Adabiyot so'z san'ati uvchi! -~ ildan boshlab «Adabiyot»




Download 414,79 Kb.
bet11/51
Sana24.03.2017
Hajmi414,79 Kb.
#1202
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   51

ILTIJO

Oyi, men keldim... Eshityapsizmi, oyi, men yana keldim... Qarang, oyi, tag'in ko'klam kirdi. Esingizdami, har yili bahor kirishi

bilan sizni dalaga olib chiqardim. Siz charaqlagan oftobni, tiniq osmonni, ko'm-ko'k maysalami ko'rib quvonardingiz. Esingizdami, nevarangiz terib kelgan boychechaklarni ko'zingizga surtib, «omonliq-somonliq»

qilardingiz.. .

Bugun... o'zingizning ustingizdan boychechak o'sib chiqibdi... Yo'q, yo'q, oyijon... Yig'layotganim yo'q. Bilaman, men yig'lasam, siz bezovta bo'lasiz. Hozir... hozir o'tib ketadi. Mana, bo'ldi...

Ertalab-chi, oyi, yomg'ir yog'di. Qattiq yomg'ir yog'di. Siz bahor yomg'irini yaxshi ko'rardingiz... Keyin oftob chiqib ketdi. Qarang, oftob charaqlab yotibdi... Esingizdami, siz menga oftob to'g'risida cho'pchak aytib bergan edingiz. O'sha oftob charaqlab yotibdi... Ko'ryapsizmi...

Esingizdami, oyi, ukamga alla aytardingiz. Men allaning ohangiga mast bo'lib uxlab qolardim. O'sha beshikda men ham yotganman: Allangizdan men ham oram olganman. Nima qilay, oyi, men alla aytishni bilmayman. Qabringizni silab qo'ysam orom olasizmi... Mana, oyijon, mana... Yo'q, yo'q, yig'layotganim yo'q. Hozir, hozir o'tib ketadi.

Esingizdami, oyi siz bir marta, atigi bir marta, o'shandayam hazillashib: «Meniyam kit ob qilib yozsang-chi, o'g'lim» degandingiz. Men: «Sizning nimangizni kit ob qilaman, oyi?» degan edim. Xafa bO'lmang, men ham hazillashgan edim. Mana o'sha kitob. Yo'q, uni


men yozganim yo'q. Uni siz yozdingiz. Men uni qog'ozga tushirib, odamlarga tarqatdim, xolos. Men uni dunyodagi hamma onalar o'qismni xohlayman. Bilaman, dunyodagi hamma onalar yaxshi. Shundoq bo'lsayam, ulaming hammasi Sizga o'xshashini xoWayman...


Ko'l-u tog'lik,

Bog'-u rog'lik o'zbek e1im.

Momo yurti,

Bobo yurti, chambilbelim.

Zar-u gavhar - yaltiroq tosh,

nedir olmos,

Sen biz uchun ham non, ham osh,

mangu meros.

Q'quvchining xotirasiga bir o'qishdayoq mixlanib qoladigan bu quyma

satrlar Q'zbekiston xalq shoiri Mirtemir qalamiga mansubdir.

Mirtemir Tursunov 191O-yilda, o'zi yozganidek, Qoratog' etaklarida - Turkiston shahrining Iqon qishlog'ida tug'ilgan. Avval bobosi qo'lida va eski maktabda tahsil olgan. So'ng Toshkentga kelib, «Almaiy»

nomidagi bolalar namuna ish maktabida tarbiya ko'radi. Samarqanddagi O'zbekiston Davlat pedagogika akademiyasida o'qiydi. Q'qishni bitirib maktablarda muallimlik qiladi, nashriyotlarda, Y ozuvchilar uyushmasida ishlaydi.

Shoirning birinchi she'ri «Tanburim ovozi» 1926-yili, 16 yoshida e'lon qilinadi. 1928-yili uning «Shu'lalar qo'ynida» nomli ilk she'riy to'plami nashr etiladi. Keyin «Zafar», «Qaynashlar», «Tong» to'plamlari dunyo yuzini ko'radi.

30-yillarda ujuda ko'p vaqtini tarjimalarga bag'ishlaydi. A. S. Pushkin, M. Y. Lermontov, N. A. Nekrasov, T. G. Shevchenko she'rlarini,

dostonlarini o'zbekchaga o'giradi. Umuman tarjima sohasida Mirtemir


--,


nihoyatda barakali ijod qilgan. Antik dunyo shoiri Homer, shuningdek

,

Shota Rustaveli, Henrix Heyne, Tagor, Maxtumquli, Berdaq, Nozim



Hikmat she'riy asarlari, «Manas» qirg'iz xalq eposi, «Qirq qiz» qoraqalpoq xalq dostoni Mirtemir domla zahmatlari tufayli o'zbek 0' quvchisiga yetib kelgan.

Shoir umri davomida o'nlab she'rlar va dostonlar to'plamlarini chop ettirdi. «Bong», «Poytaxt», «O'ch», «Surat», «Qoraqalpoq daftari», «Tingla, hayot!», «Izlaganim», «Tog'day tayanchim», «Yodgorlik» kabilarularning ichida eng mashhurlaridir. Bu to'plamlarning mundarijasiga qarasangiz, inson hayotining barcha pallalaridagi kechmishlar, tuyg'ular, taassurot va xotiralar jamuljam bo'lganini ko'rasiz. Chunki Mirtemir xoh yirik doston yozsin, xoh sahna asarlari yoki katta-katta asarlami tarjima qilsin, qat'i nazar, biron kun ham she'r yozishni tark etmagan. Ko'nglidan kechgan barcha tuyg'ulari she'rga ko'chgan. U gohida O'zbekistonimizning paxtazor dalalarini kezib, mehnatkash dehqonlar bilan tanishib, barchaning bunyodkorlik bilan yashayotganidan ta'sirlanib, zavqqa to'lib shunday satrlar bitadi:

Shavkatim, faxrim mening, Dengiz- u nahrim mening, Yuragim, bag'rim mening Paxtakor Respublikam.

Shoimi to'lqinlantirgan tuyg'ular mo'l. U goh tarix sahifalarini varaqlab, ota-bobolarining ulug'vor ishlaridan hayratga tushadi. Gohi bu hayratlari o'z zamonasining mard, tanti insonlari bilan muloqotlardan she'rlarga ko'chadi.

Shoiming ijodidagi bosh mavzu nima deb so'ralsa, yurtga, tabiatga oshiqlik, bolalik xotiralariga sadoqat, o'z xalqidan faxrlanish, uni chin dildan sevish va ardoqlash deb aytish mumkin. Mirtemir she'rlarida bu mavzular ko'pincha birikib, omuxtalashib keladi. Bir she'rning o'zida ham tabiat go'zalligi, ham xotiralar, ham iftixor tuyg'usi va yana hayotga muhabbat kabi tushunchalaming ifodalanishini ko'rish mumkin.

Shoir umrining oxirida «Yodgorlik» deb nomlangan she'riy to'plam tayyorladi. Va unga so'nggi yillardagi eng sara she'rlarinijamlab, o'zidan keyingi avlodlariga ma'naviy tuhfa qilib qoldirdi.

Mirtemir 1978-yil 24-yanvarida 68 yoshida vafot etdi.

lOA


- - - --

r

Shoirning avlodlarga qoldirgan ijodiy merosi ardoqlanib, to'rt jildlik



«Asarlar» i ncrn1ir etildi.

Mustaqillik yillari Mirtemir domlaning xalqimiz ma'naviyatini yuksaltirishdagi ulkan xizmatlari taqdirlanib, «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni berildi.



Mirtemir she'riyatidan namunalar

BULUT


I

Ko'k yuzida pag'a bulut - oq bulut,

Oq bulutdan sut yog'armi yoki qut?

Pag'a bulut - yaxshi ko'klam elchisi, Havolarda yomg'ir isi, sel isi...

Ko'k yuzida dam qaldiroq, dam sukut, Yog'may o'tma, pag'a bulut - oq bulut! Yog'ib o'tsang - tizza bo'yi o't bo'lur,

O't bo'lur, ham sut bo'lur, ham qut bo'lur.

11

Ko'k yuzida pag'a bulut - oq bulut...



Bir qarasang - osmon to'la oqquvlar, Bir qarasang - baland qorli cho'qqilar, Bir qarasang - ko'z ilg'amas oq barqut.

Ko'k yuzida - yorug', oydin bir ro'yo... U sta rassom chizmish ajib manzara Tepa-tepa paxta - beg'ubor, sara,

Kuzgi xirmonlarning akslari go'yo...

BALIQ ov!

Bizning qishloq tog' bag'rida, Tog' bag'rida - bog' bag'rida, Etagida chopqillar soy.

