarishlariga moslashish qobiliyatiga ega bo‘lib, shu bilan birga taj- riba to'plab borishi bilan o‘z ishini yaxshilab boradi.
Noadaptiv, yoki oddiy sistemalar bunday qobiliyatga ega bo'lmaydi. Ular o'zgarmas holda biror rejimga moslangan bo‘lib, agar biror sa- babga ko‘ra tashqi ish sharoitlari o‘zgarsa, berilgan boshqarish sifatini saqlab qolish uchun oddiy sistemani inson faktori orqali sozlash zarur bo'ladi. Adaptiv sistemalarda bu operatsiya boshqarish qurilmasining o‘zi orqali avtomatik ravishda amalga oshiriladi.
Adaptiv ABS laming qo‘llanish sohasi - ishlash xossalari va sharoitlari yetarli darajada ma’lum bo‘lmagan obyektlami boshqarishdan iborat
Chiziqli va nochiziqli avtomatik boshqarish sistemalari
Chiziqli tenglamalar bilan tavsiflanishi mumkin boMgan sistema chiziqli sistema deyiladi. Teskari holda sistema nochiziqli boMadi. Sistema nochiziqli bo‘lishi uchun uning tarkibida hech boMmaganda bitta chiziqli bo‘lmagan zveno boMishi lozim.
Chiziqli sistemalar uchun superpozitsiya prinsipi o'rinli boMadi, ya’ni sistemaning har qanday tashqi ta’sirlar kombinatsiyasiga reaksi- yasi bu ta’sirlar alohida berilgandagi reaksiyalar yig'indisiga teng boMadi. Bu prinsip yordamida chiziqli differensial tenglamalar bilan tavsiflanuvchi istalgan darajadagi avtomatik boshqarish sistemalari uchun umumiy nazariya ishlab chiqilgan.
Chiziqli boMmagan sistemalar uchun superpozitsiya prinsipini qoMlab bo'lmaydi va nochizig‘iy differensial tenglamalaming umumiy nazariyasi ham mavjud emas. Faqatgina bir nechta ko‘rinishdagi nochizig'iy tenglamalar uchun xususiy metodlar mavjud.
21Tabiatdagi barcha real avtomatik boshqarish sistemalari - no- chizig‘iy bo‘lib, bu yerda mumkin bo‘lgan soddalashtirish, chizig‘iy- lashtirish hisoblanadi.
|