Kombinatsiyalashgan boshqarish sistemalari
Bu sistemada og‘ish va toydiruvchi ta’sirni kompensatsiya qilish prinsiplari mujassamlashtirilgan boMib, shuning uchun stabilizatsiya qilish yoki dasturli boshqarishda yuqori aniqlikka erishilishi mumkin.
I
К
BQ
BO
1.14-rasm.
1.2.6. Funksional va struktura sxemalari
Boshqarish sistemalarini tasvirlashda funksional va struktura prinsiplaridan foydalaniladi va mos ravishda qurilgan sxemalar funksional va struktura sxemalari deyiladi.
Sistemaning har bitta elementiga bitta aniq zveno (bo‘g‘in) mos keladigan sxema funksional sxema deyiladi. Bu sxemada elementlar o‘zlarining vazifalari, tiplari va bajaradigan funksiyalariga qarab farqlanadi. Struktura sxemasida esa signalni o'zgartirish bo'yicha har bitta matematik operatsiyaga aniq bir zveno mos keladi.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan barcha obyektlar 1.1. a-rasmda ko'rsatilgan funksional sxemalar ko‘rinishida tasvirlanishi mumkin. Bu holda X, Z, F tashqi ta’sirlar va chiqish kattaligi (boshqariladigan kattalik) Y bitta strelka orqali tasvirlanishi mumkin.
Struktura sxemalarda yig‘uvchi tugun (summator) to'rtta sektorga bo‘lingan doira ko'rinishida ko‘rsatiladi. Agar sektorga kirayotgan signal musbat ishoraga ega bo‘lsa, u bo'yalmaydi, manfiy ishorali signal kirayotgan sektor esa bo‘yaladi. Struktura sxemalariga misollar 1.15-rasmda keltirilgan.
1
8
rasm. a) chiqishda nasosga bo'Igan rezervuar; b) chiqishda ventil boMgan rezervuar.
•i<2)—*
GT'dH
dt
Bu struktura sxemalari 1.14 - rasmda keltirilgan va chiqishida nasos o‘matilgan yoki faqat oddiy ventil bo‘lgan rezervuarlarga mos keladi.
Deyarli barcha avtomatik boshqarish sistemasi yoki avtomatik rostlash sistemasini (ARS) quyidagi kattalashtirilgan funksional blok sxema ko'rinishida ko'rsatish mumkin (1.16 — rasm).
1.16-rasm.
1 - rostlash obyekti; 2 - o'lchash qurilmasi - datchik (uzluksiz yoki diskret ishlovchi);
3 - berilgan qiymatni o'matish qurilmasi; 4 - taqqoslash tuguni (analog yoki raqamli tipdagi);
5 - ku-chaytirgich (uzluksiz va diskret ishlovchi); 6 — ijro qurilmasi; 7 - korrektsiyalash
qurilmasi.
Avtomatik boshqarish nazariyasida yechiladigan masalaga qarab funksional yoki struktura sxemasi tuziladi.
|