Y ozda tiniq,

- -- 195 Lt

Kuzda tiniq,

Suvda quyosh yuz bir siniq, Ko'klam chog'i soy butun loy. Qirg'og'ida jambil, yalpiz, Quchog'ida balig'i mo'l. O'ltiraman ba'zan yolg'iz, Suvga tushmay usti-bosh ho'l: Qarmog'imga ilinmaydi, Suzmoqdami yo chopmoqda, Suv tagidan ne topmoqda? Yuz tikilsang bilinmaydi...

Tashlay qolsam non ushog'in, Yugurishib kelar talay, Ulgurishib kelar talay.

Ilinsaydi ulkanrog'i,

Eltar edim jon buvimga.

- Hay, rostanmi, hay, baliqmi, Tangalikmi, chaqalikmi?

Balli, derdi, uquvimga... Ilinmaydi lekin hozir.

Bundan keyin to'r tashlayman, Tashlasam ham zo'r tashlayman, Qo'lga tushar bari oxir.

Yoz boshi, dalalar soz, O'z ko'rkini yoymish yoz, Chechaklarda hafi noz, Ko'llar to'la suqsur, g'oz, Oq bulutlar cho'g'lanib, Tong otar yallig'lanib, Ko'l osmoni bug'lanib, Ko'rinar go'yo sayoz.

Shu vaqt allaqaylardan, Qaydam, qanday joylardan,

TO 'RG 'AY

Dashtdanmi yo soylardan Yangrab ketar sho'x ovoz, Hech o'xshashi yo'q ovoz. Tut bargi kesganiardan, Suvga chim bosganlardan

Un chiqmas, tinglashar jim. Kim u o'zi, qani kim? Qushlar ham qilmas parvoz. Jonvorlar ham tinglardi. Bog'bon ham, paxtakor ham,

196 

Sholikor, chorvador ham, Butun odam "'finglardi,

Go'yo olam tinglardi,

Qandoq tinmagur ovoz!.. Men chopib cho'lga chiqdim, Hech kim ko'rinmas edi. Kattakon yo'lga chiqdim, Hech kim ko'rinmas edi. Keyin boqdim osmonga:

Kuy taratib jahonga,

Ko'k osmon cho'qqisida, Moviy rang ko'zgusida,

Bir nuqtada pirillab,

Bir nuqtada chirillab, Nuqtaday bir qush uchar, Go'yoki behush uchar...

- Hoy, - dedim, - o'zing kimsan, Bunchalar betinimsan, Javroqisan bunchalar,

O'ynoqisan bunchalar,

Tinmay tushib o'yinga,

Lol etasan kuyingga?

- Men-ku, men to'rg'ay, - dedi. Ko'k yuzi soz joy, - dedi, Dema, chala ko'rinar,

Butun dala ko'rinar.

Ko'k yuzida chirillab,

Yuz bir qo'shiq to'qisam,

Bir nuqtada pirillab,

Keng vodiyga o'qisam Yomonmi, hoy, sho'x o'g'lon? Hayotni maqtaganim,

T ongni ardoqlaganim Yomonmi, hoy, sho'x o'g'lon?

- Ha, tongni ardoqlagin, Hayotni ham maqtagin, Uchib-o'ynayver, - dedim, Kuylab quvnayver, - dedim.

Tong belgi bergandanoq

O'tib osma ko'prikdan,

Jar ketiga chopardim 

Jar keti o'zga olam.

To'ldirib chanoq-chanoq

Go 'yo sutdek ko 'pikdan,

Tutgandek g'oyib qo'llar 

Jilvagar ko' zga olam.

G'o'za yaproqlarida,

Ko'katlarning bargida,

Chechaklarning bag'rida

Yaltirar lak-Iak inju.

Sho'x soy qirg'oqlarida,

Nihollar kurtagida,

SHUDRING

Sal epkinda simobday

Qaltirar lak-Iak inju.

Yaltirar suyri tepa,

Yaltirar qir uzunchoq,

Kelinlar taqinchog'i,

Uzuk ko'zlarimi yo.

Chor atrof sabzalarda

Jimir-jimir ko'zmunchoq,

Bo'y-bo'y dilrabolarning

Suzuk ko'zlarimi yo?

Yo'q, bu giryon ko'zlarning

Yarqiroq zamzamasi.

Kechasi onam tag'in

Yig'labdi-da chamasi...

QISHLOG'IM

Qishlog'irn, nchog'lik suluvsan bugun, Yashilga burkanib, yashnabsan shuncha. Nechog'lik to'kissan, nechog'lik to'kin, Meni o'rab oldi xayol, tushuncha:

Qay qo'raga kirsang - eshigi ochiq,

Bir nirna tatiysan, qo'yrnas aslo och. Qoraqurng'on qaynar, yozilur chochiq, Zog'orami, so'kmi, yovg'on yo urnoch. Borini ayarnas, barini qo 'yar,

Yupqarni yo go'ja, talqon, qo'g'irmoch, Qurutmi yo jiyda - o'rtaga uyar,

Juda bo'lrnaganda qatig'-u ko'rnoch.

Agar so'ygan bo'lsa kecha bo'rdoqi, Qozonda qovurdoq, o'rtada ko'za.

Danak, qovunqoqi, suzgun ko'z soqi, Yo qimiz suzilur, yo achchiq bo'za.

Agar so'ygan bo'lsa uloq yo qo'zi,

O'ho', no'xat sho'rva yoki ku1chatoy. Juda qashshoq bo'lsa - bor yaxshi so'zi, Shundoq yaxshi so'zki, go'yo sarirnoy.

... Yorarnazon aytar edik ba'zi kez,

Shorn payti, chang-tutun qishloq ko'chasi, Pul oshirni, to'qoch - olib chiqar tez, Tonggacha jaranglar oydin kechasi.

Kelin yo'lin to'sib rnachit oldida, Aylanishar edik yoqib alanga.

Harnrnasi qolarkan go'dak yodida, Boshcfim sochilguvchi turshag - u tanga. Qish kuni to'y-u bazrn yo yayov uloq,

Y 0 nargi qishloqdan nogihon qorxat. Esirnda go' daklik - unutilmas choq, O'sha kunlarirndan qalbirnda bor xat... Qishlog'irn, tag'in ham suluvsan bugun, Tag'in ham suyuksan, rnening ardoqIim. Nechog'lik to'kissan, nechog'lik to'kin, Dunyo turguncha tur, qo'li qadoqlim.




r

- MIRTEMIR SHE'RLARI HAQIDA

Mirtemir she'rlari o'zbek she'riyatini har jihatdan boyitgan mazmunan teran va badiiy yuksak namunalardir. Ularda tabiat va inson hayotining xilma - xii ko' rinishlari, taassurot va kechinmalari g' oyat topqirlik va noziklik bilan aks ettiriladi. Shu ma'noda muxlislar Mirtemirni lirik shoir deb biladilar va qadrlaydilar.

Uning tabiat hodisalarini kuzatish orqali teran falsafiy xulosalar, go'zal qiyoslar, betakror obrazlar yaratish mahorati XX asming 50-60-yillarida yozgan «Bulut» va «Shudring» nomli she'rlarida yaqqol seziladi.

Bulut - bu yomg'ir darakchisi. Osmonda bulut paydo bo'lishi bilan barchaning xayolidan yomg'ir yog'adi degan fikr o'tadi. Shunga yarasha taraddud va ehtiyot choralari ko'riladi. Albatta, bemavrid yomg'ir yog'sa kayfiyat buziladi, ko'ngil g'ash tortadi. Bu, odatda, qop-qora bulut butun osmonni qoplab, kunni tundek qorong'ilikka chulg'agan damlarda bo'ladi. Ammo shoiming qo'liga qalam tutqizgan bu tabiat hodisasi yorug'lik, to'kinlik belgisi. Pag'a-pag'a oq bulut odatda bahor faslida yog'adigan yomg'irlami buvalarimiz «obi rahmat» deydilar. Buning ma'nosi shuki, ko'klam yomg'iri tabiatni yashnatib, dov-daraxtga, o'to'langa kuch-qudrat, quvvat ato etadi. Ekilgan ekinlarni barq urib yashnashi, daraxtlaming mo'l-ko'l meva berishi uchun qiyg'os gul1ashiga sabab bo'ladi. Bu o'z navbatida xonadonlarga rizq-u nasiba, to'kinlik kirishidan belgi. Shuning uchun ham shoir bu bulutni sutga, oqquvlarga, barqutga o'xshatadi. Uning sharofatidan paydo bo'lajak qut-baraka, tog'tog' uyulajak oppoq paxtani orzulab, bulutga murojaat etadi. Momaqaldiroq guldirab, goh to'lib-toshib sel bo'lib kelsa-da, yomg'ir yog'sin, yog'may o'tmasin deydi.

Ko'k yuzida dam qaldiroq, dam sukut,

Yog'may o'tma, pag'a bulut - oq bulut!

