• Yangi mavzuni mustahkamlash
  • «Adabiyot» 5-sinflar uchun 20 yil Mavzu: adabiyot so‘z san’ati




    Download 1,83 Mb.
    bet143/218
    Sana19.05.2024
    Hajmi1,83 Mb.
    #243397
    1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   218
    Bog'liq
    5-sinf-adabiyot-yillik-dars-ishlanmasi

    O’tgan mavzuni so’rash.
    a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
    b) Frontal (guruh bilan ishlash)
    Yangi mavzu:
    Alisher Navoiyning «Xamsa» asariga kirgan birinchi doston «Hay-rat ul-abror», ya’ni «Yaxshi kishilarning hayratlanishi» deb nomlanadi. Mazkur doston 63 bob, 20 ta maqolatdan tashkil topgan. Har bir maqolat bir mavzuga bag‘ishlangan bo‘lib, shoir, avvalo, o‘quvchini bu mavzu bilan tanishtiradi. So‘ngra o‘sha mavzuga munosabat bildirib, uni har jihatdan tasvirlaydi. O‘quvchining tasavvurlari aniq bo‘lishi uchun juda ko‘p qiyoslar, obrazli o‘xshatmalar keltiradi va eng so‘ngida mavzuga mutanosib ibratli hikoyat bayon qiladi.
    Biz ko‘rib o‘tmoqchi bo‘lgan o‘ninchi maqolat ham xuddi shunday qurilishga ega. Dostonning bu maqolati rostlik, to‘g‘rilik tushunchalariga bag‘ishlangan.
    Bobomiz har bir inson o‘ziga to‘g‘rilikni odat qilmog‘i haqida so‘z yuritarkan, turli narsa va hodisalarning, kundalik turmushda ishlatiladigan juda ko‘p buyum va jihozlarning to‘g‘ri va egri xususiyatlarini solishtiradi. Masalan, biron manzilga bormoqchi bo‘lsangiz, o‘sha yerga eltuvchi to‘g‘ri yo‘l bo‘lsa-yu, Siz aylanma yo‘ldan yursa-ngiz, albatta manzilga kechroq yetasiz. Sham o‘zi to‘g‘ri bo‘lgani holda, uni tikka qo‘yib yondirasiz. Atrofga shu’la sochib, kishilarga uzoq vaqt yorug‘lik beradi. Shuning uchun ham u kerakli narsa sifatida e’zozlanadi, ehtiyot qilinadi. Shu’laga intilgan parvona - maydagina kapalak uning atrofida aylanib, egri harakatlar qilgani uchun o‘sha shu’laga urilib yonib ketadi. Yoki rubob, dutor, tor kabi cholg‘ularga e’tibor qilsangiz, cholg‘uchilar ulardan yoqimli kuylar chiqarish uchun sozlab olishadi. Ya’ni torni tarang tortishadi. Tor egri holatda tursa, cholg‘u sozlanmagan bo‘ladi, demak unda kuyni yaxshi ijro etib bo‘lmaydi. Shoir bu qiyos orqali odamlar to‘g‘ri yurib, to‘g‘ri ish tutsalar, o‘zgalarga ham, o‘zlariga ham foyda keltiradilar; ulardan manfaat ko‘rgan kishilarning hurmatini qozonadilar; qayerda bo‘lmasin, izzat ko‘radilar, deydi. Aksincha, to‘g‘ri ish yuritmay, biror yomon g‘araz bilan har xil aylanma, egri harakatlar qilsalar, ularning holi voy, xuddi parvonadek kuyib-yonib qoladilar. Egrilik borib-borib har xil yomon illatlarga yetaklaydi. Fikri egri bo‘lgan, Xudodan, qonundan qo‘rqmaydigan odam hamma ishni o‘zim xohlaganimcha qilaverishim mumkin, deb hisoblaydi. Birovlarning narsasiga, mol-mulkiga ko‘z tikadi, o‘g‘rilikdan hayiqmaydi. Islom dini aqidalari bilan yashagan davlatlarda qadim zamonlardanoq qo‘li egri, o‘g‘ri odamlarni qo‘lini kesib, jazolashgan. Navoiy bobomiz yashagan davrda ham shunday tartib hukmron bo‘lgan. Shoir dostonda ana shu jazo usulini nazarda tutib, qo‘li egri odamlarni xalq qo‘lini kesib «to‘g‘rilaydi», deydi. Kimki to‘g‘rilik yo‘li qanday ekanligini bilmoqchi bo‘lsa, bu yo‘l ikki xil bo‘ladi, deb aytadi. Birinchisi, to‘g‘ri so‘z odam. Agar u to‘g‘ri so‘zli bo‘lsa, uning ishi, o‘zi ham to‘g‘ri bo‘lishi kerak. Ikkinchi toifa kishilar andisha bilan, betgachoparlik qila olmay, «to‘g‘ri» deguvchilardir. Navoiy birinchi toifani to‘liq ma’qullagan holda, ikkinchisi ham «yomon emas» deya inkor qilmaydi. Chunki bunday kishilar asli egri maqsadlilar emas. Ular yaxshilik ko‘zlab, murosa-madora ma’nosida, azbaroyi ezgu niyatda yolg‘onni «to‘g‘ri» deydilar. Albatta, iloji boricha yolg‘onni gapirmagan ma’qul. Ammo sharoit majbur etsa, toza ko‘ngilda ish bitmog‘i uchun yolg‘onni tasdiqlash ayb emas. Shu o‘rinda shoir o‘z zamonasidan biroz noliydi. Odamlar rostgo‘ylikdan chekinayotgani, yolg‘on-yashiq kuchayib ketayotganidan xavfsiraydi. Xudoning buyurgan amallari, to‘g‘ri deb bandalariga ko‘rsatgan yo‘riqlarini noto‘g‘ri tushunuvchilar bor. Xato gapirishga o‘rgangan odam noto‘g‘ri fikrni to‘g‘ri deb qabul qiladi. Shundanmi, shoir o‘z atrofini qamragan odamlardan to‘g‘ri, rost gapirgani qashshoqlik, yetishmovchilikdan boshqa narsani bilmaydi, deydi. Barcha jamoa istagi egrilik bo‘lsa, sen o‘z haqligingni isbotlashga har qancha urinma, baribir hech narsa qilolmaysan hamda ularga yoqmaysan
    Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.

    Download 1,83 Mb.
    1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   218




    Download 1,83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Adabiyot» 5-sinflar uchun 20 yil Mavzu: adabiyot so‘z san’ati

    Download 1,83 Mb.