Yog'ib o'tsang - tizza bo'yi o't bo'lur,

O't bo'lur, ham sut bo'lur, ham qut bo'lur.

E'tibor bering, qanday quyma satrlar! Shoir «o't», «sut», «qut» so'zlarini maIjondek bir qatorga tizib, ham kuchli ma' no, ham yoqimli ohangdoshlikni ta'min etadi. O'quvchi qalbiga tabiatni sevishdan zavq ola bilishdek go'zal tuyg'ularni joylaydi.

Mirtemiming «Shudring» she'ridan ham xuddi shunday zavq tuyadi

kitobxon. E'tiborli tomoni shundaki, sarlavhadan boshqa she'rning biror

misrasida shudring so'zini LJchratmaymiz. Shoir faqat tasvir, o'xshatish .

,

qiyoslash, jonlangan tasavvurlar orqali tabiatning shudring deb nomlangan yana bir bag'oyat nozik va go'zal hodisasini aks ettiradi. Bu she'r ham bolalik xotiralari bilan hayotiy kuzatishlaming uyg'unligi asosiga qurilgan. Lirik qahramon - yosh, balki siz qatori yigitcha, chor atrofda bahoriy iliqlik kezgan nahor pallasi - erta tongda qishlog'idagi jar ustiga qurilgan osma ko'priklardan o'tib, o't-o'lanlari toptalmagan qirlariga oshiqadi. Undagi ko'katlar bargida, nihollar kurtagida, g'o'za yaproqlarida inju-dur-marvarid misol yaltirab, jilvalanib turgan shudringni kuzatadi. Uningjilvalaridan 101 bo'lib, yana boshqa o'xshatishlar topadi. Xususan, kelinlar taqinchog'iga, uzuk ko'zlariga, ko'zmunchoqqa, qizlarning suzilib turgan ko'zlariga qiyoslaydi. Va nihoyat juda o'ziga xos ramzlarga ishora qilib, shunday beqiyos obraz yaratadi.



Y o'q, bu giryon ko'zlaming yarqiroq zamzamasi, Kechasi onam tag'in yig'labdi-da chamasi...

Shoir fikrni rivojlantirib, shudringni ko'z yoshlarga o'xshatadi. Ko'z yoshlari dona-dona bo'lib to'kilganda, yaltirab ketadi. Odatda kimnidir intiqlik bilan kutayotgan odamning ko'zlari to'rt bo'ladi. Kuta-kuta toqati toq bo'lgach, yo sog'inch, yo o'kinishidan ma'yus tortib dona-dona yosh to'kadi. Shudring ana shu ko'z yoshiga o'xshaydi. Shoir nazarida bunday intizorlikdan ko'z yosh to'kuvchi kimsa bu - ona. Onaning munis- mushfiq mehribonligini nazarda tutib tabiatni ham ona deymiz.

Shudring ana shu ma'noda ona, ya'ni tabiatning ko'z yoshi degan nihoyatda nozik bir o'xshatish topadi shoir. Bujuda o'ziga xos, o'ta nafis kuzatish. Go'yoki tabiat ko'z yoshlarini to'kib barcha dov-daraxt, sabzalaming chang-- u gardlarini yuvadi, g'uborlaridan forig' etadi.

.. Odatda xayolot dunyosi keng, butun olamga o'z nigohi bilan qaray oladigan va so'z vositasida uni aks ettira biladigan mahoratli shoirlami so'z musavvirlari deymiz. Mirtemir domla ana shunday san'atkor shoir, haqiqiy so'z ustasi edi. Uning ijodiy merosida bunday she'rlar juda ko'p. «To'rg'ay» nomli mashhur she'r ham fikrimizning yaqqol isbotidir.

Shoir sayroqi to'rg'ay misolida o'z hayoti va ijodining butun mazmunini belgilagan bir haqiqatni ramziy ifodalagandek tuyuladi. Ya'ni tongni sevish - bu yorug'likni sevish, unga intilish demak. Tong hayot

I

nishonasi, ezg1J,..Orzularning am alga oshmog'i uchun umid bag'ishlovchi



paytdir. To'rg'ay, ba'zi kishilar nazdida, go'yoki tong-saharlab barcha

ning halovatini buzib, betinim sayraydigan, yengiltakjavroqi qush. Lekin u keng dalalaming moviy osmonida charx urib, o'ynab sayrar ekan, sholikor-u chorvadomi, bog'bon-u paxtakorni - barcha mehnat ahlini uyg'otadi, mehnatga, yaratuvchilikka chorlaydi. G'aflatda qolmaslikka, yorug' daqiqalarni boy bermay, bunyodkorlik bilan mashg'ul bo'lishga undaydi. Shuning uchun ham uni - tongni ardoqlaguvchi, hayotni maqtaguvchi bir qushni ezgulik darakchisi deb biladi shoir. Bu shunchaki qushni maqtash, uning bir xislatini namoyish etish emas. Balki to'rg'ay misolida shoirning o'ziga va o'z hamkasblariga «haqiqiy shoir o'z xalqining ovozi bo'lishi, uni ezgu ishlarga chorlashi, yorug' tuyg'ulami kuylashi kerak» degan murojaatidek tuyuladi. Mirtemir butun umri davomida ana shu aqidaga amal qilib yashadi. Xalqimizning to'y-tantanalarini, eng yaxshi insoniy xislatlarini kuyladi, kishilarimizni ezgu ishlarga ilhomlantirdi, mardlikni, jasoratni, samimiylikni ulug'ladi.

Shoir lirik merosida tabiat manzaralari va bolalik xotiralari bilan bog'liq she'rlar salmoqli o'rin egallaydi. Uning o'zi «Baliq ovi» she'rida yozganidek:

Bizning qishloq tog' bag'rida, Tog' bag'rida - bog' bag'rida, Etagida chopqillar soy,

Y ozda tiniq, kuzda tiniq.

Demak, shoir Turkiston shahrining Iqon qishlog'idagi Qoratog' bo'yida tug'ilib o'sgani, ya'ni tabiatning barcha go'zalliklaridan bahramand bo'lganini yodga olarkan, she'rlarida ana shu mavzulaming yetakchilik sababini tushuntirgandek bo'ladi. Bu satrlami o'qiganda, ko'z o'ngingizda aniq bir manzara namoyon bo'ladi. Tog' bag'ridagi qishloq, atrof daraxtzor, mevali bog'. U ning etagida sharqirab soy oqmoqda. Soy tabiatning ikki faslida tiniq oqadi - yozda va kuzda. Qishda suv kamayadi yo butkul to'xtaydi. Bahorda esa, ayniqsa, erta bahorda soy to'lib, loyqalanib oqadi. Xo'sh, muhtaram she'rxon, buning sababini nimada deb o'ylaysiz? Xuddi kimdir soy boshiga to'g'on qurgan-u, uni vaqt-vaqti bilan o'z xohishiga qarab ochadigandek fikr paydo bo'ladi. Aslida tabiatning o'zi eng oliy mo'jizadir. Rar bir hodisada bir sabab va

bog'liqlik bor. Qish sovuq kelib, tog'-u toshni qor bosganda, hamma yoq muzlab, soy ham to'xtaydi. Bahor kelib, kunlar iliqlasha borgani sari qorlar erib, soy to'lib oqa boshlaydi. Tog' cho'qqilaridan tushib kelayotgan suv yo'lidagi butun xor-u xaslarni, qum-u tuproqlarni ham qo'shib bo'tana bo'lib, loyqalanib ketadi. Bu holat bahor so'ngiga qadar davom etib, o'zan tozalanib bo'lgach, yoz va kuzda suv tiniqib qoladi. Shoir she'rida aynan shunga ishora qilib, «ko'klam chog'i soy butun loy» deya real manzara chizadi va ayni chog'da shu bo'tana suvlardan oziqlanib, soy qirg'oqlari jambil-u yalpiz kabi turli ko'katlar bilan qoplanishini tasvirlaydi. So'ng shoir bolalik xotiralariga o'tib, o'zining baliq ovlaganini hikoya qiladi. Ko'klam butun borliqni uyg'otganidek, to'lib oqayotgan soyning har yerida bekinib yotgan baliqlarni ham uyg'otadi go'yo. Shoirning lirik qahramoni, ya'ni bolalik paytidagi o'zi, suv bo'yida baliqlarning suzib, o'ynoqlashini tomosha qilib o'tirarkan, biror kattaroq baliqni ushlash ilinjida suvga non ushoqlarini tashlaydi. Buni ko'rib toshlar orasiga bekinib yotgan baliqlar suzib keladi. Bolaning mo'ljali ulkan baliqni tutib buvisiga olib borsa-yu, undan maqtov eshitsa. Biroq qo'liga sira baliq ilinmaydi. Sirg'alib chiqib ketadi-yu, tutqich bermay qochadi. Shunda bola to'r tashlab, bitta emas, barchasini ushlab olishni mo'ljallaydi. Siz ham, aziz o'quvchi, baliq oviga borgan yoki ko'l-u daryo bo'ylarida qarmoq tashlab, jimgina tikilib, xayol surib o'tirgan odamlarni kuzatgan bo'lsangiz kerak. Qarmoqqa baliq ilinishi bilan na kiyim-boshi ho'l bo'lishini va na qoqilib yiqilishi mumkinligini o'ylamay o'Ijasiga intilgan ishqibozlarning xatti-harakatlaridan zavqlangan bo'lsangiz kerak. Shoir ham o'z boshidan kechirgan shunday manzarani tasvirlar ekan, she'rdan ibratli xulosalar chiqarishga asos beradigan bir fikrni anglamoqchi bo'ladi. Ya'ni bundan keyin «To'r tashlasam ham, zo'r ta-shlayman» misrasi bilan o'zini katta orzular va katta'ishlarga chog'lanayotganini bildirib o'tadi.

Rar bir badiiy asar, jumladan, ko'rib o'tganimiz mazkur she'r ham ma'lum bir maqsad va g'oya tashiydi. Shoir tabiat ko'rinishlari

bilan bolalik xotiralarini uyg'unlikda tasvir etar ekan, o'quvchiga yorug' kayfiyat bag'ishlash bilan birga, uni ulug'vor niyatlarga ham chorlaydi. Go'zallikni his etish orqali ma'naviy yuksalishga da'vat etadi.

Mirtemirning yana shunday yorug' she'rlaridan biri «Qishlog'iffi» deb nomlangan. Buni «Baliq ovi» she'rining mantiqiy davomi deyish


11lumkin Bir qaraganda, bu she'rlarni solishtirib, dabdurustdan baliq

ovi haqid!i'gi taassurotlarga har turlik taomlar, mehmondo'stlik tasvirlangan she'rning nima aloqasi bor, degan savol berish mumkindek. To'g'ri, yuzaki qaraganda, bu voqealar o'rtasida hech bir aloqa yo'qdek

tuyuladi. Ammo har ikki she'rga diqqat qilsak, ularni mushtarak etib

turgan bir bog'liqlikni, mantiqiy davomiylikni sezamiz. Bu o'sha bolalik taassurotlari, shoirning qalbiga zavq, ko'tarinkilik bag'ishlayotgan xotiralar mushtarakligidir.

«Qishlog'im) she'rida shoir endi kamolotga yetgan, hayotning

ulg' aygan pallasida xotiralarga berilgan bir inson sifatida gavdalanadi.

Esimda go' zallik - unutilmas choq,

Q'sha kunlarimdan qalbimda bor xat...

Lirik qahramon oradan bir necha o'n yillar o'tib, qishlog'ini ziyorat qilishga kelganida awalgiday mehmondo'stlik va bag'rikenglikning guvohi bo'ladi. Va beixtiyor «yoramazon aytaD) pallalariniqo'msaydi. Bu tuyg'uni

go'yo o'quvchi qalbiga ham singdirmoqchi bo'lib, qishloq hayotining

jozibasini anglatuvchi turli tafsilotlarni keltiradi. .

Q'zbek qishloqlari hamisha to'kinlik va saxovat ramzi bo'lgan. Qishloqqa borgan odam he ch qachon e'tiborsiz qolmaydi. Mehmonni otaday ulug'lash, unga bor mehrini berib, ehtirom ko'rsatish qishloqlarimizda

azal-azaldan qolgan uduUl. Har bir xonadon egasi uyiga kirgan qo'noqni tansiq taomlar bilan siylashga harakat qiladi, borini mehmonning oldiga to'kadi. Awalo shuni ta'kidlash kerakki, odatda qishloq uylari qulflanmaydi. Doimo eshik ochiq. Uzoqmi, yaqinmi biror qarindosh, do'styor, tanish-bilishlar kelsa, albatta, dasturxon yoziladi. Qishloqda mehmonni siylaganda, qanaqa taomlar tortilsa, she'rda bari sanaladi. Zog'ora-yu so'k oshi, yovg'on-u go'ja, yupqa-yu tolqon, qovurdog'-u ku1chatoy. Juda bo'lmaganda, qatiq, qurt, jiyda, danag-u qovunqoqi qo'yadi. Mabodo bular ham bo'lmay qolsa, sariyog'day yoqadigan

yaxshi so'z bilan ko'nglingizni oladi qishloq ahli. Mana shularni aytar ekan, shoir bolalik davrining betashvish, beg'ubor, o'yinqaroq pallalarini yodga oladi.

Ramazon oylari qanday urf-odatlar bo'lishini yaxshi bilsangiz kerak. Hoynahoy o'zingiz ham o'rtoqlaringiz bilan eshikma-eshik yurib, yaxshi niyatlar bildirib, «yoramazon) deb boshlanuvchi qo'shiqlar aytgansiz.

Bolalar tilak bildirgan har bir xonadon biror shirinlikmi, turshag-u mayiz, yo kulchatoy, yo tanga, mayda pul chiqarib beradi. Bolalar shodon o'ynashib, qo'shiqlari, tilaklarini avjlantirib ketadilar. Shoir mana shu xotiralarni esga olib, ko'ngli farahga to'ladi. Qishlog'ining yanada obod bo'lganini, bugungi jamolini ko'rib sevinchi toshadi. Qo'li qadoq, demakki, tinimsiz mehnat qilib, to'kinlik yaratayotgan dehqonlami ulug'laydi. Qalbi mavjlanib, ona yurti sha'niga yana alyorlar aytadi.

Qishlog'im, tag'in ham suluvsan bugun, Tag'in ham suyuksan, mening ardoqlim. Nechog'lik to'kissan, nechog'lik to'kin, Dunyo turguncha tur, qo'li qadoqlim.

Mirtemir ijodida bulardan tashqari yanajuda ko'p mavzular qalamga olingan. U hissiyotlar dunyosijuda boy, hassos shoir bo'lgani, xalqimiz turmushi, urf-odatlarini yaxshi bilgani uchun har qanday mavzuda nihoyatda ehtirosli, juda shirali, boy badiiy til bilan mavzuning mohiyatini ochib bera olar edi. Quyma, mag'zi to'q satrlar, bir o'qishdayoq xotirada o'rnashib qoladigan qofiyalar, hamohang tovushlar shoir Mirtemiming naqadar katta iste'dod egasi bo'lganidan dalolat beradi.

--- --------

=.>.


Hozirgi zamon o'zbek adabiyotining namoyanda1aridan bo'lgan yozuvchi va jumalist Maqsud Qoriyev 1926-yili Toshkentda tug'ilgan. Uning bo1alik va o'smirlik yillari Ikkinchi jahon urushi paytiga to'g'ri ke1di. Shuning uchun u mehnat faoliyatinijuda erta boshlab, Yunusobod mavzeyidagi xo'jaliklarda ishladi. 1947 -yili Toshkent yuridik institutini tugatib, shu institutning aspiranturasida o'qishni davom ettiradi. Keyincha1ik nornzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi.

M. Qoriyevning jumalistik faoliyati o'tgan asrning 50-yillaridan boshlangan. Dastavva1 u «Qizil O'zbekiston» gazetasida, so'ng «Toshkent haqiqati» gazetasida bosh muharrir o'rinbosari va bosh muharrir 1avozimlarida ishladi. 1964-1984-yillarda, ya'ni yigirma yil davomida respublikaning eng asosiy gazetasi (hozirgi «O'zbekiston ovozi» )ga rahbarlik qildi. 1984-1992-yillarda «Mushtum» hajviy jumali bosh muharriri, undan keyin «Mehrigiyo» gazetasi bosh muharriri bo'lib ishladi.

60-yillaming o'rtalaridan birin-ketin Maqsud Qoriyevning nasriy asarlari bosila boshlaydi. «Oydin kecha1af» (1968), «Jiyda gullaganda»

(1970), «Oy tutilgan kecha» (1971), «Qiz uzatib borganda» (1972), «Afrosiyob go'zali» (1974), «Tuma1ar ba1and uchadi» (1976), «Oydin»

(1979) kabi kitob1ari nashr etiladi. Bu asarlaming asosiy mavzu1ari yoshlar haqida bo'lib, u1arning ma'naviy olami, o'z hayot yo'llarini topib olishdagi mashaqqatlari, orzu-intilishlari aks etadi. Ayrim qissa va hikoyalarda yaqin tariximizdagi voqea1ar, jumladan, fuqaro1ar urushi, ozodlik harakat1ari qa1amga olinadi. Ota-bobo1arimizningjasorati hikoya qilinadi. Bu asarlar Maqsud Qoriyevni yirik janrdagi nasriy asarlarga

o'tishi uchun o'ziga xos bosqich bo'lib, yozuvchi 80-yillardan qadimgi

.,

buyuk ajdodlarimiz hayoti, qahramonona ishlari, uzoq tarix kechmishlari



borasida hikoya qiluvchi yirlk romanlar yarata boshlaydi. «Spitamen»

(1985), «Ibn Sino» (1995), «G'aznaviylaf» kabi tarixiy romanlar shu siradandir. Bulardan tashqari adib turli mavzu va yo'nalishdagi «Ibn Sinoning bolaligi», «Yulduzlarda edi xayoli», «Osiyo go'zali», «Tojmaha!», «Qaytar dunyo», «Temur haqida hikoyalaf», «Ezgulikka intilib»kabi o'ndan ortiq yangi to'plamlarini ham kitobxonlarga so'nggi o'n yil davomida taqdim etdi. Y ozuvchining Q«aldirg, ochlar bahorda keladi»

hikoyasi va «Qiz uzatib borganda» qissasi asosida badiiy fllmlar suratga olingan. Maqsud Qoriyev «O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi», «Shuhrat» medali, «El-yurt hurmati» ordeni va jumalistika sohasidagi xizmatlari uchun «Oltin qalam» mukofoti bilan taqdirlangan.

QALDIRG'OCHLAR BAHORDA KELADI (Hikoya)

Bu voqea Toshkentda yer qimirlagan o'sha dahshatli unutilmas yilda bo'lib o'tgandi. Biz, yer qimirlashning qoq markazida, mashhur Qashqar mahallasida istiqomat qilardik. Yuz bergan tabiiy of at tufayli uyimizning hamma yog'i buzilib-yorilib ketib, bunday qaraganda xonalar but-butun turgan bo'lsa-da, le kin yashash uchun mutlaqo yaroqsiz holga kelib qolgandi. Yaxshiyam, baxtimizga o'sha kezlari iliq-issiq kunlar boshlanib ketdi, chodir tikib hovliga chiqa qoldik.

Albatta, odatdan tashqari bunday yashash sharoiti romantikaga ishqiboz bolalargajuda qo'l keldi. Ayniqsa, ko'ch-ko'ronlarimizni yig'ib hovliga chiqib olganimiz qizimiz Nodirada alohida qiziqish uyg'otdi. Lekin qizig'i shundaki, endjgina oltinchi sinfga o'tgan, har turli sarguzasht hikcwalarga qiziquvchi, biror gap bo'lsa tagiga yetmasdan tinchimaydigan bu sersavol qiz awaliga hazil-huzul qilib yurdi-yu, keyin el boshiga chinakamiga katta tashvish tushganligini tushunib, o'zini xuddi kattalardek jiddiy tutadigan bo'lib qoldi. Buning boshqa sabablari ham bor ekanki, unisi bizga keyin ma'lum bo'ldi.

Esimda, uyimizning o'rtadagi katta xonasining shiftiga qaldirg'ochlar uya qo'yishgandi. Bu ajoyib qushchalar har yili bahor faslining ma'lum kunlarida biznikiga uchib kelishar, o'zlari qurgan inlarining u yoq-bu

yog'ini «tuzatib», keyin o'sha uyada yoz bo'yi bemalol <

qilishardi. Biz butun oilamiz bilan qaldirg'ochlarga judayam o'rganib

qolgandik, ayniqsa, yakka-yu yagona qizimiz Nodira ulami juda sevar, bahor boshlandi deguncha qaldirg'ochlar kelishini orziqib kutardi. Ba'zan qish cho'zilib ketsa, .kehikib. qlyotgn vfor ?o'slarini q?'sab, havoning tezroq yunShlb kettshiru o'zlcha ilttJo qilardl. Yer qlmulab, hamma narsa hovlida ochiq-sochiq yotgan, oilada besaranjomlik hukm surgan bir sharoitda Nodira o'z qaldirg'ochlarining taqdiri haqida o'ylayotgan bo'lsa ham ajab emas.

Mana, hamma narsani qish uyqusidan uyg'otib, elga olam-olam gul, chechak, go'zal1ik hadya etib ko'klam boshlandi. Bahor uchun turli tabiiy ofatlar, yer qimirlash degan narsalar baribir, aloqasizdek...

Bir kuni tong bilan to'satdan bahor jarchilari - qaldirg'ochlar ham paydo bo'lib qolishdi, go'yo xonadonimiz to'lib ketgandek, boshimizdagi tashvish biroz bo'lsa ham kamaygandek tuyuldi bizga. Nodiraning esa quvonchi cheksiz edi.

Qaldirg'ochlar kela solib shoshilgancha o'z xonalariga kirib ketishdi, keyin tezda qaytib chiqib nimalardir deb chug'urlasha boshladi. Goho eshikdan, goh ochiq derazadan kirib, butun xonada girdikapalak bo'lib aylanishar, nima uchundir bezovta bo'lib vijirlashardi. Xul1as, o'zaro «muhokama» bir necha daqiqa davom etdi-da, keyin qaldirg'ochlar birpasda qayergadir g'oyib bo'lishdi, xonadongajimlik cho'kib, hamma yoq suv quygandek huvillab qoldi.

Biz, qaldirg'ochlar tezda qaytib kelar, deb o'yladik, ammo bir necha daqiqa o'tgan bo'lsa-da, ulardan darak bo'lmadi. Nodiraning ruhi tushib ketdi, quvonchi tugab, ko'ngli buzildi. Axir, shuncha yillardan beri bir xonadonda turib, bir-birovlariga o'rganishib qolgan vafodor «do'stlari» ketib qolgandi-da. Qiz qalbi ezilib, ginaxonlik qilgandek ham bo'ldi: «Nahotki, boshimizga tashvish tushib, uylarimiz buzilib yotgan sharoitda qaldirg'ochlar bizni tashlab ketishsa», o'yladi Nodira. Oshxonada ovqat tayyorlayotgan onasining yoniga borib, arz-dodini

ayta ketdi: .

- Oyijon, menga qarang, axir endi nima qilamiz-a, qaldirg'ochlar

ketib qolishdi - ku...

- Voy qizim-ey, qayerga ham ketishardi, hozir qaytib kelishadi, 

dedi onasi beparvo.

- Yo'q, kelishmaydi, so'zlashganlarini o'zim eshitdim... - qizining'

gapiga onasi birdan xandon tashlab kulib yubordi:

- Voy qizim tushmagur-ey, gapiga qarang-a, qaldirg'ochlar

so'zlashgan emish. Xo'sh, ulaming gaplarini qanday tushunding?

- Tushundim-da, o'zim bilaman, ilgarigi yillardagidan ancha boshqacharoq chug'udashdi. Bilasizmi, oyijon, ular juda bezovta bo'lishdi, ha, ishonavering...

- Vylarimiz ahvolini ko'rib achinishgandir, qushlar juda ham sezgir

bo'lishadi. '

- Balki shundaydir...

Shu vaqt qaldirg'ochlar qaytib kelib qolishdi. Endi ular uyga kirmay,

ayvonda aylana boshlashdi. Keyin bilsak, ular o'z rejalarini o'zgartirib, uy masalasini boshqacharoq hal etishgan ekan. Katta tashlab, birdaniga ayvonning shiftiga in qurishga kirishib ketishgandi. Qarabsizki, «qurilish» ishlari tez sur'atlar bilan boshlanib ketdi, mohir «quruvchilar» charchash nimaligini bilmay, tong sahardan to kech qorong'isigacha tinimsiz ishlashardi, arxitektor ham, quruvchi ham, shuvoqchi ham o'zlari... Qaldirg'ochlarning shunchalik jafokash, mehnatkashligiga tahsinlar o'qiysan, kishi. Xullas, jafokash qushlarning igna bilan quduq qazigandek, o'z uylari poydevorini asta-sekin qurayotganliklarini doimiy kuzatib borayotgan Nodira tabiiy ofatdan chetda qolmagan qushlarga rahmi kelar, <

Shu orada shahar markazida moskvaliklar barpo etgan ko'p qavatli yangi uy binosi bitdi-yu, bizga undan uch xonali kvartira berishdi. Nima ham qilardik, bir necha yillardan beri yashagan, yoshlik yillarimiz 0 'tgan qadrdon xonadonimizni tashlab ketishga to'g'ri keldi. Yangi uyga ko'chib ketayotgan bo'lsak ham, harholda, yuragimiz uyushdi, ayniqsa, Nodira

judayam bo'shashib qoldi. Hamma-hamma bilan-ku, qiz tushmagur: «Qaldirg'ochlar nima bo'ladi», - deb turib oldi.

- Jon adajon, qaldirg'ochlarni yangi uyga olib ketaylik, - deb ko'ziga

yosh oldi.

- O'zing ko'rib turibsan. Vlar uy qurishyapti, shu yerda yashashlari

kerak, - dedim uni yupatib.

- Axir biz ketsak, quruvchilar uyni buzishadi-yu, unda sho'rliklar

nima qilishadi?

N odiranfug savollariga javob bera olmaymiz, keyin yana uni yupatishga

harakat qila11'l1:2:

- Uy hali-beri buzilmaydi, ungacha qaldirg'ochlar bemalol bola

ochib, ulami katta qilib olishadi.

- Hammasidan xabarim bor, qo'shnimizning qizi aytdi, bu yerlarga

katta imoratlar tusharmish, qishga qadar bitar emish!..

- Unday emas, harholda, kuzga qadar buzilmaydi.

- Mayli, kuzgacha buzilmasin deylik, xo'sh, yanagi yil bahorda

qaldirg'ochlar qayerga kelishadi?

- Ko'rib turibsanki, qaldirg'ochlar judayam aqlli qushlar, mana ular o'zaro maslahatlashib, nurab turgan uyga kirmay bizni hovlida yashayotganimizni ko'rib o'z inlarini ayvonga qurishdi, bas, shunday bo'lgach, yanagi yil bahorda yana qaytib kelishsa, albatta, o'zlariga yarasha

joy topib olishadi.

- Qayerdan topisharkin-a? - taajjublandi Nodira.

- Balki bizning ko'p qavatli uylarimizga borishar.

- Rostdanmi-a, adajon, qani endi shunday bo'lsaydi... - sevinib

dedi N odira. .

Shunday qilib, oradan bir hafta o'tgach, ko'chlarimizni ortib yangi uyga ko'chib ketdik. Eson-omon yangi uygajoylashib oldik. Keng, shinam qilib qurilgan, barcha sharoitlari, qulayliklari bo'lgan qutlug' xonadonimiz hammamizgajudayam yoqib tushdi. Hayotimiz o'z iziga tushib ketdi.

Kunlardan bir kuru Nodira bilan birgalikda ba'zi bir zarur maydachuydalami olib kelish uchun Qashqar mahallasidagi eski uyimizga yo'loldik. Hovliga kirishimiz bilan men ham; Nodira ham ayvondagi qaldirg'ochlar qurayotgan uyaga qaradik. Qaldirg'ochlar yo'q edi, biz avvaliga hovli o'rtasida turgancha, qaldirg'ochlar «qurilish materiallari»

tashiyotgan bo'lsa kerak, hozir kelib qolishar, deb biroz kutdik. Lekin qushlardan darak bo'lmadi, aftidan, ular «yangi uy» qurilishini chala qoldirib, allaqachon uchib ketishgandi...

Nodiraga qaradim, ko'zlarini yerga tikkancha sukut saqlab turardi. Nodira ham qarab turganimni bildi-yu, ko'zlaridagi namni bildirmaslik uchun yuzini chetga burdi. Ota-bola indamasdan huvillab yotgan bo'sh hovlidan tezda orqamizga qaytib chiqib ketdik. Nima uchundiryuragim uzilib ketgandek tuyuldi, ko' chib ketayotganda ham bunchalik xafa bO'lmagan edim...

«QALDIRG'OCHLAR BAHORDA KELADI» HIKOYASI HAQIDA

O'zbekiston poytaxti bo'lgan Toshkent shahrining bir necha ming yillik tarixi haqida ko'p eshitgansiz. Uning hozirgi hayoti, shahar nihoyatda ko'rkam qiyofa kasb etganini ham yaxshi bilasiz. Toshkent bugun dunyoning eng go'zal shaharlari qatoridan joy olgan muazzam poytaxtdir. Bu yerga har kuni qanchadan qancha mehmon-u sayyohlar kelib ketadi. Ne-ne anjumanlar, xalqaro tadbirlar bo'lib o'tadi. Ana shu ulug'vor shahrimizning yaqin tarixida, bundan qirq yillar muqaddam shunday bir qayg'uli kunlar bo'ldiki, buni ota-onalaringiz, buvi-buvalaringiz yaxshi eslashadi.

1 966-yil 26-aprel tongotarida Toshkentdajuda kuchli yer qimirlashi sodir bo'lib, minglab xonadonlar vayronalikka uchradi, yuzlab kishilar talafot ko'rdi, mayib-majruh bo'ldi, qancha odamlar vayronalar ostida qolib, bevaqt hayotdan ko'z yumdi. Bu mash'um voqea Toshkentning yangi tarixidagi eng tahlikali, qo'rqinchli kunlardir. Ayni chog'da

xalqimizning, xususan poytaxt xalqining sinovlardan o'tgan, jipslik, ahillik, matonat ko'rsata olgan shonli tarixi hamdir bu kunlar. Xalqlar, millatlar do'stligi ham katta imtihondan o'tgan, mehr va qadr kabi yuksak ma'naviy fazilatlar namoyon bo'lgan damlar edi u damlar. Toshkent juda tez fursatlarda qayta tiklandi, go'yoki yangitdan barpo etildi. O'sha kunlarda tug'ilgan o'g'il-qizlar bugun o'zlari ota, ona va hatto ayrimlari nabira ko'rgan buvi-buvalardir. O'sha kunlarning xavotirli va ma'yus damlari endilikda xotira va tarix bo'lib qoldi.

Y ozuvchi Maqsud Qoriyev ana shu zilzila davri bilan bog'liq hayo

tiy voqeani qalamga oladi. Hozirgi «Olimpia shon-shuhrati muzeyi»

joylashgan bino atroflari o'sha kezlar mashhur Qashqar mahallasi deb yuritilardi. Toshkenfning markaziy mavzelaridan edi. Ana shu joy zilz[laning ham asosiy markazi bo'lib, tabiiy ofatdan eng ko'p zarar ko'rgandi. Shu yerdagi xonadonlardan birida yashovchi Nodira Sizning tengquringiz, juda ta'sirchan, romantik tabiatli, har turli sarguzashtlarga qiziquvchan qiz. Tabiatan quvnoq, sersavol qiz zilzila tufayli barchaning chuqur tashvishda, hovli-ko'chalarga chodir tikib yashayotganini ko'rib, jiddiy tortib qoladi. Buning sabablaridan yana biri «qaldirg'ochlar tashvishi» edi.

'11f\ -- 

--


Siz uylarnjDg shiftlarida bejirimgina qurilgan qaldirg'och uyalarini ko'rgan bo'lsangiz kerak-a? Bahor darakchilari bo'lgan bu qushlar ko'klam kelishi bilan paydo bo'lib, o'zlariga yashash uchun qulay joy izlaydilar. Chunki tuxum qo'yib, bola ochishlari uchun sharoit yaratishlari kerak. Odatda qaldirg'ochlar har yili kuzda tark etgan uylariga bahorda kelib yana joylashadilar. Albatta avval uyaning u yoq-bu yog'iga qarab, «ta'mirlab» so'ngjoylashadilar. Yoki yangijoylarga, ya'ni uy bo'g'otlariga in quradilar. Ular shu qadar mehnatkash va saranjomki, e'tibor qilsangiz, erta-yu kech tinimsiz ishlaydilar. Musichalarga o'xshab duch kelganjoyga, nomigagina in qurib, shunda ham xas-xashakdan omonat qilib yasamaydilar. Aksincha, shiftlarning balandligi, bexavotirligini e'tiborga olib, mustahkam va ishonchli qilib uya quradilar.

Bu uyalar qurilayotganda hech bir xonadon egasi monelik qilmaydi. Aksincha, qaldirg'och uya qurayotganjoyga qut-baraka kiradi, to'kinlik, yaxshilik keladi, deb xursand bo'ladilar. Xalqimizning qaldirg'och insonga yaxshilik qilguvchi, sodiq do'st ekanligiga oid qanchadan qan

cha rivoyat va ertaklari bor. .

Darhaqiqat, qaldirg'ochning zahmatkashligi va sarishtaligini, bolalari uchun naqadar jonkuyarligini ko'rib, ularga havasingiz keladi. Xullas, hikoya qahramoni Nodira uylariga in qurgan qaldirg'ochlarga mehr qo'ygandi, ulaming har yili ko'klamda qaytib kelishini orziqib kutardi. Bu safar ham do'stlashib qolgan qushlarini sog'inch bilan kutib, zilzila tufayli yaroqsiz holga kelgan uylarimizga qaytisharmikan, degan tashvishda. Bahor tonglarining birida tuyqus qaldirg'ochlar paydo bo'lib, Nodiraning shodligi olamni tutadi. U intizor kutgan qushlar kelgan edi. Biroq qaldirg'ochlar shunchalar fahmli qushlarki, xonalar shiftidagi eski uyalariga kirish xavfli ekanini sezadilar-da, qaytib ketadilar. Bundan qiz ko'ngliga ma'yuslik cho'kadi. O'zi shunchalar suygan qushlar, nahotki boshimizga tashvish tushganda, bizni tashlab ketadilar, deb o'ksinadi. Lekin qushlar o'z sadoqatlarini bildirib, yana qaytib keladilar. Faqat endi uyning ichiga kirmay, ochiq ayvon shiftiga yangi uya qura boshlaydilar. Yozuvchi ana shu voqeani tasvirlar ekan, bu bilan do'st har qanday mushkulliklar ro 'y berganda ham sadoqatini saqlamog'i lozimligini shu kichkinagina qushlar misolida ko'rsatmoqchi bo'ladi. Qaldirg'ochlaming qaytishi N odiraning ularga ishonchini, mehrini oshirishi bilan birga, shunday tabiiy of at yuz bergan sharoitda umidini, zavq-shavqini

so'ndirmaslikka sababchi bo'lardi. Nodira yashayotgan xonadonning yaxshiligini, oila a'zolarining mehribonligini, ahil-inoq va qalbi pok

insonlar ekanligini ham anglatadi. Chunki rivoyatlardan ma'lumki

,

qaldirg'och har qanday xonadonga uya qurib yoki avvalgi qurgan uyiga yana qaytib kelavermaydi. Xonadon egalarining yaxshi ins on ekanliklarini, mehr-muruvvatli ekanini sezsagina qaytadi. Yozuvchi qaldirg'ochlar xatti-harakati tasviri orqali tushkunlikka tushgan oila vaqtincha qiyinchiliklarga duch kelganini, hademay yana quvonchli damlar boshlanib, xonadon obod bo'lishidan darak berayotganini anglatmoqchi bo'ladi. Shu bilan birga Nodira obrazi orqali tabiatga, uning tuna ko'rinishlariga, hayvonot olamiga mehr qo'yishini, bu g'oya orqali esa insonlarni ham bir-birlariga oqibatli bo'lishlarini ta'kidlamoqchi bo'ladi. Darhaqiqat, N odira juda oqibatli qiz edi. Yangi uylarga ko' chish xabarini eshitishi bilan uni dastlab xavotirga solgan fIkr qaldirg'ochlaming taqdiri bo'ladi. Otasining eski uylar kuzgacha, ya'ni qaldirg'ochlar bola ochib, ulami uchirma qilib, issiq o'lkalarga ketgunlariga qadar buzilmaydi, degan so' zlaridan taskin topadi. Biroq uni keyingi yillar tashvishi, yangi uylarga qanotli do'stlari kelisharmikan, degan savol qiynar edi. Ular yangi uylarimizni qayerdan topisharkin degan mulohazaga ham boradi. Yangi uylarga ko'chib, eski uydan ba'zi zarur maydachuyda narsalami olib ketishga kelganlarida, ayvon shiftidagi uyalaming oxirigacha qurilmay, chala qoldirib tashlab ketilganini ko'rib, Nodiraning ko'zlariga yosh keladi. U qaldirg'ochlarni tashlab ketgani uchun o'zidan ham xafa bo'layotgan edi. Chunki qaldirg'ochlar kimsasiz uylarga in qurib, vayronalarda odamlarga qo'rquv solib o'tiradigan boyqushlar emas. Hikoya muallifI, odamlar ko'chib ketgan uydan qaldirg'ochlar ham chiqib ketishini ko'rsatar ekan, yana bir karra oqibatli bo'lish kerakligini ta'kidlaydi. Qushlar Nodiralar uyining ahvoli yomonligini ko'rsalar ham shu xonadonga qaytib kelgan edilar. Chunki ular shu uydagi insonlardan mehr, xayrixohlik ko'rgandilar. Ammo insonlar o'sha sadoqatga yarashajavob qilolmadilar. Nodiraning ko'zlarini nam qilgan tuyg'u ana shu edi. Hikoyadan kelib chiqadigan asosiy xulosa insonda mehr, oqibat, do'stlik, sadoqat degan tuyg'ularni tarbiyalash, ularni asrab-avaylash g'oyasidir. Yozuvchi qaldirg'ochlar ibrati orqali, Nodiraning xatti-harakati orqali o'z o'quvchilarinijuda muhim ma'naviy masalalar haqida ko'proq o'ylashga da'vat qiladi.



XX asrdagi nafaqat fransuz, balki jahon adabiyotining yetuk namoyandalaridan biri hisoblanmish Antuan de Sent- Ekzyuperi 1900-yil 29-iyunda Fransiyaning yirik shaharlaridan biri Lionda kambag'allashgan zodagonlar oilasida dunyoga keldi. Otasidan erta yetim qolgan Antuanning bolaligi Lion yaqinidagi buvisiga qarashli Sen-Moris maskanida o'tdi. Antuanjuda sho'x, quvnoq va ziyrak bola edi.

1909-yildan 1914-yilgacha Antuan va uning akasi Fransua Man shahridagi kollejda ta'lim olishdi. Birinchi jahon urushi boshlangach, ulaming onasi o'g'illarini Shveysariyadagi xususiy kollejlardan biriga 0' qishga yuboradi. 1917- yili akasi Fransua bevaqt olamdan 0 'tgach, Antuanning qalbida chuqur o'zgarish ro'y beradi va ilk bora yashashdan maqsad nima, degan savolga javob axtara boshlaydi.

Yosh Antuan Nafis san'at akademiyasining arxitektura fakultetiga o'qishga kiradi, biroq insonning hayotdagi o'mi haqidagi fIkrlar uni aslo tark etmaydi, zero Antuan o'z hayotini aniq bir sohaga bag'ishlam9qchi, insoniyatga chinakam naf keltiradigan ishga qo'l urmoqchi edi. 1921- yili u arxitektura fakultetini tark etadi va Fransiya harbiy havo kuchlari safiga xizmatga kiradi.

1926-yil Sent-Ekzyuperi uchun hal qiluvchi yil bo'ldi. Shu yili U «Latiko- Eyr» havo kompaniyasiga ishga kirib o'zi sevgan mashg'ulo bilan shug'ullana boshlaydi va o'zining «Uchuvchi» nomli birinchl hikoyasini e'lon qiladi. Shu kundan boshlab to umrining oxirigacha Sent-Ekzyuperi uchuvchi bo'lib qoladi. Sent-Ekzyuperi Yevropaning,

Afrika va lptin Amerikasining turli burchaklariga uchar, yuk va yo'lovchilami tashir edi. Keyinchalik u G'arbiy Saxara (hozirgi Mavritaniya)ning Kap-Jubi shahri aeroportining boshlig'i, so'ngra bir fransuz aviakompaniyasining Argentinadagi bo'limi boshlig'i lavozimlarida ishladi.

Sent-Ekzyuperi o'zining bo'sh vaqtlarini adabiyotga, musiqaga va ixtirochilikka bag'ishladi. I 929-yili u o'zining ilk yirik asari <

Sent-Ekzyuperi o'zining eng mukammal asari - «Erkaklar zamini» (1939) romanida zamon va insonlar haqidagi o'ylari hamda chuqur fikrlarini bayon qilgan va bu asar Fransiya Akademiyasi tomonidan eng yaxshi roman uchun Gran Pri mukofotiga sazovor bo'lgan.

Fashistlar Germaniyasi Fransiyaga hujum qilgan birinchi kundanoq Sent - Ekzyuperi harbiy havo kuchlariga xizmatga qaytgan va urush frontlarida razvedka uchishlari bilan shug'ullangan. Fransiya urushda mag'lubiyatga uchragach, u Amerika Qo'shma Shtatlaridan boshpana topadi va 1942-yili «Harbiy uchuvchi» novellasini, 1943-yili esa «Kichkina shahzoda» falsafiy ertagini yaratadi.

1943-yil Antuan de Sent-Ekzyuperi yana jangovar safga qaytadi. Fransiyaning Shimoliy Afrikadagi mustamlaka o'lkalarida fashistlarga qarshi kurashadi. 1944-yil31-iyulda u so'nggi parvozga chiqadi - Antuan de Sent - Ekzyuperining samolyotini fashist qiruvchisi urib tushiradi. Bu mudhish voqea uning jonajon vatani Fransiya ozodlikka erishishiga atigi

uch hafta qolganda yuz berdi. .

Antuan de Sent - Ekzyuperi kitobxonlar uchun haligacha mashhur adib bo'lib qolyapti. Xo'sh, uning mashhurligi sababi nimada? Hamma gap shundaki, ijoddagi samimiyat, insonga mehr, nozik did he ch kimni befarq qoldirmaydi. Bo'lmasa urush tufayli hayotdan bevaqt ko'z yumgan adib va shoirlar kam deysizmi. Shunday ekan, nega Antuan de SentEkzyuperi mashhur, uning «Kichkina shahzoda» ertak-qissasi bu qadar sevimli asar? Sababi yuqorida biz ta'kidlagan o'lmas qadriyatlarda! «Kichkina shahzoda»ning kuchi ham ayni shunda.

«Kichkina shahzoda» ertagi Antuan de Sent-Ekzyuperining eng

kichik asarlaridan biri bo'lsa ham, unda adibning inson hayotining "-'

ma'nosi va mazmuni hagidagi dardlari va falsafiy mushohadalari, insonlar o'rtasidagi do'stlik, birodarlik, hamdardlik va o'zaro hurmat munosabatlari, Y ovuzlik va Y omonlikka qarshi kurash g' oyalari aks ettirilgan.

Asar to'g'risidagi mulohazalarni yozuvchining ushbu muhim gapini eslash bilan boshlasak: «Men kitobimning shunchaki ermak uchungina 0' qilishini aslo istamayman».

Aziz o'quvchi, demak, Siz bilan biz bu asarga juda jiddiy e'tibor

qaratishimiz kerak ekan-da.

Xo'sh, yuzaki qaraganda ertaknamo tuyuladigan bu qissada qanday sir-u sinoat yashiringan ekan? Sizda asar to'g'risida tasavvur hosil bo'lishi uchun avval uning asosiy voqealarini eshiting.

Adibning kasbi uchuvchilik ekanini bilasiz. Asarda tasvirlanishicha, navbatdagi parvozlarning birida uning samolyoti buzilib, kimsasiz Sahroyi Kabirga (Afrikadagi ulkancho'lga!) qo'nishga majbur bo'ladi. Huvullab yotgan sahroda, tong saharda uning tepasida bir g'aroyib bola paydo bo'ladi. Keyinroq ma'lum bo'lishicha, bu tillarang sochli, qo'ng'iroq tovushli bolajon mittigina olis sayyorada bir o'zi yashar, bir yil muqaddam sayyoralararo sayohatga chiqib, nihoyat Yer planetasiga kelib qolgan ekan. U uchuvchi amakiga bir-biridan qiziq savollar berishdan, xuddi katta odamlardek u bilan tortishishdan charchamasdi (o'zbek kinorejissori Zulfiqor Musoqovning «Abdullajon» filmini ko'rgan bo'lsangiz kerak!).

Muallif «Kichkina shahzoda» deb nom qo'ygan bu bolaning aytishicha, uning sayyorasida baobab deb nomlanadigan xavfli bir daraxt urug'i nihoyatda ko'p ekan. Shahzoda har tongni endigina urug'dan chiqqan ba.obab ko'chatlarini yulib, o'z sayyorasini tozalash bilan boshlarkan. U to Yerga kelgunga qadar bir necha sayyoralami o'rganibdi. Ularning birida yakka-yolg'iz qirol, boshqasida shuhratparast bir kimsa, keyingi sayyoralarda esa piyonista, korchalon, xonadan chiqmay yostiqday-yostiqday kitoblar yozadigan chol va tinimsiz fonus chiroq yoqish bilan band charoqbonni uchratibdi. Kichkina shahzoda

Yerda ham talay mavjudot bilan muloqotda bo'ladi. Ilon, tulki, gul, bekat nazoratchisi, savdogar shular jumlasidandir...

Nihoyat, uchuvchining samolyoti tuzaladi, Kichkina shahzodaning



ham o'z sorasiga qaytish vaqti keladi. Hikoyachi o'zining yosh do'stlariga asar oxirida shunday xitob qiladi:

«Agar qachonlardir Afrikaga, sahroga borib qolsangiz, bu joyni tanishingiz oson bo'ladi. Mabodo shu yerdan o'tar bo'lsangiz, o'tinib so'rayman, mana shu yulduz ostida bir nafas to'xtang! Bordi-yu shu payt tillarang sochli bir bola yoningizga kelib, qo'ng'iroqdek tovush bilan kula boshlasa, birorta savolingizga javob bermasa, o'ylaymanki, kimga duch kelganingizni albatta sezsangiz kerak. O'shanda, sizdan o'tinib so'rayman, dardli dilimga yupanch berish esingizdan chiqmasin: uning qaytib kelganini menga zudlik bilan xabar qiling».

Xo'sh, Kichkina shahzodada yozuvchining «dardli diliga yupanch beradigan» qanday mo'jiza bor ediki, u bu qadar intiq kutmoqda?

Keling, Sizni ham ortiq diqqat qilmay, «sir»ni ocha qolaylik. Gap shundaki, bu asarning uchuvchidan boshqa deyarli barcha qahramonlari (ular esa goh inson, goh hayvon, goh o'simlik shaklida ishtirok etadilar) ramziy xarakterga ega. Adabiy asarlarda odamlarga hayotning o'zgarmas qonunlariga xos bo'lgan azaliy sifatlarni o'zida umumlashtiradigan ramziy obrazlar yaratish an'anasi mavjuddir. Endi ana shu nuqtayi nazardan «Kichkina shahzoda» asariga qayta nazar tashlaylik. Axir o'ylab ko'ring: bitta sayyorada birgina Kichkina shahzoda, birgina shuhratparast yoki piyonistagina yashashi mumkinmi? Demak, yozuvchi alohida nom qo'ymay, 325, 326, 327 va boshqa raqamlar bilan belgilagan bu asteroidlar aslida odamlarga xos bo'lgan fazilat va nuqsonlar ekan-da! Mana, piyonista yashaydigan sayyorada (demak, shu xavfli kasallikka mubtalo bo'lgan insonlar qalbida!) kechgan suhbatga quloq tuting:

« - Nima qilyapsan? - deb so'radi Kichkina shahzoda.

- Ichyapman, - dedi piyonista xo'mrayib.

- Nega?


- Unutmoqchiman.

- Nimani? - deb so'radi Kichkina shahzoda piyonistaga rahmi kelib. - Shu ishimning uyatligini, - dedi piyonista tan olib va boshini quyi

soldi.

- Qaysi ishing? - deb so'radi Kichkina shahzoda, boyoqishga yor



dam berishni jon-dilidan istab.

- Ichishim uyat! - dedi piyonista va qaytib og'iz ochmadi.

Anchadan so'ng Kichkina shahzoda lol-u hayron bo'lib, tag'in yo'lga

-'


tushdi.

;

«Ha, shubhasiz, kattalar juda-juda g'alati xalq», deb xayolidan



kechirdi yo'lida davom etarkan».

Kichkina shahzoda xuddi shu tarzda qirol, shuhratparast, korchalon (byurokrat), hech kimga nafi tegmaydigan kitoblar yozib o'zini ovutadigan chol va boshqalar bilan suhbat quradi. Bu insoniy ojizliklar uning yuragini g'ash torttiradi.

Xo'sh, unda Kichkina shahzoda qiyofasida asarda qanday kuch namoyon bo'ldi, deb so'rarsiz?

Biz uni EZG ULIK deb nomladik! N egaki, ezgulikkina yovuz boababning g'ovlab ketishiga - olamni yomonlik egallab olishiga qarshi har kuni kurashga chiqadi. Qalbida ezgulik yashaydigan insongina o'zi

suygan feruza guli - sevgi - muhabbatini himoya qila oladi...

Ezgulikning «Ko'ngil ko'zi ochiq» bo'ladi!

Afsuski, shaytoniy vasvasalarga uchgan odamzod hayotida Ezgulikning

yashashi oson kechmaydi. Xuddi shu tufayli ham Kichkina shahzoda yetti sayyorani ham, hatto Yer yuzini ham tezda tashlab ketadi. Xuddi shu ayriliq yozuvchi Antuan de Sent- Ekzyuperi dilini dardli, ko'zini yosWi qiladi. Xuddi shu abadiy og'riq va dard kuylangani tufayli ham adib qalamidan to'kilgan «Kichkina shahzoda» asarini butun insoniyat izlab topib o'qiydi, yuragining to'rida saqlaydi.

Va nihoyat, shunday o'lmas asarni yaratgani uchun ham yozuvchi vatani - Fransiyada, Antuan de Sent-Ekzyuperi tug'ilgan yurt - Lion shahri markazida unga ajoyib bir haykal o'matilgan. Ko'kka bo'y cho'zgan baland oq marmar ustun ustida adib o'tiribdi, uning yelkasiga qo'lini qo'ygancha Kichkina shahzoda turibdi. Ular bu yuksaklik uzra hamon suhbat qurayot-gandek tuyuladi kishiga. Darhaqiqat, Fransiyada va undan

. tashqarida adib ijodiga qiziqish va hurmat katta. Haykal ham shu katta

hurmatning ifodasidir.

Bolalar, mazkur darslikda e'tiboringizga dunyodagijuda ko'p tillarga taIjima qilingan, barcha baravariga sevib 0' qiyotgan «Kichkina shahzoda» asaridan ayrim boblar havola qilinyapti. Qissani o'qigach, uning nima uchun sevimli asar ekanini yanada yaxshiroq bilib olasiz.




Download 414,79 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   51




Download 414,79 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Adabiyot so'z san'ati uvchi! -~ ildan boshlab «Adabiyot»

Download 414,79 Kb.